Tovuqli, qo'ziqorinli taom:)  ( 7752 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  24 Yanvar 2012, 13:36:39

 :asl3:




Qo’ziqorinli, tovuqli qovurma

Men qo’ziqorin olganimda asosan bu ovqatni tayyorlayman. Qo’ziqorin bilan tovuq bir-biriga juda yarashadi. Ahar tovuq go’shti yo’q bo’lsa qiyma solishingiz ham mumkin. Lekin tovuqli yanayam mazali bo’ladi : )

Masalliqlar:

1.   300-400 gr tovuq go’shti- go’shtni qovurmalardagiday kubik shaklida to’g’rang.
2.   1 dona piyoz -maydalab to’graladi
3.   4 dona yashil yoki qizil bolgarskiy-maydalab to’g’raladi
4.   1 dona sabzi- maydalab to’g’raladi
5.   3 qoshiq salat yog’i yoki saryog’
6.   300 gr qo’ziqorin- qo’ziqorinni tepadan-pastga qarab to’g’rasangiz shakli chşroyli bo’ladi.
7.   Agar bor bo’lsa pomidor soling, bo’lmasa ham bo’laveradi. Maydalab to’g’raladi.
8.   Tuz, murch, jambil

Tayyorlanishi:

Qozonga yog’ni solib, piyozni 3-4 daqiqa qovuring. Keyin tovuq go’shtini pushti rangga kirguncha qovuring. Sabzini solib 5-6 daqiqa qovuring. Keyin bolgarskiyni, pomidor va qo’ziqorinni solib qovuring. 3-4 daqiqadan keyin ko’rasiz, qo’ziqorinni suvi chiqadi, shuning uchun suv solishga hojat qolmaydi. Tuz, jambil va murchni solib, qozonni qopqog’ini qiya ochiq qoldiring. 2-3 daqiqada bir aralashtirib turing.
15 daqiqalardan keyin ovqat tayyor bo’ladi. Bu 4 kishiga mo’ljallangan. Kishi soniga qarab masalliqni kamaytirib yoki ko’paytirishingiz mumkin. Osh bo’lsin.



Qayd etilgan


Ansora  24 Yanvar 2012, 13:37:19


Qayd etilgan