Kiyinish madaniyati  ( 121910 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Foniy  25 Oktyabr 2006, 19:31:29


Qayd etilgan


Muslimа  26 Oktyabr 2006, 12:23:49

Assalomu alaykum!
Yuqorida aytilgan gaplarga ming afsuski bizlar har kuni guvohi bo’lamiz.
Muslima bo’limiga hali a’zo bo’lishni ulgurmagan muslima dugonalarimizga quyidagi gaplarni keltirmoqchidim. Zero bu gaplardan har bir muslima ibrat olsin.
Va forumimizdagi  mo’minlar ham bu gaplarni yaqin mo’munalariga yetqizsalar nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Inshaolloh barchamiz iymondan benasib qolmaylik!
                          Muslima ayolning "œatir - upa"si.
Yuzlaridan nur yog’ilib turgan ofiyatli, keksa muslima bir ayoldan: "œBunday ko’rinish — qiyofaga qanday musharraf b’oldingiz?" deb so’raganlarida u: "œLablarimga haqni, ovozimga zikrni, ko’zlarimga halolni, qo’llarimga ehsonni, oyoqlarimga to’g’rilikni surdim. Shuningdek, qalbimga Alloh sevgisini, aqlimga hikmatni, nafsimga itoatni va hirsimga imonni ravo ko’rdim", deb javob qilgan ekan.
 Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin!

Ilhomjon Eshonjonov "œMusulmonlar taqvimi kitobi II — chorak" dan olingan.

Qayd etilgan


Nodi  16 Noyabr 2006, 07:40:39

ZAMON TAQOZOSIMI, Yo...

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, bundan yuz yil ilgari kishilar qanday kiyinishgan? Albatta, buni bir zumda tasavvur qilish osonmas. Chunki yillar o‘tgani, taraqqiyot oldinga intilgani sayin kiyinish ham turlicha ko‘rinish olmoqda. Ammo shu bilan birga hayot go‘zalligining muhim sharti bo‘lgan hayo, uyat, andisha singari xalqmizning ma’naviy o‘ziga xosligi sanalgan qarashlar ham o‘zgarmoqda.

Bu haqida fikr yuritishimiz bejiz emas, albatta. Taniqli munaqqid va publitsist Ibrohim G‘ofurov «Ma’rifat» gazetasining 3 iyun sonida e’lon qilgan «Hayo— xaloskor» sarlavhali maqolasida bu haqda chuqur fikr yuritgan, o‘ylaymizki, unda tilga olingan mulohazalar yoshlarimizning ham e’tiboridan chetda qolmaydi.

«...Nomusni daraxtdan o‘rganing! Qarang, u hayot sharbatlari yugurayotgan tanasini qanday parda qobiq bilan o‘raydi. Bir joy kesilsa, darhol shu kesilgan o‘rinni qobiq bilan berkita boshlaydi.

Tabiatda hayo hukmron. Yashash zarurati shuni taqazzo qiladi»,— deyiladi maqolada.

Bu fikrni o‘qigan va mulohaza chig‘irig‘idan o‘tkazgan har bir kishi gap nimaga qaratilayotganini tezda ilg‘aydi. Sharmi hayoni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib, kiyim deya bir parcha matoni egniga ilgancha yurgan kishilarga bu gaplar ibrat bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Negaki, bugun atrofga boqsangiz, kiyinish madaniyatiga birmuncha darz yetayotgandek. Yosh yigit-qizlar kiyishayotgan kiyimlar tobora ixchamlashib, ochiq-sochiq ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.

«Hech qachon onamning yalang‘och to‘pig‘ini, uning biz bolalar oldida bo‘ynini yalang‘ochlab bosh yuvib o‘tirganini ko‘rgan emasman. Hozir bunday narsalar kulgili, ajab eskirgan, hech narsaga arzimaydigan gaplar bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Yalang‘ochlikka ko‘zlar tobora ko‘nikib boryapti. Xolbuki, bular ko‘nikiladigan narsalar emas...», — deyiladi yana maqolada. Bular hayotiy gaplar emasmi? Atrofimizda behayolarcha kiyinib yurgan va shu yurishidan o‘zicha masrur kishilar sizu bizga begona emas. Ammo beparvomiz. Allaqachon bu holga ko‘nikib ham qolganmiz. Buyam bir zamonning taqazzosi-da deya o‘zimizga taskin beramiz. Kap-katta yigitlarning turli joylarda shortik kiyib yurganini ham zamon olib kelib taqayapmiz. Aslida esa zamonning hecham dahli yo‘q. Bu o‘zimizning ma’nan qashshoqligimizdan desak xato bo‘lmaydi. Yalang‘ochlikni taraqqiyot deya ortidan ergashib, shunda bahra olayapmiz. Kimki, yengil-elpi kiyinsa, u zamonaviy, milliy libosda kiyingan va boshlariga ro‘mol bog‘lagan bo‘lsa-chi, demak u qishloqi, zamondan ortda qolgan deya masxara qilamiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz taraqqiyot deb intilganimiz allaqachon chirib chirindiga aylangan hayosizlik ekan.

