balki tajriba ham qilib körarmiz? Shisha ichiga qanday gaz töldiriladi, ya'ni siz aytgan gaz qanaqa, qaerdan topish mumkin, shisha ichiga qanday qamaladi...?
Meni öylantiradigan yana bir savol, barcha elektr jihozlarida + va - zaryadlar tutashtirilib, foydali ish olinadi. Agar tög'ridan tög'ri tutashtirilsa issiqlik hosil böladimi? Unda:
1)muzlatgich qanday soviydi;
2)motor qanday harakatga keladi?
Aynan motorni aylantirib juda köp foydali ishga erishsa bölarkan. Shuni pult yoki kompyuter orqali boshqarish imkonini yaratish mumkinmi, qölbola usulda?...
Lampochkaning ichida umuman havo bo'lmasligi kerak. Chunki volfram kislorod moddasi bilan (oxidation) kimyoviy jarayonga kirishsa kuyadi. Shu sababdan, umuman havo bo'lmaydi, yoki azot va argon moddalari aralashgan gaz bo'ladi va shuningdek kripton (Krypton) gaz moddasi bo'ladi. Krypton gaz moddasi bo'lgan lampochkalar ko'proq yorug'lik berarkan. Sababi, bu gaz volframning juda katta temperaturada isiganida ham kuymasligini saqlab qolarkan.
1) Sovutgichlarning ham ishlash funksiyalariga qarab 3 xil bor ekan. Eng ko'p ishlatilgani (O'zbekistonda hozir eng ishlatilyotgan xili) kompressorli sovutgichlar ekan. Kompressorli sovutgichlar asosan 4 qismdan iborat. a)Kompressor gazlangan moddani so'rib olib, uni bir joyga jamlab va yana bosim bilan chiqarib yuborish funksiyasini bajaradi. b) Kondensator (condense so'zidan olingan) esa biror moddaning gaz holatidan suyuqlik holatiga aylantiradi. c) Drossel. Bu muvozanatni saqlaydigan texnik ashyo. Sovutgichlarda ichkari va tashqari moddalarning bir xil miqdorda ekanligini o'lchab turadi. Uning yana bir boshqa vazifasi shuki, Kompressor kuchli bosim bilan gaz moddasini haydaganda, drossel shu bosimni pasaytiradi.
d) Bo'g'latuvchi (vaporizer). Bu suyuqlik holatdan gaz holatiga o'tkazadi.
Qachon sovuq bo'ladi, qachonki o'sha joyda issiqli bo'lmasa. Xuddi shu prinsipda sovutguchlar ham ishlaydi. Sovutgichning ichiga sovuqlik olib kirilmaydi, aksincha u yerdan issiqlik yoki iliqlik olib chiqiladi. U issiqlik sovutgichga sovutish uchun qo'ygan mahsulotlarimizdan kelib chiqadi.
Sovutgichlarning orqasiga qaraganimizda setkaga o'xshash ingichkaroq trubalar o'tgan. Shu trubalarda sovuq moddalar Freon, Ammoniak va hkz.) bo'ladi. Ana shu sovuq moddalarning bo'g'lanish nuqtasi ko'pincha -30 gradus bo'ladi. Shu moddaning gaz holatiga keltirish uchun sovutgichda turgan moddalarning issiqligi yetadi. Bo'g'lanish uchun zarur bo'lgan issiqlik energiyasi sovutgichning ichidan, oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadi. Bu issiqlik suyuqlikni gazga aylantirgach, kompressor tomonidan so'rib olinadi. Gaz holatida so'rib olinganida, gaz bilan birga ana shu issiqlik ham so'rib olinadi. Kompressor keyin bu gazni kondensatorga jo'natadi. Kondensator uni yana suyuqlik holiga keltirishda o'sha issiqlikni tashqariga beradi va gaz holatidagi modda yana suyuqlikka aylanadi. Drossel uni o'lchamli tarzda yana sovutgichning ichiga olib kiradi. Shu jarayon takror davom etaveradi.
2) Motor bilan ko'p ish qilsa bo'ladi deganingiz to'g'ri. Motorlar elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi. Mexanik energiya bilan og'ir ishlarni qilsa bo'ladi. Og'ir yuklarni ko'tarish, suv tortish, biror narsa sudrash va hkz.
Motorni pult bilan boshqarish imkoni bor, ammo uni qo'l bola usulda boshqarish imkonini bilmayman
Zamon shiddat bilan rivojlangan bir paytda biz qo'l bola usullarini o'ylashimiz manimcha mantiqan noto'g'ri, deb o'ylayman.