Duxovkada qiymali shashlik- Oyshanurni ta'riflari bo'yicha  ( 9796 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  25 Yanvar 2012, 14:48:20

Assalomu alaykum.

Duhovkada qilgan shashligimni resepti.Ko'p mehnat ham talab qilmas ekan,ham tez pishadi.

 Ketadigan masalliq:
1kg. qiyma
3ta o'rtacha kattalikdagi piyoz
1 bo'lak ozroq sutga yoki suvga ivitilgan non (farqi yoq' qanday nonligini)
1ta tuhum
tuz,ezilgan kashnich va zira
Bo'lsa yarimta limonni suvini siqish uchun

Tayyorlanishi:
Piyozni juda mayda to'g'raysiz(myasurobkadan yoki qirg'ichdan chiqarsangiz ham bo'ladi.men to'g'rab oldim)
Nonni blenderda maydalaysiz yoki myasurobkadan chiqarasiz.Keyin hamma masalliqni aralashtirib,yaxshilab g'ijimlab aralashtirasiz.Keyin qiymadan yosh bolani mushtidek qilib zuvalachalar olib,yaxshilab dumaloqlaysiz.Keyin sekinlik bilan cho'zinchoq holatga keltirasiz.Agara istasangiz(menda sih bo'lmagani uchun shundoq qildim) mahsus cho'pli sih yoki boshqacha sihlarni orasidan o'tkazib,keyin duhovkani patnisiga ozroq yog' surib terasiz.Va 180*-200*li qizib turgan duhovkada pishirasiz.O'zi sal qizargulik holatga kelganda darajani ozroq ko'tarib qizartirib olasiz.Men pishgan pishmaganini bilish uchun ozgina yeb ko'rdim,piyozi pishgan bo'sa pishdi hisob.



Qayd etilgan