AbdulAziz:Bahor keldi!

Hamma yoq uyg`ondi. Hammayoq go`zallik libosiga burkandi. Atrofga boqib odamning bahri dili ochiladi. Havo ham insonga yoqadi...
...Ammo...

Qizlarimizga nima bo`ldi?

Ozodlikka chiqdilarmi? Ha, hozir ko`chaga chiqarkansiz, ustlaridan kiyimlarini tashlagan, o`zlarini "ochib" yuborgan qizlarimizga har qadamda ko`zingiz tushadi. Tushmay ham iloji yo`q. Oldiga qarasez ham, orqaga, chap, o`ngga, hamma yoqda qizlar! Shaytoni lainga ham yaxshigina ish topildi.
Vaziyatni tushungan bo`lsangiz kerak. Nimagadir hozirgi jamiyatimizda qizlarning manashunday sharmandali kiyinishlari oddiy holdek bo`lib qoldi. Oldinlari biz tor shim, bluzka kiygan, o`zini obdon namoyish qilganlarni ko`rmasdik, ko`rsak ham o`z nafratimizni unga izhor qilib qo`yardik. Hozirchi?.. Bunday kiyimsizlar, yoki kiyimga material olishga puli yetmay, shunaqa tor, kalta qilib kiyib olgan bechoralar har qadamda yigitlarni ko`zini o`ynatib yuribdilar...