Yigitmi yoki qiz, albatta, qanday kiyinayotganligini e’tibor qaratishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kiyinish bu o‘zimning shaxsiy ishim degan kishi adashadi. Bu tuproqda ne-ne ulug‘ zotlar yetishib chiqqanini bir ko‘z oldiga keltirsa, ochiq-sochiq yurish uyat ekanligini yaxshi anglardi. Har bir kishi u san’atkormi yoki talaba libos tanlayotganida xalqimizning azaliy qadriyatlarini  unitishga haqqi yo‘q.

Shavkat ABDUXOLIQOV
«Turkiston» muxbiri

Qayd etilgan


shoir  24 Noyabr 2006, 07:57:22

Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmaganida na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki.

http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=819&Itemid=45

Qayd etilgan


Foniy  11 Iyul 2007, 10:24:19

Assalomu alaykum!
Kiyinish,.. bora-bora bu so'z unutilib ketmasa yaxshi, ba'zan ko'chada ba'zi ayol-qizlarning holatlarini ko'rib "bular yechinish bo'yicha poyga qo'yishmayaptimikan?!." degan savol tug'ilishi tabiiy, nahotki?
PS: Kiyinish bo'yicha lo'li ayollar o'z madaniyatini saqlab qolyapti!

Qayd etilgan


Foniy  27 Noyabr 2007, 10:44:12

Nima qilasiz yashirib?!

Ey ayollar, nima qilasiz yashirib, baribir ularga o‘xshagingiz keladi-ku! Harir matodan tikilgan liboslari bilaklari-yu, tovonlari, yoqalariyu yuzlarigacha berkitib turganini ko‘rib doimo havas ila boqasiz-ku.

Jamoat transporti, ishda yoki ko‘chada, xullas, qayerda bo‘lsa ham o‘zingizga o‘xshab kiyinmagan munis ayollarni ko‘rib qolsangiz, ularga e'tibor berib, men ham imkoni bo‘lsa shunday kiyinardim, degan xayol o‘tgan-ku qachondir. balki, bu xayol Sizga har kuni bir kelib ketar?! Nega buni amalga oshirish imkoniyati yo‘q ekan. Bor-da, bo‘lganda ham qandoq. Faqatgina fikrlaringizni bir oz o‘zgartirib, nafsingizni jilovlasangiz kifoya. Qiyinmi? Bilmasangiz bilib qo‘ying, mana shu qiyin ko‘rinayotganligi shaytondandir.

Hech e'tibor berganmisiz, ochiq kiyingan ayol bilan Alloh amriga javoban avratlarini berkitib yurgan ayolning yonma-yon o‘tirganini! Juda qiziq holat-a! Agar guvoh bo‘lgan ersangiz bilasiz kim go‘zalroqligini. Ba'zi erkaklar ochiq kiyingan ayolga qaraydi. Qaraganda ham XIRS bilan qaraydi. Avratlari yopilgan, ya'ni mastura ayolga qaragan erkaklar ichlarida rahmatlar aytadilar o‘zini-o‘zi asrab yurgani uchun. Yo‘q deb ko‘ring-chi. Unday deyolmaysiz ham. Chunki, bu Sizga ham ma'lum. Siz ayollar ming urinmang hamki, baribir erkaklarning aslida nima istayotganlarini bilolmaysiz. Agar Siz ochiq kiyinib erkaklarni qaratayotgan bo‘lsangiz, bilingki, ular Sizga faqat va faqat XIRS nazari bilan, KO‘NGILXUSHLIK niyati bilan qarayotgan bo‘ladilar. Agar Sizga aynan shu narsa kerak bo‘lsa, marhamat, ko‘chaga chiqib fohishalik bilan shug‘ullaning — baribir ular bilan bir xil gunohli ishni qilmoqdasiz, ta'bir joiz bo‘lsa ular bilan hamkasbsiz!

