Qaysi Soha Dolzarb?  ( 25125 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Qoidabuzar  18 Noyabr 2006, 01:31:17

Albatta hozir eng kerakli kasb mutahasislari ishlab chiqrshqa kerak, aytmoqchi bulganim neft va gaz sohasida yoki shunga uhshash.
Samo:

Assalomu alaykum forumdoshlar

hozirgi kunda yangi oquv dargohlariga kiruvchilar kopaymoqda.

shunga hozir qaysi kasb dolzarb kelasi 5 yil 10 yil ichida
qaysi kasb kerakli bolishi mumkin shu haqida suhbatlashsak hamda savol javoblar bilan bahs yuritsak

bu mavzu oylaymanki abiturentlar uchun foydali bolishi mumkin
ammo asosan 1 yil keyin universitetga kiradiganlar qatnashsa juda samarali bolishi mumkin

Forumdoshlar kelajakka boqish UFQilarni bir sinab kormaysizlarimi?
Musulmon basiratlidir...

Qayd etilgan


abd  20 Noyabr 2006, 22:34:01

 ???!? 1 yil keyin o'qishga kiradiganlar bilan suhbat qilishni nima foydasi bor!? Balki kattaa yoshdagi tajribaliroq insonlar bilan maslahatlashgan ma'qulroq emasmi?!
Shahsan mani fikrim: 3 kurs talabasi, orqaga nazar tashlab shuni angladimki, hamma narsa avval insonni o'ziga bog'liq, bu masalani u o'zi hal qilishi kerak, albatta bitta kattadan bitta kichikdan maslahat eshitib baribir O'ZINI bilganini qilishi kerak! O'zini oldiga maqsad qo'yish kerak! Har bir ish maqsadli bo'lishi kerak. Ana shunda natija bo'ladi...

Bo'lajak iqtisodchi sifatida shuni aytishim mumkinki, mamlakatimizdagi mavjud ishsizlikni yarmidan ko'pini yoshlar(!!!) tashkil etadi. Shuning uchun dolzarb kasb deyish, menimcha, o'rinsiz bo'lsa kerak.
Hulosa: inson qanday kasb tanlashidan qat'iy nazar, muvaffqiyatga erishish yo erishmaslik uning o'ziga bog'liq...


Qayd etilgan


Nurmuhammad  03 May 2007, 17:13:00

Assalomu alaykum
Man bo'lajak iqtisodchi sifatida aytishim mumkinki, kelajakda ishlab chiqarish sohalari, masalan kimyo-biologiya, fizika-matematika bilan bog'liq kasblarga muhtojlik ko'payadi, suniy xomashyo, har xil texnikalar yaratishga ehtiyoj ortadi, ishlab chiqarishga e'tior beriladi chunki resurslar jegaralangan, ehtiyojlar esa cheksiz.
O'ylab ko'radigan bo'lsam nimagadir tengdoshlarimizning shashti past, qil desa ba'zur qiladi, aytmasa g'irt bekorchi b'lib turuvradi. Bunisini man kuzatdim. Avvalgidek jon kuydirish yo'q. Hamma o'zini o'ylaydi. Faqatgina namozxonlardan tashqari. Ular iymon bilan ish yuritishadi.
Qisqasi tanlagan yo'lida  hamma ham jon kuyarlik bilan harakat qilsa albatta sohasini dollzarbligiga erishadi.
Hammaga Allohdan kuch quvvat, g'ayrat va muvaffaqiyat tilayman.
 

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 21:25:53

Bu mavzuda ohirgi post 2.5 yil oldin qoldirilgan ekan.

Xozirgi kunda qaysi soha dolzarb O'zbekistonda, bilsak bo'ladimi?

Qayd etilgan


Abdullоh  25 Yanvar 2010, 23:44:02

Har kim o'z qiziqishlari va manfaatidan kelib chiqib xulosa qilishi mumkin. Masalan, men uchun eng dolzarb soha iqtisodiyot. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsam, jahon iqtisodiyoti tendensiyalarini va rivojlanish omillarini o'rganadigan va uni O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qo'llay oladigan mutaxassis kadrlar kerak bizga. Yana bilmadim...

Qayd etilgan


Ansora  31 Yanvar 2010, 15:45:41

Savolga kam javob bo'lganiga qaraganda sohalarni barchasi uncha dolzarb emas ekan, deb o'ylasam xato qilmagan bo'lamanmi?

Qayd etilgan


lolo  02 Fevral 2010, 18:48:21

Xozirgi kunda qaysi soha dolzarb O'zbekistonda, bilsak bo'ladimi?
Assalamu alaykum! Shu savolga javob bersam degandim.
Ta'lim sohasi. Aslida bu butun dunyo uchun dolzarb masaladir. Lekin ehtiyoj jihatidan qaraydigan bo'lsak bizning yurtimiz bunga juda muhtojdir. To'g'ri, juda ko'plab ta'lim muassasalari qurilib yotibdi, lekin forumdoshimiz Titan aytganlaridek "bitirganlani kupchiligi uzini mutaxasisligini yaxshi bilmaydi". Bunga sabab nima? Bunga asosiy sabab shuki tajribali-malakali o'qituvchilarning yetishmovchiligidir. Ya'ni, ta'lim deganda faqat o'quvchilarga, yoki ularning dangasaligi (noshukurligi)ga qarab ayyu hannos solmasdan, ularga ta'lim berishda birinchi galda mas'ul bo'lgan shaxslarga - pedagoglarga e'tiborni qaratish kerak bo'ladi. Demak, O'zbekiston uchun hozirdagi eng dolzarb soha bu - Ta'lim Berish sohasi. Juda zo'r inshootlar va ichidagi qulay sharoitlar har qancha yaxshi bo'lmasin, o'zbek maqollarimizda aytilganidek "Igna qayoqqa yursa - ip ham shu yoqqa yuradi!"

Qayd etilgan


lolo  02 Fevral 2010, 19:16:29

Iloji bo'lsa,farzandingizni yoshligidanoq matematika,fizika,ximiya,biologiya kabi fanlarga qiziqtirishga xarakat qiling.
Hop bo'ladi, albatta shunday qilaman inshaalloh, agar bu sohalarda yaxshi o'qituvchilarni topa olsam!

Qayd etilgan


FAR@SEV  03 Aprel 2011, 21:39:46

Savol uchun raxmat!

Savolga javob: 
Hozirgi kunda ikkta soxa ya'ni birinchisi bu iqtisod tadbirkorlik bizning millatimizning yuksalishiga o'tta darajada yordam beradi bizning davlatimizni rivojlangan davlatlar safiga kirishga tez undaydi. ikkinchisi bu axborot texnologiya texnologiyasiz iqtisod o'smaydi iqtisodni o'sishiga texnologiya yuqori bosqichga olib chiqadi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  03 Aprel 2011, 22:26:09


 
  Tozalash ishlari dgan soha bor osha eng muhim...iqtisod,siyosat undan keyin  :)

Qayd etilgan