Kiyinish madaniyati  ( 125046 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:57:42

Behzodbek:

Darhaqiqat, jamiyatda ayollardan ko'p narsa talab etilmaydi. Oilani moddiy ta'minlash erning, ya'ni erkakning zimmasida. Lein bu ayolning erkakdan past darajada ekanligini bildirmaydi. Siz ayollar uchun zamonaviy ilm nega kerak, deb savol tashlabsiz. Avvalo, bu savolni o'zimizga-erkaklarga berib ko'raylik. Biz bu dunyoviy ilmlarni, chet tillarini nega o'rganyapmiz? Faqat moddiy farovonligimiz ziyoda bo'lishi uchunmi? Agar shunday e'tiqodda bo'lsak, adashamiz. Agar faqat oilamni boqish uchun, desak ham yanglishamiz nazarimda.
Alloh bizlarni o'ziga ibodat qilish uchun yaratdi. Bu dunyodagi har bir xatti-harakatimiz shu yo'ldagi vosita vazifasini bajaradi, xolos. Nima uchun injenerlikni o'qiyapmiz? Chunki, ertaga bir korxonada injener bo'lib ishlaymiz. Alloh roziligi uchun shu sohadagi muammolarni bartaraf etamiz, odamlarga yaxshilik qilamiz. Yoki nima uchun siyosat o'qiymiz? Bir viloyatga amaldor bo'lib, xalqning qonini so'rish uchunmi? Yo'q, har qanday sohada ham rahbar bo'lsak, biz shu ishimizda odil bo'lamiz, xarom-harishga, poraxo'rlikka yo'l bermaymiz. Bir jabrdiyda oldingizga adolat istab kelsa, uning ishini qonuniy hal qilib beramiz, pora olmaymiz. Mana shu Alloh uchun yashash, Allohga ibodat qilish bo'ladi. Faqat diniy sohada emas, dunyoviy sohada ishlab ham, Alloh buyurgandek yashasak, behisob ajrlarni qozonaveramiz.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:57:53

Behzodbek:

 Bugun dunyo taraqqiyoti, barcha farovonlik va muvaffaqiyat vositalari g'ayrimuslimlar qo'lida. Musulmonlar, afsuski, ilmda ham, amalda ham ortda qolganmiz? Nega bunday? Nega biz shu zamonaviy ilmlarni o'rganib, taraqqiyotning markazini Evropadan Osiyoga ko'chirolmaymiz? Nega g'arbliklar Marsga mehmonxona qurishni rejalashtirib turgan bir zamonda biz musulmonlar hanuz 14 asr ilgari yechimi berilgan tahoratni buzadigan amallar haqida bahs qilamiz?

Qachongacha musulmon dunyodan o'zini tortishi kerak, degan tushuncha bilan, taraqqiyotga o'z-o'zimiz zanjir bog'laymiz? Kim aytgan musulmon boylik to'plamasin, deb. Boylikka ko'ngil bermaslik kerak, degan gap boylik to'plamaslik kerak, degani emas. Boylikni to'plang, lekin uni sevmang.

Biz musulmonlar bugun boy bo'lishimiz kerak. Kashmirda millionlar muslimlar ochlikdan, sovuqdan qiynalib, hatto halok bo'lmoqda. Afrikada millionlar muslimlar ochlikdan qirilib ketmoqda. Shularga yordam beradigan mard bormi?

Nega bunday, nega bugun muslimlar nochor, mag'lub, ezilgan, xo'rlangan? Sabab, biz o'zimizni ilmdan tortdik, taraqqiyotni g'ayridinlarga, dushmanlarga berib qo'ydik.

Islom hech qachon zamonaviylikka qarshi chiqmagan. Faqat uni to'g'ri yo'lda ishlatish kerak. Bugun G'arb barcha erishgan muvaffaqiyatlarini entertainment, fahsh va yana boshqa allambalo show businesslarga ishlatayotgan bo'lsa, biz bu taraqqiyot in'omlarini Alloh yo'lida to'g'ri va halol yo'llarga ishlatishimiz kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:58:07

Behzodbek;

 Bugungi musulmon har sohada ilg'or bo'lishi kerak. Ingliz tilini o'rgansin, internetni, kompyuterni yaxshi bilsin, siyosiy ongini oshirsin, dunyoda nima bo'lyapti, Isroilda yana qanday fitna tayyorlanyapti, muslim bulardan boxabar bo'lishi kerak. Bular bugungi zamonning farzlari, vaholanki, bizning qoloqlik botqog'iga botishimizning asl sabablari ham shunda.

