Yosh fiziklar  ( 73571 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Donishmand  28 Fevral 2012, 14:00:30

 http://www.youtube.com/watch?v=f9bkjPdtr2o
  Mana shu videoda Albert Einstein'ni tanigan bir filosof uning "Alloh buyukdir" degan gaplarini tasdiqlagan. Uning musulmon ekanligiga yaqin gaplar ko'proqdir. Yanada aniq ma'lumotlar uchrab qolsa, xabar beraman inshalloh.

Rahmat! Faqat toza nemischa ekan, ayn, tsvayn, axtun deganidan boshqa narsani tushunishga bilimimiz bilmaslik bahona ojizlik qildi. Tarjima qilib berolasizmi, agar iloji bo'lsa?

Qayd etilgan


Donishmand  28 Fevral 2012, 16:36:32

Iltimoslarga ko'ra javobni aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Odam yorug'lik tezligida yoki undan yuqori tezlikda harakatlansa jismning orqa tarafini ko'rishi mumkinmi? Bu savolga "ha" deb javob berdik. Sababi ko'rinarli masofada turgan jismni yorug'lik tezligida harakatlanayotgan odam ko'z ilg'ab to miya tasvirni analiz qilgunicha har tarafidan bir necha o'n marta ko'rib chiqishga ulguradi. Bunda jismning barcha tasvirlari bir-biriga qorishib ko'rinadi odamga.

Lekin yorug'lik tezligida yoki undan yuqori harakatlanayotgan odam orqasidagi jismni ko'rishi mumkin, oldida. Bu quyidagicha bo'ladi:

Jismdan qaytgan yorug'lik nurlarini quvib yetgan odamning ko'zida orqadagi jism tasvirlanadi.

Qayd etilgan


registan  28 Fevral 2012, 17:14:30

Qiziq holat ))

Lekin yorug'lik tezligida ko'rinmasa kerak, ko'rinarmikan?

Qayd etilgan


Donishmand  29 Fevral 2012, 11:43:37

Qiziq holat ))

Lekin yorug'lik tezligida ko'rinmasa kerak, ko'rinarmikan?
Shunaqa bo'lsa kerak, agar jismga nisbatan burchak ostida harakatlanayotgan bo'lsa ko'rinishi ham mumkin.

Barcha javoblar tahmin bilishimcha, aniq javob uchun oldin yorig'lik tezligiga ega bo'lishimiz kerak, shetta 1ta savol tug'ildi, agar yorig'lik tezligig ega bo'ldik ham deylik, unda tajriba uchun qanday kattalikdagi jisim kerak bo'ladi?
Bu savoldan keyin jismni u yerga kim qo'ygan, uchib ketayotgan odam metanda harakatlanadimi, uchayotganida ko'ziga chivin kirib ketsachi..., - degan savollar ham tug'iladi shekilli.

Qayd etilgan


Donishmand  29 Fevral 2012, 11:56:23

Haa, siz sanagan savolar tug'ilishi uchun qo'shtirnoq ichidagi donishmand bo'lishi kerak.
Siz bergan savol ham o'shanaqaga tortayaptida...

Qayd etilgan


registan  29 Fevral 2012, 12:15:27

Yaqinda olimlar, yorug'lik nurini parchalab boshqa bir joyda paydo qilishni o'ylab topgandilar, demak, yorug'lik tezligida harakat qilishning ham keragi yo'qmi deymana? ))

Qayd etilgan


Donishmand  29 Fevral 2012, 14:25:13

Haa, siz sanagan savolar tug'ilishi uchun qo'shtirnoq ichidagi donishmand bo'lishi kerak.
Siz bergan savol ham o'shanaqaga tortayaptida...
maylin oka, nasib qilsa bu mavzuda siz bilan usha tezlik kashf qilinganda gaplasharmiza.
Mavzudan ham maqsaddan ham chetlashib ketayapmiz. Kashf qilinadigan narsaning o'zi yo'q bu yerda. Hohlaganingizda gaplashaverasiz. Men olimlar ilgari surgan nazariyani tushuntirishga harakat qildim holos. Bo'lmag'ur savollarni bermasdan o'zingiz uchun ham, biz uchun ham qiziq bo'lgan savol bersangiz yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


