Chustiy! Osh! Oshxo'rlar! Revansh!  ( 14501 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  01 Fevral 2012, 17:41:52

Assalomu alaykum!
Mish-mishlarg'a qaraganda Chustiy Toshkanga kelganmush. Yaqin kunlarda o'z muxlis(a)larig'a qonsert berarmush (Uzinfocom).

Shunga o'ylanib qoldim. Baribir Mavlono Chustiy Chustga bir kepketmasa bo'miydi. Ashi Chustga keganda ushavolib, bir ishlataylikmi? Nima dediylar?
Qachangacha ovqatlarini rasmini ko'ramiz, mundoq bir qo'lidanam totaylik-a?

Shul bahona Marg'ilondagi o'shxo'rlikning revanshini ham o'tkazvolardu. Albatta Mo'min Mirzoni chaqiramiz. Osh yeyishda rekordsmenman deb maqtanib qo'ydilar. Bir yeyishamiz.

Qani, nima didiyla?

Qayd etilgan


Ansora  01 Fevral 2012, 18:20:45

 :vsl3:

Mavzuni ko'rib, Chustiy uylanyabdilarmi, deb o'ylabman:)

Mayli biz uchun ham yenglar:) osh osh bo'lsin :D

Qayd etilgan


Aqoid  01 Fevral 2012, 18:30:16

Men bu oyda vaqtim yo'q degandim. Mana bugun 1 fevral. Bu oyda qanaqilib bo'lsa ham Chustiyni Chustda ushlash kerak. Biz tayyor,inshaalloh.

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 Fevral 2012, 19:35:12

E bormisiz admin aka! Bir alamdan chiqquncha oshdan oshaylik! Ötgan safar borolmagandim. Bu safar, inshaalloh, nasibamiz bölsa qöshilamiz :)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Fevral 2012, 22:28:20

Juda yaxshi taklif bo'libdi! Bu safar ko'pchilik qatnashishga harakat qilsa kerak, shu jumladan o'zim ham.
Mavzuni kuzatishda davom etamiz. Tezroq takliflar tasdiqlanib, to'liq tafsilotlar yoziladi deb umid qilaman.. 

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  01 Fevral 2012, 23:06:20

Juda yahshi ish bulardi anchadan beri forumdoshla b.n uchrashishni hohlardim faqat chustiy oka nima derkinla bunga?

Qayd etilgan


azizbek_mx  01 Fevral 2012, 23:09:20

Chustiy okaizdan sörab ötirmaymizda endi ;)

Qayd etilgan


Shuhrat_  01 Fevral 2012, 23:58:27

 :asl3:
zo'r taklif.
Hudo hohlasa ertaga toshkonga boraman,nasib qisa.
Chustiyni topib adresini bersangla o'zim qullaridan tutib oboraman aytgan joyilaga

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2012, 13:01:14

Mavlono bilan gaplashdu. Juma kuni Shoshdagi qonsertni o'tkazib, shanba-yakshanba kunlari Chustda bo'lar ekanlar.

Shunga yakshanba kuni taxminan kunduzgi 12.00 larga Chustga kelaverarkanmiz. Qo'lbola osh Chustiydan. Albatta tayyorlash jarayonidan ham bahramand bo'lishingiz mumkin.

Marg'ilondan boradiganlar manga murojaat qilsangiz, birgalikda Namangon sari otlanardu. Namangondan Chustga bir qadam. Maningcha, Namangon o'rtadagi tochka bo'lg'ay. Mobodo, mabodo-de, Qo'qondan boraman diganlar chiqib qolsa, Sizlarga Namangondan Chust yaqinroq bo'ladi.

Xullas, yakshanba kuni vaqti borlar, boraman deganlar qo'lini ko'tarsin. Mirzo Chustiyning qozoni kelguvchilarning salmog'iga ko'ra tanlanarkan.

Yoppasiga Chustiynikiga oshgaaaaaaa!
(Zora, bahonada fotiha oshiyam bo'pketsa :) )

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  02 Fevral 2012, 14:30:59

Namangandan birga ketamiz hudo hohlasa keliboq telfon qilsana kutib olaman.
Bozor kuni bulgani juda yahshi buldida shu kuni dam olaman ditkandim uzi!

Qayd etilgan