Har bir inson, qaysi sohada ishlashidan qat'i nazar, xoh siyosatchi bo'ladimi, injenermi, o'qituvchi yo tikuvchimi, o'z sohasining piri bo'lsin. Musulmonlik shuni talab etadi. Musulmonlik yemishni xalol topishga buyuradi, maktabda bolalarga ertak aytib berib vaqt o'tkazib oylik oladigan o'qituvchini halol yashayapti deb bo'ladimi? Universitetda shpargalka ishlatib, imtihon topshirgan va shu bilan diplom olgan kadr ertaga bir sohani yaxshi boshqara oladimi?

Hammamiz oliy o'quv yurtlarini 5 ga bitirganmiz. Lekin qaysi birimiz shu o'z sohamizni beshga bilamiz? Allohdan uyalmaymizmi? Kimni aldamoqchimiz? O'zbekistonni qachon rivojlantiramiz unda?

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:58:21

Behzodbek;

 Ayol kishida ham erkakdagi kabi mas'uliyat bor. Hech qayerda ularda mas'uliyat kam va ularga oxirat hisobi osonroq bo'ladi, deyilmagan. Ular ham qaysi sohada bo'lmasin, ilm o'rgansinlar, ular ham erkaklar kabi dunyodagi taraqqiyot bilan barobar borsinlar. Ularning ortda qolishlari va faqat uy ishlari bilan shug'ullanishlari shariatda chegara bilan to'silmagan.

Faqat, ayollarda ishlarning muhimligi darajasidan istisnolar bor. Ya'ni, avvalo, erga xizmat qilish, bolalarni tarbiyalash va shundan so'ng ishlash. Ingliz tili kabi zamonaviy ilmlar faqat pul topish uchungina o'rganilmaydi. Bugun dunyo bilan barobar ketish uchun ham shu chet tillarini bilish talab etiladi. Ayollarning o'z doiralari bor. Ular bilganlarini boshqa muslimalarga o'rgatishadi, ya'ni har bir muslima ham erkaklar kabi jamiyatdagi, hayotdagi o'z haq-huquqlarini bilsin, kim dushmanu kim do'stligini bilishi kerak. Bugungi musulmon qanday yashashi kerakligini, mazkur zamonaviy taraqqiyot va o'zgarishlar bilan qanday munosabatda bo'lish kerakligini ham, biz hozir dunyoviy ilm deb ta'riflayotganimiz- man shu zamonaviy ilmlar o'rgatadi.

Ayollarning jamiyatda o'rni katta. Islom yo'lidagi ularning xizmatlari, ayniqsa, beqiyos. Avvalo, har birimiz onadan (Jannat onalar oyog'i ostidadir) tug'ilganmiz. Butun umrimiz davomida asos tayanch bo'lib xizmat qiladigan eng muhim tarbiyani onamizdan olganmiz. Onalarimiz sog' bo'lsin. Shuning uchun ham farzandlarimizning ertangi taqdirini belgilashda muhim o'rin tutadigan ayollarimizni har jihatdan ilmli, farosatli bo'lishlari uchun sharoitlar yaratib beraylik. Ularning ilm o'rganishlarini rag'batlantiraylik. Albatta, shariat doirasida.

O'ylaymanki, bugungi zamonaviy ta'lim tizimida ham muslimalar o'zlarini saqlagan holda ilm olishlari mumkin.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:58:38

Mohinur:

Tashakkur!
Gaplaringizga men ham qo'shilaman.

Ayollar ham zamonaviy ilmlarni o'rganishlari kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:58:54

O'g'il bola:

abdulaziz,bexzodbek,mohinur - xa xamamiznig yo'limiz, dinimiz boradigan joyimiz bir .
mohinur manam qoshilaman siznig, bexzodnig ,abdulaziznig gaplariga .ayolning ilim olishiga butunlay qarshman dedim , chunki ko'p chilik juda kop (xamasimas) qizlar o'qishga borgandan keyn buzulib ketgan ,shu uchun qarshi man , Ayollar ham zamonaviy ilmlarni o'rganishlari kerak,o'zini tuta bilishi kerak ,qaysi yol qaysi kochadan ketypdi bilshi kerak . avvalo tarbiyga - oilaga bogliq b sa kerak. qizlar mang savolimga javob beriglar faqat rostini qaysi 1 ingiznig boshizda ro'mol bor?. shu erda yozilayotgan gaplar ni korypsizlar..sizlar tushungan aqlli ,yahshi qiz sizlar . agar sizlar boshizda ,ro'mol ,uzbekcha (tor emas) kiyimda bo'lsangizar -namoz ,roza kanda bolmasa,no maxramga qaramasangizlar,gaplashmasaglar ~!
man sizlardek oliy malumotli, aqlli,dono ,farosatli ,iboli ,muslima qizlar bilan faxrlanaman
Alloh hech kimni hech qachon adashtirmasin -tog'ri yolga ,2 dunyo saodatiga boshlasin hammamizni...yahshi- yamon gaplarm uchun uzur -hammalriznig fikrariz tog'ri