Mavridi kelganda bir narsani so‘rab olay, nari-berisi bilan 1 qarich chiqadigan mini yubka (uni yubka deyish ham g‘alati, boshqa termin topish kerak, «Welcome» kabi), lyamka yoki kalta libos kiyib olgan «hurliqo» negadir jamoat joyida, masalan metroda o‘tirib ketayotganda ikki oyog‘ini bir biriga qapishtirib, ochiq tizzasi hamda lyamkasi sabab ochilib qolgan joylarini metroda ketayotgan yo‘lovchilardan yopishga urinadi. Shuni tushunmayman. Axir o‘zingiz shu «kiyim»larni ba'zi yerlaringiz ochilib turishini bilib turib, hammaga ko‘rsatib yurishga rozi bo‘lib kiygansizku, axir o‘sha «kiyim»larni kiyishdan maqsadingiz ham barchaning e'tiborini tortish-ku, nima qilasiz shundoq ham ochilib yotgan avratlaringizni berkitishga urinib. Ularni berkitishni metroda emas, uydan chiqayotganda, to‘g‘rirog‘i o‘sha kiyimlarni sotib olayotganda o‘ylash kerak edi. Bu huddi ovqatning tuzini atayin sho‘r qilib tayyorlab, taom tortilganda, voy, man bilmabman, deb go‘yoki barchaning ustidan kulishga o‘xshaydi, bu faqat va faqat o‘z-o‘zini aldashdir. Eng qizig‘i, butun yelka qismlarini yopa olmaydigan lyamkalarini tepaga tortib qo‘yadilar, huddi yelka-yu boshlarigacha yetadigandek. Bu bechora yarim metrli mato o‘zi sizning yelkangizga 2ta ip orqali ilinib turibdi-ku. Yoki 1 qarich yubkalarini tizzalariga tortib qo‘yishadi! Huddi 1 qarich mato tizzalarni yopib, tovongacha tushadigandek. Sal ishonchliroq ishni qilsangizchi-a! Shundoq ham barchaning nazari tushaverib, tobora hunuklashib borayotgan yelka va oyoq qismingizni nima qilasiz hammaga maqtanishga urinib. Siz bu kiyimlarni kiyaverib «kitayskiy tovar»ga o‘xshab qolgansiz. Bizga esa haqiqiy ayol kerak. Tushungandirsiz-a, nima demoqchi bo‘lganimni. Tushunmagan bo‘lsangiz, unda sizni bir oz maqtab yuboribman, uzr!

Uzr-ku, biz erkaklarga MASTURA-MUNISA qizlar yoqadi. YOqqanda ham shunchalik yoqadiki, uylanish uchun juft qidirilayotganda uning go‘zalligiga emas, balki, uning XOTIN bo‘la oladimi-yo‘qmi, shunisiga e'tibor qilamiz. Shu gapning o‘zi yetadi ba'zi ochiq kiyinayotgan ayollarga.

Aytarsiz balki qancha ochiq kiyinadigan dugonam erga tegdi-ku, deb. To‘g‘ri, bundan keyin ham tegadilar. Axir guruch kurmaksiz bo‘lmaydi-ku. Erkaklarning orasida ham turli xillari bor. Haqiqiy erkak haqiqiy ayolni, iboli-hayoli va munis ayolni qidiradi. Bunday ayollarning birinchi belgisi Alloh ruxsat bergan ishlarni qilib, qaytarganidan tiyilib yurishlaridir. Yana aytarsiz o‘ranib yurganlarning ko‘pini ko‘rganmiz, gunoh ishdan boshi chiqmaydigan, deb. To‘g‘ri, hozir aytdim-ku guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deb. Ro‘molni niqob qilib, gunoh ishlar bilan shug‘ullanuvchilarga qilmishlariga yarasha jazo belgilanar qiyomatda. Asosiysi Siz bilasiz o‘ranganlarga faqat go‘zal amallar yarashishini. Islomda bir odam faqat o‘ziga javob bera oladi xolos. Siz nega avratlaringizni yopib yurmaganingiz uchun qiyomatda faqat o‘zingiz uchun javob berasiz, Siz aytolmaysiz «Boshqalar ham o‘ramasdi-ku» qabilidagi gapingizni. Sizga ma'lum edi bu ish FARZ ekanligi. Xuddi bir aroqxo‘r boshqa aroqxo‘rga «Aroq ichma, bu harom, Alloh harom qilgan», desa, boshqasi «O‘zing ichib yuribsan-ku» deydi. Qiyomatda esa o‘sha odam so‘roq qilinayotganda «Nega hamr ichgansan» deyiladi. Gunohkor banda «Men bilmaganman», desa, «Hamr haromligini senga manavi paytda, manavi kishi aytgan-ku» degan javob yangraydi. «Axir uning o‘zi ham aroq ichardi-ku», desa, unga javoban «U o‘zining gunohlariga o‘zi javob beradi, sen emas. Senga hamrning haromligi o‘sha aroqxo‘r orqali bildirilgan. Sen qiziqib ham ko‘rmading uning gapi haqmi yo yolg‘on», deyiladi.

