Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?  ( 28930 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:57:10

Feruza:

Yaxshi. Kitob o'qish insonning fikr dunyosini boyitadi. Men ham yaxshi ko'raman. Lekin oxirgi paytlarda faqat darslik va ilmiy kitoblardan tashqari badiiy kitob o'qiy olmayapman. Nasib bo'lsa, imtihonlar ortda qolsa, o'qolmagan vaqt uchun rosa o'qiyman. Insholloh. :)

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 06:57:44

uztermbek;

Otdosh yaxshi mavzu ochganlar. Ruxsatlaringiz bilan, bu borada  o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.

Iqtibos
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".

Ha, bunday tinib-tinchimas insonlar oramizda bor... qo'shiqchilardan, mana, masalan,  Yulduz Usmonova ham shunday-ku? Lekin hammaning ham bu narsa qo'lidan kelavermaydi, bunday quvvat manbai Yaratgan tomonidan beriladi, menga o'xshaganlar har qancha shu narsaga intilmasin, baribir o'z holatiga aylanib qaytib kelaveradi...

Iqtibos
Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz.

Evoh, bu haqiqat...

Iqtibos
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?

O'zimga kelsak, 'ha' deyman. Lekin, odamlar har xil. Shunday kishilar borki, qarab turib hayron qolasan, kishi... Tasavvur qiling, bir inson ish payti, kun davomida deyarli hamma xodimlar bilan bafurja gaplashib olishga ham, telefonda allakimlar bilan chaqchaqlashishga ham, tushdan keyin maza qilib 1-2 soat uxlab olishga ham, ish bo'yicha asosiy vazifalarini ham bajarishga ulguradi! Aytaylik, kechqurun soat 9-10 gacha qolib bo'lsa ham, har holda hammasiga ulguradi.

Iqtibos
Vaqtni togri taqsimlash kere. Mani oldin biladiganlardan sorasangiz etishadi, oldin man har kunimni rejalashtirib olardim, har bir soatim planlangan bolardi, oqish ish uy hammasi oz vaqtida edi, manimcha shu reja bilan ish qilish kop foyda beradi

Ha, time-management degan tushuncha bor, shunday seminar to'g'ri kelib qolsa, qatnshgan bo'lardim... bu narsa hammaga kerak.
-------
Darvoqe, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining oxirgi sonida ayni shu mavzuda juda zo'r maqola e'lon qilingan, o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
-------

Iqtibos
Reja Optimal tuziladi
soniyani ham hisobga olib
shuni 50% bajarsangiz siz BAHTLI hjisoblayvering ozingizni

Qiziq fikr... Mening ham rejalarim vaqti kelib juda 'osmondan kelib' tuzilganga o'xshab qoladi, real voqelik beshafqat...

Iqtibos
Talaba bo'lganingizdan keyin esa vaqtiz ko'proq bo'ladi.

Talaba bo'lgim kelyapti yana...  :(


O'zimning bo'sh vaqtimga kelsak... nolimayman, bunday paytlar hozircha menda bor, asosan ishdan bo'sh mahal, albatta. Ko'pchilik kabi kitob mutolaa qilaman (keyingi paytda ko'proq o'zbek adabiyotidan), Internetda ham anchagina vaqtim o'tib ketadi (yangilik saytlari, forumlar, umuman muloqot...), musiqa eshitaman (faqat naushnikda) yoki TV tomosha qilaman (ba'zida juda uzoq qolib ketaman shu qutining qarshisida). Musiqa bilan shug'ullanish kabi diltortar mashg'ulotlar bor edi, endi ular ortda qolib ketdi. Lekin mening nazarimda eng maroqlisi - ishdan kelgandan so'ng divanda yaxshilab joylashib olib, yangi gazetalarni mutoala qilishdir! Ana shunisi zo'r, lekin. Endi, bularning har qaysisini o'z kayfiyatimga mos ravishda tanlayman. Ana shunaqa. 

Qayd etilgan


Mohlaroyim  16 Iyul 2008, 16:09:19

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Vaqtni MAZMUNLI O‘TKAZMOQ LOZIM!!!
Assalaamu alaikum
Bo'sh vaqtlarda ko'proq kitoblar o'qiyman yana yaqinlarim bilan dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  16 Iyul 2008, 17:00:38

dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...

Qayd etilgan


Mohlaroyim  16 Iyul 2008, 23:11:19

dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...
albatta, juda chiroyli manzarani kuzatish mumkin, ayniqsa oilaviy borib dengiz bo'yida grill qilib o'tirishni gashti boshqaha bo'ladi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Iyul 2008, 10:13:31

dengiz bo'ylariga borib sayr qilaman

о-ҳооо! денгиз бсйларида...
albatta, juda chiroyli manzarani kuzatish mumkin, ayniqsa oilaviy borib dengiz bo'yida grill qilib o'tirishni gashti boshqaha bo'ladi

Bo'ldi-bo'ldi. Davom etmang iltimos. Havasim kelib ketdi. Bizga ham nasib qilsin ilohim.

Qayd etilgan


Munavvara  28 Iyul 2008, 18:52:29

Bo'sh vaqtimda raqs tushishni, she'r o'qishni, netda suxbat qurishni, tog'ga chiqshni, va chamanzor ichida sayr qilishni... shular

Qayd etilgan


Mr.Twister  21 Avgust 2008, 17:18:11

i-netda uchib yuriyman, sport bilan shug`ullanaman

Qayd etilgan


Mr.Twister  12 Sentyabr 2008, 09:22:13

Kecha o`ylab qoldim bosh vaqtimni bekor o`tkazyapman, hali ham i-netda ziyouz.com va iguzar.uz bor deb.

Qayd etilgan


_IYMONA_  30 Noyabr 2010, 19:42:57

Men uydaligim, ishga bormagan kunlarimni yohud mehnat ta'tilimni qo'shni va qarindoshlarimiz rosa intizorlik bilan kutishardi... Shanba-yakshanba, ta'til kunlarim ham ish kunimdan ham eng og'ir o'tadigan kunlarim edi... Darslarim ham qolib ketgan, kechga borib dars qilaman desam charchab uxlab qolardim. Shu sabab tel nomerimni tez-tez almashtirib turaman. Hozir esa bor vaqtim sog'ligimga, ilm, kitob o'qishga va yana qo'shni va qarindoshlarimni duolarini olib yuribman...

Qayd etilgan