Rahmat Ummu Muslima opa. Buni "Kelinchak"degan pishiriq jurnaldan olib tayyorladim.
Masalliqlar: 250 gr tvorog
Yarim stakan shakar, 1 dona tuxum, 7 qoshiq sut, 5 qoshiq o'simlik moyi
2 choy qoshiq kraxmal, bir chimdim soda,vanilin.
2 stakan un, qovurish uchun yog', ustiga sepishga qand upasi.
Tayyorlash:
Idishga tuxumni chaqib solib,shakar va vanilinni aralashtiring.ortidan tvorog bilan sutni solamiz.yaxshilap aralashtiramiz. Boshqa bir idishga un,kraxmal va sodani aralashtiramiz.so'ng bu unli aralashmani tvorogli massaga bo'lib -bo'lib qo'shib,aralashtirib boramiz. Aralashmani oxirida o'simlik yog'i ham qo'shamiz. Qorgan xamirimiz juda yumshoq,qo'lga yopishmaydigan böladi. (un solaverib qattiq qilib qo'yish kerakmas.manimcha shu un yetarlik.)
Hamirdan yong'oqdek zuvala yasab,dumaloqlap,keyin kulcha shaklga keltiramiz. (shu shaklda pishirguncha 1 dona asab tolani uzdik
) suratdagidek shakl qilib,o'rtasini teshikcha qilib,har bir do'mboqchani qizib turgan yog'da qovuring. Pishgan do'mboqchalarni yog'ini oqizib olib,qand upa sepamiz.
Ps. Jurnalda yozilmagan bir sekreti bor buni. 1. Tuxumni yaxshilap ko'pirtirish.
2. Qovurayotganda olov baland bo'lsa tez qizarib,ichi pishmay qoladi. Agar olov past bo'lsa,yog'ni o'ziga shimib olib,keyin ko'rinishiyam ,mazasiyam g'alati chiqadi.shunchun pishirish jarayonida bir ikkitani bo'lib ko'rib,olovni nazorat qilib pishirish kerak ekan.
Lekin judayam mazali,shirin do'mboqchalar ekan
Yoqimli ishtaha )