Shokolad sousli keks:)  ( 2832 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  24 Yanvar 2012, 13:49:17

 :asl3:








Qayd etilgan


Ansora  24 Yanvar 2012, 13:49:36


Masalliqlar:

4 dona tuxum
1 stakan shakar (200 gr)
1 stakan un
70 gr saryog' yoki 0.5 stakan kungaboqar yog'i
0.5 stakan sut
25 gr kakao
1 qoshiq razrıxlitel'
1 paket 8gr vanilin
paketda shokolad sousi 1 dona

Tayyorlanishi:

Tuxumlarning oqini sarig'idan ajrating. 05 stakan shakar bilan sarig'ini, 0.5 stakan shakar bilan oqini ko'pirtiring. Tuxumni sarig'lariga sut va yog'ni qo'shib aralashtirishda davom eting. Birin ketin un, kakao, razrıxlitel', vanilinni solib aralashtiring. Tuxumni oqi bilan shakar qorday bo'lgandan keyin yondagi qorishimga qo'shing. Butun masalliqlar birlashtirib, 1-2 marta aralashtirgandan keyin yog'langan qolipga to'king. 175 daraja isitilgan duxovkada pishiring. Keks pishgandan keyin sovushini kuting. Shokoladli sousni sut bilan tayyorlab keksni ustiga to'king, xohlasangiz maydalangan yong'oq yoki findik sepishingiz mumkin. Agar paketda sousingiz yo'q bo'lsa 100 gr qadar shokoladni 2-3 qoshiq suv yoki sutni ichida eritib to'kishingiz mumkin. 30 daqiqa qadar kutgandan keyin ikrom eting. Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan