"Hurriyat" - O'zbekistonda tashkil etilgan yagona mustaqil gazeta (1996). O'z paytida unga mashhur jurnalistlar Karim Bahriyev, Xurshid Do'stmuhammad muharrirlik qilgan.
Dastlab tashkil etilgan judayam shov-shuvlarga sabab bo'lgan maqolalari bilan tanilgan.
Unda o'sga paytgacha mustaqil o'zbek matbuotida yoritilmagan bir qancha mavzular, tanqidlar o'rin olgan edi.
Esimda bor, 2001 yili Matbuotchilar, 32 ga ishga kelganimda hamma gazetalarni 3-etajda maxsus senzorlar o'qib berishardi. Ular pechat qo'ygandan so'nggina "Sharq" gazetani bosardi. U yerda juda injiq, qari kishilar gazetalarni o'qib chiqishardi va e'tirozlarini bildirib, ko'pincha maqolalarni olib tashlashardi.
"Hurriyat"chilar esa yagona gazeta sifatida sahifalarini ularga o'qitishmas edi.
Shuning uchun ham yaxshigina tanqidlar, muammoli maqolalar gazetada ko'p berilardi. Mualliflar boshqa joyda chiqarishmagan maqolalarini aynan "Hurriyat"ga olib kelishardi. "Hurriyat" haqiqiy ma'noda erkin fikr minbariga aylangan edi. Keyinchalik ham bunaqa muammoli, tanqidiy, xolis materiallar berib borildi, lekin oxirgi yillardan bunday maqolalar soni ham kamaydi.
Lekin, baribir hozirda "Hurriyat" o'zbek ziyolilarining sevimli gazetasi sifatida e'tirof etiladi.