Kiyinish madaniyati  ( 125056 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 B


Abdulhafiz  01 Noyabr 2009, 19:33:05

KALTA KO'YLAK, KALTA SOCH.
    Go'zallik haqida gap ketganda, ko'proq ayollarimizning, qizlarimizning kiyimlariga qararkanman, ularga bir rahmim kelsa, bir ijirg'anaman. Go'zallik ko'zgusi bo'lgan ayollardan ko'nglim qoladi, bezinaman. Avvallari sochlarini mayda o'rdirib, do'ppi kiyib yurishardi. Atlas ko'ylaklari biram yarashardiki, asti qo'yavering. E'tibor bering, hozirgi zamon fe'lida emas, o'tgan zamon fe'lida gapiryapman. Sababi, bunday milliy libosda, haqiqiy o'zbekona kiyingan qizlarimizni kunduz kuni bir qo'lingizda chiroq bilan qidirsangiz ko'nglingiz uchun bitta-yarimta topilib qoladi. U ham atlas ko'ylagini tizzasidan kesgan. Yana yuzlariga allambalo kimyoviy moddalarni surtib olganki, uncha-muncha hayvonni badaniga tekkizsangiz til tortmay o'ladi.
     Qishloq sharoitida yashaganim bois, hatto o'sha yerda ham "zamonaviylikka", modaga berilib ketgan qizlarimizga ko'zim tushib hali ham ona zaminimiz ularni ko'tarib yurganiga ishongim kelmaydi.
     Qizlarimiz shunchalik zamonaviy kiyinganki, uncha-muncha yevropalik ham ularga "havas" bilan qaraydi.
      Yaqinda sinfdoshlarimdan birining to'yi bo'ldi. Kelinchak shaharda o'qigani bois shahardan(kursdoshlari bo'lsa kerak) ikki-uch echkinamo qizlar ham kelishdi. To'y tugaguncha barcha yoshlar ulardan ko'zini uzmadi. Holat shu darajada ketaversa, bora-bora qayerga boramiz, bilmadim. Yarim-yalang'och qizlarning bu ko'rinishlari erkaklarga salbiy ta'sir etishi hech kimga sir emas. Oxirgi vaqtlarda ko'pchilik oilalarning farzand ko'rmayotgani, ayb asosan erkaklarimizda ekanligiga yuqoridagi holatlar ta'sir qilmayaptimikin?
      Shu o'rinda oilaboshilarimiz ham ozgina ginam bor. Nahotki, farzandlarining kiyinishi, o'zini tutishi, jamoat joylarida yurishi ularni qiziqtirmasa? Nahotki shunchalar loqayd, shunchalik befarq bo'lib borayapmiz? Axir bola tarbiyani avvalo jamiyat asosi bo'lgan oiladan oladi-ku. "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deb bejizga aytishmagan, axir.
      Qizlarni qadim-qadimdan "ona qizim" deb suyishgan, erkalatishgan. Ular onaday beg'ubor, onaday xokisor, ma'suma, kiyinishlari ham shunga yarasha bo'lishi kerak, degan fikrlar kechadi xayolimdan.
      Xalq shunday kuchki, bir burdadan bersa to'ydiradi, bir mushtdan ursa o'ldiradi, degan gap bor. Aslida men ko'targan masalaning paydo bo'lganiga ko'p bo'lgani yo'q. Lekin yoshlarimiz uni shu darajada "globallashtirib" yuborishdiki, unga qarshi kurashilmasa, uning oldi olinmasa ertangi kun afsus qilib, barmog'imizni tishlagancha "attang" deb qolishimiz hech gap emas.
      Yana bir yomon jihat, bu darajada - quyosh qattiqroq qizdirsa ustidagi kiyimlarini eritar darajada "yupun" kiyingan ayollarimizga, qizlarimizga qarab chet ellik, yevropalikning o'zbek xalqiga, o'zbek millatiga birgina shu savodsiz ayol timsolida baho berishi ham millatimizga "minus" bo'lmaymikan?
      Azizlarim, kelinglar, tarbiyani avvalo oiladan boshlaylik. Har bir oilada yuqoridagi masalaga qarshi kurashilsa, uni tag-tomiri bilan qo'porib tashlash mumkinligi sir emas.
      Zero biz milliylikda, ibo-hayoda, nafaqat Osiyo, balki butun dunyoga dong'i ketgan xalqmiz. Bu ishonchni, havasni suiste'mol qilmaylik. Buyuk bobolarimizga munosib farzand bo'lgan holda milliy qadriyatlarimizni, o'zbekligimizni, ayollarimizni saqlab qolish uchun bir yoqadan bosh chiqaraylik.

