MASER -
microwave
amplification by
stimulated
emission of
radiation
Muzaffar, radioto'lqinlarni majburiy kuchaytirsa bo'ladi. Bu amalga oshirilgan narsa. Tahminim, o'ta qisqa to'lqinlarning interferensiyaga uchrash ehtimoli yuqori.
Ёруғлик аслида фотон зарралари оқимидан иборат, радиотўлқинларда эса электромагнит ходисалар катта роль ижро этади. ёруғликнинг ультрабинафша ва инфрақизил диапазонлари хам маълум.
Yuqoridagi postlarimning ba'zi joylarida radioto'lqin deb ketdim, ba'zan esa elektromagnit. Endi sizga aytay, elektromagnit to'lqinlarnig diapazoni radioto'lqin va yorug'lik to'lqinlarining diapazonini ham o'z ichiga olgan holda juda katta! Yorug'lik ham elektromagnit to'lqin.
Yorug'lik nurlarining chastota diapazoni: 300 GGz - 3·10
7 GGz
Elektromagnit nurlanish chastota diapazoni: 25 кGz - 6·10
10 GGz - yana bu shartli chegara, bundan kengligi ham ma'lum.
устига устак радитўлқинларнинг барча хоссалари хам тшлиқ ўрганилмаган
To'liq o'rganilgan narsa bo'lganida bu yerda hech qanday fikr yuritishga hojat qolmasdi. Buni e'tiborga olib qo'ying.
amir.temur, savolga hech bo'lmasa Muzaffarga o'xshab javob bersa ham bo'lar ekan-a?
Maysaraning fikriga qo'shilaman, bunda radiatsion nurlanish bo'lishi mumkin. Chunki to'lqin atomdagi elektronlarga ta'sir qila olsa yorug'lik nurlari ajraladi, agar yadroga ta'sir qilsa radiatsion nurlar chiqadi albatta.
Lekin men o'z fikrimni inkor qilganim yo'q, qaysi postdagi jumlaga asoslanib bunday fikr bildirdingiz - tushunmadim.
Bu savolni qo'yishimdan maqsad shu to'g'risida qiziqqanlar bormi-yo'qmi, bilmoqchi edim. Agar shundaylar bo'lsa bir fikrlashmoqchi edim. Javobni ham oldim, bu to'g'rida yolg'iz ekanman. Bu munosabatlar 15 yil oldingi maktab chog'larimni yana bir bor eslatdi. Bu haqida boshqa mavzuda yozarman...
Menimcha keyinchalik elektr o'tkazgich simlardan ham voz kechamiz. Quvvatni ham to'liq masofadan turib uzatish imkoniyatlari paydo bo'lishi mumkin. Elektromagnit to'lqinlarni hozirgidan boshqa maqsadlarda ham qo'llash kelajak texnologiyasi tomon asosiy yo'lga o'xshab qoldi.
Ko'pchilikning fikrini ham bir eshitib ko'raychi degandim. Sababi, buning ustida ish olib borishga bizga sharoit qilib berishmadi, lekin bir kun ularning o'rniga chiqqanimizda biz o'sha o'zimizga kerak bo'lgan sharoitni boshqalarga qilib beramiz, inshaOlloh!
P.S. Ba'zan kutmagan joyingdan noto'g'ri javob kelsa majbur yozvorarkansan...