Qayd etilgan


Margilanets  07 Sentyabr 2006, 07:59:08

— Hozirgi yoshlar juda bo‘lmag‘ur kiyinadilar-da! Masalan, manavi yigitni qarang...
— Bu mening qizim-ku.
— Kechirasiz, men sizni uning otasi ekanligingizni bilmabman.
— Otasi emas, onasiman!..

:) :) :)

Qayd etilgan


Muslima_subh  27 Sentyabr 2006, 23:52:36

O'g'il bola:

abdulaziz,bexzodbek,mohinur - xa xamamiznig yo'limiz, dinimiz boradigan joyimiz bir .
mohinur manam qoshilaman siznig, bexzodnig ,abdulaziznig gaplariga .ayolning ilim olishiga butunlay qarshman dedim , chunki ko'p chilik juda kop (xamasimas) qizlar o'qishga borgandan keyn buzulib ketgan ,shu uchun qarshi man , Ayollar ham zamonaviy ilmlarni o'rganishlari kerak,o'zini tuta bilishi kerak ,qaysi yol qaysi kochadan ketypdi bilshi kerak . avvalo tarbiyga - oilaga bogliq b sa kerak. qizlar mang savolimga javob beriglar faqat rostini qaysi 1 ingiznig boshizda ro'mol bor?. shu erda yozilayotgan gaplar ni korypsizlar..sizlar tushungan aqlli ,yahshi qiz sizlar . agar sizlar boshizda ,ro'mol ,uzbekcha (tor emas) kiyimda bo'lsangizar -namoz ,roza kanda bolmasa,no maxramga qaramasangizlar,gaplashmasaglar ~!
man sizlardek oliy malumotli, aqlli,dono ,farosatli ,iboli ,muslima qizlar bilan faxrlanaman
Alloh hech kimni hech qachon adashtirmasin -tog'ri yolga ,2 dunyo saodatiga boshlasin hammamizni...yahshi- yamon gaplarm uchun uzur -hammalriznig fikrariz tog'ri

As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
Brother, to'g'risi sizning ayrim fikrlaringizni o'qib g'azabim keldi, bu deganingiz nimasi, boshingizda ro'molingiz bormi emish, agar siz muslim bo'lsangiz sizdek muslimlarni tarbiya qilayotganlar kim, balki buni yozish noto'g'ridir, lkein bilingki, hozir mana man guvohman, universitetda o'qiydigan, hamam siz aytayotgan qizlar kabi ilm oladigan, tillarni biladigan , siyosatdan habari bor, barcha kerakli bilimlarni biladigan,bilmaganlarini bilishga harakat qiladigan su bilan birga Alloh rizoligi uchun 5 vaqt namoz o'qiydigan, ro'za tutadigan, nafl ibodatlarini qiladigan, atrofidagilarga huddi sizdek muslim jkabi yaxshiliklar qiladigan, nomahramlardan o'zini chetga oladigan qizlar bor!!! Ha, siz qattiq inklor etayotgan, Alloh taqvo ato etgan qizlar bor, so'rangchi ulardan, TV ko'risharmikin,yoq, behudalik deb javob berishadi ular,lekin News va zaruriy narsalardan bohabar ular, ular boshida ro'moli, egnida hijobi, qalbida Allohga muhabbati bilan yashayotgan qizladir. Balki siz bunaqa qizlani uchratmagandirsiz, lekin man ko'p uchratdim va guvohiman deb ham ayta olaman! Endi qarang, agar ayol kishi ilm olmasa, o'rganmasa, hayotni bilmasa, unda farzandiga to'rt devorning ichida o'tirib tarbiya beradi(hosh, qaysi ilmidan, diniy ilmni kuchli bilish uchun dunyopviy krugazorni kengaytirish kerak), uztiradi, voyaga yetkazadi , bu paytda ota oila boqish ihslari bilan bo'lib, farzandlarga ko'proq vaqt ajrata olmaydi, bu esa tabiiy. Hop, endi shunaqa tarbiyani olgan qizimiza, na siyosatdan, na ko'chadagi aldamchi ishladan, n ailmdan habarsiz bu ko'zlar, bu aql, bu fikr nimaga yetsin, hayot haqida yuzaki tasavvurga ega bo'lgan bu qizimiza endi siz etgandek yomon yo'lga kirib ketishi hech gap emas, chunki u hayotdagi holatlarni, o'zgarishlarni, biror hodisaga fikran munosabatni bilmaydi,chunki onasi unga bu haqda aytmagan, chunki onaning o'zi ham bu narsalarni bilmasdi-da! Mana, ko'pladan so'rangchi, ayniqsa naoz o'qishni boshlaganlardan, instga kirib hayot qiyinchiliklarin ko'rdim, namoz o'qishni o'rgandim deya shodlanishadi, lekin siz aytayotgan o'sha o'zgarib ketadigan qizlar, hohlagan yerga olibbomang, baribir o'zgaradilar, odamning o'zida bo'lmas ekan, uni boshqa yerdan axtarishingiz durust, chunki hayosi yoq kishiga yerning qaysi burchagida bo'lishning farqi yoq va hsu bilan birga Allohdan qo'rquvi va hayosi bo'lgan insonga yerning qaysi burchagida bo'lmasin, Allohning hamisha ko'rib turishi ila yomon yo'llarga kirib ketishdan saqlanadi. Albatta har kim hayotga o'z fikri bilan yondoshadi, lekin 5 qo'l barobar emas, kimningdir yomon oqibatini barchada ayblab, keyin boshqacha natijalar chiqarmang! Odamlar oldida pok bo'lgandan(siz etgandek ro'moli bosidan tushmidigan, bir chetda yuradigan ayrim qizlar, to'g'risi, bunaqa qizlarni ko'p ko'rganmiza, ro'mol ularning qilgan ishlarini yopadi, Astag'furulloh) Alloh oldida pok bo'lish kerak!

