O'zbek matbuoti. Jurnalistika, jurnalistlar, saviya  ( 34027 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


_Otabek_  18 Sentyabr 2006, 09:30:46

Mana bu maqola - http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=247.msg17668#msg17668 - ushbu mavzuga ham aloqador deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Sentyabr 2006, 15:23:50

Mana bu maqola - http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=247.msg17668#msg17668 - ushbu mavzuga ham aloqador deb o'ylayman.
Siz jurnalist emasmisiz, mabodo?;)

Qayd etilgan


_Otabek_  19 Sentyabr 2006, 09:26:44

Mana bu maqola - http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=247.msg17668#msg17668 - ushbu mavzuga ham aloqador deb o'ylayman.
Siz jurnalist emasmisiz, mabodo?;)

Jurnalist emasman, ammo bu sohaga qiziqishim yo'q emas.

Qayd etilgan


Huseyn  19 Sentyabr 2007, 09:37:26

O'zbek jurnalistikasining bugungi ahvoli haqida gap ketganda beixtiyor mavzuni Istiqlolga taqashadi. Istiqlol saba so'z erkinligi berildi deya-deya bot-bot ta'kidlab charchamaymiz...
So'z erkinlig berilgan ekan, nega matbuotda saviyali, o'tkir syujetli, tanqidiy materiallar ko'payish o'rniga tobora tanqis bo'lib bormoqda....
Ayniqsa, yosh jurnalistlarimiz yengil-yelpi mavzularga o'ralashib qolayotgani, sariq matbuot quchog'iga o'zini otayotgani achinarli emasmi? Hullas, kim uchundir rosa "chaynalgan", kim uchundir ahmaiyatli mazkur mavzuda keling suhbatlashaylik...
Bugungi saviyamiz qay darajada? Uni oshirish uchun qanday takliflar berasiz? Yomg'irdan keyingi qo'ziqorin kabi ko'paygan gazetalarimiz orasida diqqatga sazovor bo'lganlari bormi? Hullas, bahsga marhabo !!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Sentyabr 2007, 05:38:32

Assalomu alaykum!
Kecha o'zbek matbutida yana bir o'zgarish yuz berdi: "Hurriyat" gazetasida 4 yil bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan Ismat Xudoyorov ishdan bo'shatildi. Uning o'rniga sobiq "O'zbekiston ovozi" gazetasi bosh muharririning o'rinbosari Abdurasul Jumaqulov bosh muharrir vazifasini bajaruvchi bo'ldi.
Ismat Hudyorov esa "Fidokor" gazetasiga bosh muharrir o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qayd etilgan


Huseyn  20 Sentyabr 2007, 09:11:30

Bu o'zgarish "hurriyat" ning nufuziga hissa qo'shsa bo'lgani... Bugun "Hurriyat" gazetaini yirtib pista solib sotishayotganini ko'rdim. Pistachining qo'lida esa "Hordiq" - berilib o'qiyapti. Buni qanday izohlash mumkin. Saviyaning ommaviy pasayishi fojea emasmi? 60-70 yillardagi eng quyi qatlam - masaln dehqonlar ham surishtirsang hech bo'lmasa "Sovet O'zbekistoni" gazetasini oqib turishganini aytishadi. Bugungi zamondoshlar "Hordiq" bilan "Darakchi"ni esalashadimi? Bu gazetalarni yosh avlodga namuna qilib ko'rsatishadimi?... Shu kunning buyuk yozuvchilaridan biri ham ana shunday gazeta chiqarishda bosh-qosh bo'lib kelyapti. Albatta, buni sir tutadi.  Moliyaviy ko'magi ostida gazeta gurkiramoqda. Lekin, tan olmaydi-ki, uning ko'magi ostida kuchaygan gazetani o'qigan gazetxon ertaga uning chuqur mazmunli asalrini o'qishga o'zida hoxish sezmaydi. Buyog'dan jiddiy asarlar yaratib, boshqa tomondan o'zi ularni  o'ldirmayaptimi?
 

Qayd etilgan


gayrat17  20 Sentyabr 2007, 15:23:46

Ey, birodar Xurriyat gazetsini men xam qo'limga ushlab ko'rmaganman, shu yoshimga kirib, Balki meni saviyam pastdir, sizlarnikidan, O'sha Xordiqlar, Darakchilar qo'limga tushub qolsa o'qiyman.
Menga Xurriyatni boshqa gazetalardan ustun tomonlarini aytingchi. Uni ozgina tanqidchi fikrlarimi.  Bu fikrlarni aftubuslar, choyxonalarda, borinki 3 kishi yig'ilgan joyda eshitishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Huseyn  20 Sentyabr 2007, 18:10:11

Hurmatli gayrat17 fikrlaringizda jon bor. Bu degani men ham qo'shilaman degani emas. Hurriyat haqida mulohazalaringiz o'zgarishi uchun gazetani olib o'qishni, hech bo'lmasa saytiga tashrif buyurishingizni tavsiya qilardim: www.hurriyat.uz 

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Sentyabr 2007, 07:44:33

"Hurriyat" - O'zbekistonda tashkil etilgan yagona mustaqil gazeta (1996). O'z paytida unga mashhur jurnalistlar Karim Bahriyev, Xurshid Do'stmuhammad muharrirlik qilgan.
Dastlab tashkil etilgan judayam shov-shuvlarga sabab bo'lgan maqolalari bilan tanilgan.
Unda o'sga paytgacha mustaqil o'zbek matbuotida yoritilmagan bir qancha mavzular, tanqidlar o'rin olgan edi.
Esimda bor, 2001 yili Matbuotchilar, 32 ga ishga kelganimda hamma gazetalarni 3-etajda maxsus senzorlar o'qib berishardi. Ular pechat qo'ygandan so'nggina "Sharq" gazetani bosardi. U yerda juda injiq, qari kishilar gazetalarni o'qib chiqishardi va e'tirozlarini bildirib, ko'pincha maqolalarni olib tashlashardi.
"Hurriyat"chilar esa yagona gazeta sifatida sahifalarini ularga o'qitishmas edi.
Shuning uchun ham yaxshigina tanqidlar, muammoli maqolalar gazetada ko'p berilardi. Mualliflar boshqa joyda chiqarishmagan maqolalarini aynan "Hurriyat"ga olib kelishardi. "Hurriyat" haqiqiy ma'noda erkin fikr minbariga aylangan edi. Keyinchalik ham bunaqa muammoli, tanqidiy, xolis materiallar berib borildi, lekin oxirgi yillardan bunday maqolalar soni ham kamaydi.
Lekin, baribir hozirda "Hurriyat" o'zbek ziyolilarining sevimli gazetasi sifatida e'tirof etiladi.

Qayd etilgan


Huseyn  21 Sentyabr 2007, 09:19:57

Shu o'rinda ta'kidlash kerak-ki,  keyinchalik maydonga chiqqan va "Hurriyat" bilan munosib raqobatchi bo'lishga ahd qilgan "Mohiyat" ning paydo bo'lishi ham matbuotimizda harna quvonsa arzirlik hodisa edi. Lekin, gazetaning 2000 dan sal oshadigan tirajda bosilishi bu quvonchning hech nimaga arzimasligidan dalolat. sababi-ki, qanchalik jiddiy, "tosh bosadigan" maqolar bilan sahifani to'ldirgan bilan, uni o'qiydigan auditoriya bo'lmasa - bu havoga azon aytish bilan barobar. 

Qayd etilgan