amir.temur  29 Fevral 2012, 14:45:24

Iltimoslarga ko'ra javobni aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Odam yorug'lik tezligida yoki undan yuqori tezlikda harakatlansa jismning orqa tarafini ko'rishi mumkinmi? Bu savolga "ha" deb javob berdik. Sababi ko'rinarli masofada turgan jismni yorug'lik tezligida harakatlanayotgan odam ko'z ilg'ab to miya tasvirni analiz qilgunicha har tarafidan bir necha o'n marta ko'rib chiqishga ulguradi. Bunda jismning barcha tasvirlari bir-biriga qorishib ko'rinadi odamga.

Lekin yorug'lik tezligida yoki undan yuqori harakatlanayotgan odam orqasidagi jismni ko'rishi mumkin, oldida. Bu quyidagicha bo'ladi:

Jismdan qaytgan yorug'lik nurlarini quvib yetgan odamning ko'zida orqadagi jism tasvirlanadi.

  Birodarlar, bu mavzuni kelib chiqishida shu savol bilan boshlangan edi: Yorug'lik tezligi bilan bir jismga qarasa uning orqasi ko'rinadimi deb? Mani fikrim yo'q edi.
   Donishmand esa bu mavzuga javob bermagan, manimcha, aksincha qo'shimcha ma'lumot keltirgan xolos. Keltirgan ma'lumoti to'g'ri. Nafaqat yorug'lik tezligida, undan ancha kam tezlikda ham shu holat ro'y beradi. Inson ko'rish hissi 1/10 soniya ichida ta'sirga ega bo'ladi. Masalan kinoda 24 ta bittalik rasmlar 1 sekundda o'tadi va bu bizga video bo'lib ko'rinadi. Inson bir narsaga qattiq tikilib qarab tursa, keyin ko'zini boshqa joyga olsa, o'sha qarab turgan narsasi 1/10 sekund ichida ko'zini oldida bo'ladi. Donishmand ko'rsatgan rasmda ham gap shu haqida bormoqda adashmasam, shunaqami Donishmand aka?
  Lekin Maysaraning savoliga javob bo'lolmaydi.
  Keyin yana bir narsa, bir-birimizga piching qilmasdan, qo'shtirnoq ichidagi gaplar yozmasdan bir-birimiz bilan muhokama qilaylik, keyin yana bir-birimizga birdan jahl ham qilmaylik. Iltimos, bu forum fizika va texnika haqida. Fikrlaringizn istaganingizcha jon-jahdingiz bilan himoya qiling, lekin his-tuyg'ularga berilmang.
   Forum muhokamasining boshlanishi yomonmas, inshalloh, izga tushib ketamiz. :)

Qayd etilgan


Donishmand  29 Fevral 2012, 14:51:21

Iqtibos
Masalan kinoda 24 ta bittalik rasmlar 1 sekundda o'tadi va bu bizga video bo'lib ko'rinadi. Inson bir narsaga qattiq tikilib qarab tursa, keyin ko'zini boshqa joyga olsa, o'sha qarab turgan narsasi 1/10 sekund ichida ko'zini oldida bo'ladi. Donishmand ko'rsatgan rasmda ham gap shu haqida bormoqda adashmasam, shunaqami Donishmand aka?
Yo'q, unday emas. Rasmda boshqa narsa haqida gap ketayapti.

Qayd etilgan


Donishmand  29 Fevral 2012, 14:54:49

Iqtibos
agar yorug'lik tezligida qarasa turgan jismning orqasi ham körinishi rostmi, bu qanday körinadi?
Agar savolni shunday tushunsak, savolning o'zi noto'g'ri tuzilgan. Yorug'lik tezligida qarash degani nima degani o'zi?
Men savoldagi bu kamchilikni e'tiborga olmasdan, bu savolning forumdan boshqa joylarda ham keltirilgan ko'rinishiga javob yozdim.

Qayd etilgan