Qayd etilgan


Robiya  15 Oktyabr 2006, 04:38:49

Assalomu alaykum!
Hozir zamon ancha chigallashib ketdi.Kishilar madaniyatni unutib qo'yishgan ko'rinadi.Hozir bir narsa urf bo'lgan,o'zingga yarashganni emas seni "go'zal" qiladigan kiyimni kiy.Hatto ba'zibir ayollar qizlariga tanbeh berish o'rniga o'zlari ham shunaqa kiyinvolishadi.Bilasizlarmi, bu dunyo tobora murakkablashib boryapti.Qizlar ota-onaning gapini gap demaydi.Ayollar uyda xo'jayin bo'lishga intiladi.Lekin bir narsani unutib qo'yamiz gohida tabiat qonuni bor:ayol hech qachon erkak kishidan ustun bo'lomaydi.
 Kiyinish bu hozirda eng dolzarb muammo.Ammo ko'chada birorta qizga yoki yigitga tanbeh berib ko'ringchi, gapirganingizga pushaymon bo'lasiz.Hozir yoshlarimiz ancha "aqlli" bo'lib ketishyapti.Siz ular bilgan narsani bilmaysiz:MODA!!!Ha hozirgi yoshlarimiz modaning quliga aylanib o'zbekligini ham esidan chiqaryapti.Gapirsangiz gap ko'p.Qani endi biror foydasi tegsa.Nima bo'lganda ham har kimga Ollon Taoloning o'zi aql-tavfiq bersin.

Qayd etilgan


Nodi  16 Oktyabr 2006, 15:43:53

Yigit bilan qiz avtobusda ketishyapti. Qiz yigitga deydi:
— Xohlaysanmi, ko‘richagim olib tashlangan joyni ko‘rsataman.
Qiz badanini ko‘rish umidida bo‘lgan yigit: "œKo‘rsat", deydi. Shunda qiz: "œAnavi binoda", deya kasalxonani ko‘rsatadi. Hozir bunday latifaga deyarli hech kim kulmasa kerak. Chunki qizlarimiz shunaqangi kiyinishadiki, badanlaridan ko‘richak olinadigan joylari u yoqda tursin, undan  pastlari ham ochiq ko‘rinib turadi.

Yaqinda bir anjumanda qatnashishga to‘g‘ri keldi. Anjuman ishtirokchilariga tarqatilgan materialdagi bir nech­ta faktlar o‘ylantirib qo‘ydi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi bir asrda erkaklarimizning ham, ayollarimizning ham kiyimlari jiddiy o‘zgarib ketibdi. O‘tgan asr boshlarida Sharq ayollarining libosi — keng, uzun ko‘ylak, kamzul va kalish-maxsi bo‘lgan. An’anaga ko‘ra ayollar ko‘ylagi badanning past-baland joylarini bilintirmaydigan darajada keng bo‘lishi, yenglari esa bilaklarini to‘la yopib turishi kerak edi.

davomi...
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=799&Itemid=45

Qayd etilgan