Rasmlarga yozuv/logo joylash  ( 13272 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


azizbek_mx  03 Fevral 2012, 13:33:04

Assalomu alaykum! Ushbu mavzuni ochishni ancha vaqt avval niyat qilgandim. Lekin nasib bugunga ekan.
Mavzuning maqsadi bir va bir nechta rasmlarga bir vaqtning özida yozuv/logo joylashni örganish. Buning uchun bizga yordamchi dasturlar kerak böladi. Bulardan FastStone Image Viewer, ACDSee kabilarni misol qilish mumkin (men bilganim shu). Demak, boshladik :)

Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Fevral 2012, 13:56:03

Men FastStone Image Viewer dasturidangina foydalanganim uchun shu dasturda ma'lumot bermoqchiman.
Yuqoridagi dastur yordamida kerakli rasmni ochamiz va F3 klavishini bosamiz. Hosil bölgan oynadan öng tomon quyida joylashgan 'izmenit razmeri...' yozuvli ptichkani aktivlashtiramiz, shundan hosil bölgan tugmachani bosib, yangi oynaga ötamiz. Hosil bölgan oynadan tekst vkladkasiga ötamiz va dobavit tekst ptichkasini aktivlashtiramiz.
Yozuv maydonchasiga kerakli yozuvni yozamiz va Ok tugmasini bosib, oynadan chiqamiz.
Eski oynada esa, 'soxranit v...' tugmasidan, yozuvli fayllar saqlanadigan katalogni tanlaymiz, Ok.
Va nihoyat konvertirovat tugmasini bosamiz. Saqlangan katalogdan fayllarni tekshirib köring :)
tel.da bölganim sabab, rasmlar bilan körsata olmadim, ma'zur tutasizlar.
Biror savol tug'ilsa qoldiring. Baholiqudrat, javob beramiz...

Qayd etilgan


Ansora  03 Fevral 2012, 15:51:39

 :asl3:

Uka, rahmat rasm uchun. Masalan bu rasmga bu logoni qo'ymoqchi bo'lsam nima qilishim kerak?





Qayd etilgan


Ansora  03 Fevral 2012, 15:54:34

Men hali hech narsa bilmayman. Men Turk tilda foydalanaman hammasidan. Siz aytadigan ishlarni Turkchasini topsam bo'ldi:)

Masalan hali rasmlarni (logo) kichraytirishni bilmayman.

Boya tabriknoma tayyorlayotganimda quyidagi muammolar tug'ildi:

Yozuvda xohlaganimchalik so'z yoza olmadim, hammasini qabul qilmadi, uni qanday ko'paytirish mumkin.

Yozganlarimni o'zgartira olmadim, u yerda "matn" (metin) degan joy bor, shu yerdan yozib tuzatmoqchi edim, bolmadi.

Oldindan rahmat:)

Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Fevral 2012, 16:16:21

adashmasam, siz paintdan foydalandingiz.
Men sizga Microsoft Power Point dasturida joylashni tushuntirayin unda.
Power point dasturini ishga tushiring. Ctrl+A klavishini bosing, maydondagi obyektlar hammasi belgilanadi, Delete tugmasini bosib, ularni öchiring.
Vstavka turkchada eklemek bölarkan, shu menudan rasm qöyish buyrug'ini tanlang va kerakli rasmni oching.
WordArt yozuvidan foydalanib, matningizni kiriting

yozuv chetidagi yumaloqchalar uning hajmini özgartirish uchun. Hajmini özgartirib, rasm ustiga joylang va yana ctrl+A klavishlarini bosing. Rasm ustida sichqonchaning öng tugmasini bosing va save as image...
(turkchada görüntü olarak kaydetmek bölarkan) ni tanlang. Saqlab, ochib köring. Logoni ham shunday joylash mumkin, agar logo .png formatda, ya'ni orqasi körinadigan bölganda yaxshi bölardi.

Qayd etilgan


Ansora  03 Fevral 2012, 16:22:50

Javob uchun rahmat. Bir urinib koraman keyinroq, savol bolsa sorayman yana:)

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2012, 14:24:18

Mullo Abdulaziz, www.ziyouz.uz uchun ham logo yasab ko'ring-chi. Hozircha hajmi 298x75 bo'lsin.

Logoda ushbu so'zlar va portalimizga mos rasm bo'lishi mumkin:
www.ziyouz.uz
Ziyo istagan qalblar uchun!


Qayd etilgan