Murod Kamol

"Ekspress Info" gazetasi 2009yil 36son.
Ps: Ushbu maqolani ba'zi joylari yoqdi, shuning uchun qo'ydim rozi bo'linglar.

Qayd etilgan


_NOSTRA_  21 Noyabr 2009, 21:54:48

Hayrulla Hamidovning bir gapi juda tasir qilgandi ,"Hurmatli ayollar haddingizdan oshib ketayapsiz,
Ko'zlari yerga qadalgan fitrati toza yigitlar nomidan aytaman ,sal bo'lsada boshimizni tik tutishimizga yordam beringlar ,yechinishni to'htating .

o'ylaymanki .agar qizlarimizning qalbida hayo uzilib borayotgan bo'lsa .
ahir shu ko'zaga ochiq sochiq chiqayotgan qizlarni akasi yoki otasi bordir ,shular qattiq turib olishsa qizlarimiz qarab bo'lmaydigan darajada ko'chaga chiqishmas,Allohdan to'g'ri yo'lni so'raymiz.

Shu qizlarni ham otasi bor akasi bor.Lekin shu otalar o'z qizlarini bozorga yetaklab o'zlari shim tanlab kiygizyapti buni qanday izohlash mumkin ekan unda?

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Aprel 2010, 20:50:04

To'risini aytganda Hozirgi Kunda Nafaqat Qizlar balki yigitlarning ham Kiyinish Odobi Juda ham Achinarli Ahvolga Keldi..

Qayd etilgan


BelleQizcha  13 Aprel 2010, 04:51:00

Kiyinishi madanyati khozirgi kunda Qanaqa tabaqaligini korsatib beradigan yol bogan,... Oshanchun odamlar oshirib toshirib yuvorishvottii..

Qayd etilgan


Nurilla  13 Aprel 2010, 09:55:38

Ha judayam dolzarb mavzu ekan. Bir bir ko'chaga chiqib qolsam, ochiq sochiq o'zbek qizlarga ko'zim tushib qoladi. Kaltagina qornini ochib turadigan kofta kiyib olishadi, har ikki minutda koftasini pastga tushirib qo'yadi. Hoy qiz pul sarflab kalta kofta olibsan, 1 qarich uzunidan olsang nima qiladi-a deb etgim keladiyu og'zini to'ldirib "o'zbek xalq ijodiyoti"dan boshlab qolishi mumkinde.
   Kunlar ham isivotti. Kiyinish madaniyati yuksak cho'qqiga ko'tariladi, shaffof koftali, mini mini mini yubkali qizlar ko'payadi. Shu bilan bir qatorda go'vdasini maqtash uchun mayka kiyib olgan, har gapida hiringlaydigan, qizil gulli mini mini mini shortik kiyib olgan "yigitcha"larimiz ham ko'payib qoladi.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  13 Aprel 2010, 10:00:42

"Sezon" boshlandi... :(

Qayd etilgan


Nurilla  13 Aprel 2010, 10:01:24

   Hoy erkaklar ayollaringizga, opa-singillaringizga, qarindoshlaringizni kiyinishiga e'tibor qaratinglar. Qiyomatda erkaklar ayollari, qizlariga mas'uldur. Da'yus bo'lib qolishdan Allohni o'zi asrasin. Da'yuslar jannatni hidini ham totmaydilar.

Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Aprel 2010, 10:48:36

Afsuslar bo'lsinki bunaqa gaplarni bundaylar yo o'qishmiydi yoki e'tibor berishmiydi

Qayd etilgan


XALIF  09 May 2010, 14:04:32

Kiyinishi madanyati khozirgi kunda Qanaqa tabaqaligini korsatib beradigan yol bogan,... Oshanchun odamlar oshirib toshirib yuvorishvottii..
[/quot
Mana-man degan birodarlar xam qizlarini, oila azosini xammasini urantirib quyadi. Past tabaqadagilar xam basma basiga uzlarini kus kus qilishdan beri kelmaydiganlari xam bor non emsa emaydi lekin kiyinadai. Xozirgi kunda tabaqa kiyinish bilan emas balki UY qurush bilan bulib qolgan valoxu alam.

Qayd etilgan


BelleQizcha  09 May 2010, 18:33:56

Kecha bitta uzbek saytga bilmasdan kirib qomman.. .. Rasimlarni korib bir kulgim keldi.. bir g'alati bob kettdim, Ozimga ozim.. shu endi Ozini zor dib oylavottdi-deee dib qoydimm///Erke kishiga yoqa ochish Balo borakanmi?

Qayd etilgan