Bilib qo‘ying, Siz avratlarni ochib yurish mumkin emasligini bilasiz, BIZ SIZLARNI OGOHLANTIRMOQDAMIZ, EHTIYOT BO‘LING, DO‘ZAX BILAN HAZILLASHMANG...

Aytgancha, bu maqolani «undaylar» o‘qimasalar ham kerak. Mayli, shunday bo‘lsa ham biz erkaklarning baxti uchun maqolalarimizni masturalar o‘qishsin va bilib qo‘yishsin ular JUDA TO‘G‘RI ISHNI QILMOQDALAR! Sizlarga rahmat. Ming bora rahmat! Hyech ko‘nglingizni cho‘ktirmang, Siz bizlarning nazdimizda eng oliy hushhulq, eng go‘zal, eng latofatli va eng lobar ayolsiz! Sizga «o‘shalar» havas ila boqishsin.

Agar bu maqolani avratlarini yopib yurmayotgan ayollarimiz ham o‘qigan bo‘lsalar ularga ham ming rahmat. Har holda haqiqatni bilib qo‘ydingiz, kim aslida kim ekanligidan boxabar bo‘lganingiz uchun tashakkur! YUqoridagi maqtovlar Sizga ham bag‘ishlanardi, agar o‘zingizni haromdan tiya olsangiz. Urinib ko‘ring, balki Siz ham maqtovimizga arzirsiz, balki, biz erkaklarning orzusidagi ayollardan biriga aylanarsiz. Nima qilasiz yashirib, baribir ularga havasingiz kelmoqda-ku!!!

Manba

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Dekabr 2007, 22:20:28

Assalamu alaykum,Foniy.
SHunday go'zal maqolani bizga taqdim qilganingiz uchun tashakkur!
Bizni juda xursand qildingiz...Ko'nglimizni ko'tardingiz.
Mastura qiz-ayollarni saflarini ko'payishiga duo qilib qolamiz.
Siz ham duoda bo'ling.
Vaqt kelsinki, bizni diyordam ham hijobsiz yuradigan ayol qizlar anqoni urug'iga aylansin,Ilohim!!!

Qayd etilgan


Foniy  15 Dekabr 2007, 13:57:28

Assalomu alaykum!
Hamma sohada bo'lganidek insonlarning kiyinish madaniyatida ham zamonga moslashish kuzatilishi tabiiy hol. Lekin bu moslashish qanday bo'lish kerak - o'zimizda?
O'zimizning o'zbekchasiga zamonga moslashgan holda, kiyinish madaniyatimiz haqidagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz!

Qayd etilgan


Foniy  14 Yanvar 2008, 23:50:50

Assalomu alaykum!
Qish kelib kunlar ancha sovib qoldi, shunday paytlarda ko'chaga chiqsang,.. "bo'larkan-u!.." devorging keladi, sovuq bo'lsa ham qish yaxshi fasl, harqalay ozgina bo'lsa-da "kiyinish majburiyat emas, ehtiyoj" ekanligini eslatib turadi,.. boriga shukur!

PS: Ko'pchilik hollarda yaxshimi, yomonmi - gap o'z egasini topadi!

Qayd etilgan


Foniy  14 Fevral 2008, 12:46:09

Assalomu alaykum!

Muslimalar uchun!

Qayd etilgan