Yosh fiziklar  ( 73519 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Donishmand  25 Fevral 2012, 10:57:31

MASER - microwave amplification by stimulated emission of radiation
Muzaffar, radioto'lqinlarni majburiy kuchaytirsa bo'ladi. Bu amalga oshirilgan narsa. Tahminim, o'ta qisqa to'lqinlarning interferensiyaga uchrash ehtimoli yuqori.
Iqtibos
Ёруғлик аслида фотон зарралари оқимидан иборат, радиотўлқинларда эса электромагнит ходисалар катта роль ижро этади. ёруғликнинг ультрабинафша ва инфрақизил диапазонлари хам маълум.
Yuqoridagi postlarimning ba'zi joylarida radioto'lqin deb ketdim, ba'zan esa elektromagnit. Endi sizga aytay, elektromagnit to'lqinlarnig diapazoni radioto'lqin va yorug'lik to'lqinlarining diapazonini ham o'z ichiga olgan holda juda katta! Yorug'lik ham elektromagnit to'lqin.
Yorug'lik nurlarining chastota diapazoni: 300 GGz - 3·107 GGz
Elektromagnit nurlanish chastota diapazoni: 25 кGz - 6·1010 GGz - yana bu shartli chegara, bundan kengligi ham ma'lum.
Iqtibos
устига устак радитўлқинларнинг барча хоссалари хам тшлиқ ўрганилмаган
To'liq o'rganilgan narsa bo'lganida bu yerda hech qanday fikr yuritishga hojat qolmasdi. Buni e'tiborga olib qo'ying.

amir.temur, savolga hech bo'lmasa Muzaffarga o'xshab javob bersa ham bo'lar ekan-a?

Maysaraning fikriga qo'shilaman, bunda radiatsion nurlanish bo'lishi mumkin. Chunki to'lqin atomdagi elektronlarga ta'sir qila olsa yorug'lik nurlari ajraladi, agar yadroga ta'sir qilsa radiatsion nurlar chiqadi albatta.
Lekin men o'z fikrimni inkor qilganim yo'q, qaysi postdagi jumlaga asoslanib bunday fikr bildirdingiz - tushunmadim.

Bu savolni qo'yishimdan maqsad shu to'g'risida qiziqqanlar bormi-yo'qmi, bilmoqchi edim. Agar shundaylar bo'lsa bir fikrlashmoqchi edim. Javobni ham oldim, bu to'g'rida yolg'iz ekanman. Bu munosabatlar 15 yil oldingi maktab chog'larimni yana bir bor eslatdi. Bu haqida boshqa mavzuda yozarman...

Menimcha keyinchalik elektr o'tkazgich simlardan ham voz kechamiz. Quvvatni ham to'liq masofadan turib uzatish imkoniyatlari paydo bo'lishi mumkin. Elektromagnit to'lqinlarni hozirgidan boshqa maqsadlarda ham qo'llash kelajak texnologiyasi tomon asosiy yo'lga o'xshab qoldi.

Ko'pchilikning fikrini ham bir eshitib ko'raychi degandim. Sababi, buning ustida ish olib borishga bizga sharoit qilib berishmadi, lekin bir kun ularning o'rniga chiqqanimizda biz o'sha o'zimizga kerak bo'lgan sharoitni boshqalarga qilib beramiz, inshaOlloh!


P.S. Ba'zan kutmagan joyingdan noto'g'ri javob kelsa majbur yozvorarkansan...

Qayd etilgan


Музаффар  25 Fevral 2012, 18:44:02

P.S. Ba'zan kutmagan joyingdan noto'g'ri javob kelsa majbur yozvorarkansan...

Донишмандака, хамма нарсага хам шундай жиддий ёндошадиганларни хурмат қиламан. ман фақат шахсий фикрларимни ёздим. Тушунчамга ксра радиотслқинлар ва ёруғлик тслқинлари бир биридан мутлақо бошқа бошқа нарсалар сди. қолаверса ёруғлик тслқинларининг слекромагнит хоссалари намоён стишидан бехабар сканман. биз бу сохага кам қизиққанман, оптослектроника дарсларида сса оптик кучланганликни орттириш бсйича бирмунча маълумот олгандик. радиотслқинлар борасида сса бундай деб бслмайди.
бу ва юқоридаги пост сътироз сифатида смас. юқорисидаги Майсаранинг саволига муносабат сди (яитата кимданлигига сътибор беринг). буниси хам шунга схшаш.
умуман олганда бундай нарсаларни фикрдош ва илмий сависси тенг инсонлар билан мухокама қилган маъқул, а-то бу ерда мавзуга объектив ёндошиш срнига бехуда тортишув кспайспти.

Qayd etilgan


Maysara  25 Fevral 2012, 23:13:30

 :asl3:

Savolim bor edi, agar yorug'lik tezligida qarasa turgan jismning orqasi ham körinishi rostmi, bu qanday körinadi?

Qayd etilgan


Музаффар  26 Fevral 2012, 00:56:33

:asl3:

Savolim bor edi, agar yorug'lik tezligida qarasa turgan jismning orqasi ham körinishi rostmi, bu qanday körinadi?
буни фақат фараз қилиш мумкин. Герберт Усльснинг бир асарида Люмен исмли қахрамон ёруғлик тезлигида учиб, вақт бсича воқеаларни тескари харакатда ксради. хусусан: Аввал Франяисда република қулатилади, оломон Бастилис қалъасидан тескари юриб чиқиб кетиб уй уйига тарқайди. Жанна Д"Арк бургунд аскрларидан қочади, у Людовикдан тожни қайтиб олади, хуллас шу тартибда тескари тарихни ксриб охири, франяис худудида юрган динозаврларни кейин сса қитъаларнинг бирлашуви, ва ернинг хосил бслишига боради. БУ 20-аср бошига тегишли фантастик асар. Бу вақтда ДВД ёки видеоплеерлар бслмаган ва тасвирни орқага айлантириб ксриш хали одамларни хаёлига келмаган сди. (Усльс асарларига хурматим баланд).
Демоқчи бслганим, хали ёруғлик тезлигида ёрғликни сзидан бошқа нарса бслмаган, бу тезликка сришиш хозир хам фантастика. Манимча ёруғлик тезлигида қаралса жисмларнинг орқасиина смас, ички молекулср тузлиши хам ксринса керак :)

лекин сқинда бир илмийфильм ксргандим. унга ксра коинотда нейтрино номли заррачалар ёруғлик тезлигидан хам катта тезликда муттасил учиб турар скан. улар хечқандай тссиқ ва ютилишларга учрамас скан. хар қандай мухитдан бемалол стиб кетаверар скан...

Qayd etilgan


amir.temur  26 Fevral 2012, 05:02:55

:asl3:

Savolim bor edi, agar yorug'lik tezligida qarasa turgan jismning orqasi ham körinishi rostmi, bu qanday körinadi?

Mani fikrim, ko'rinmaydi. Yorug'lik tezligidan ham tez qarasangiz ko'rinmaydi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  26 Fevral 2012, 10:34:37


Ko'pchilikning fikrini ham bir eshitib ko'raychi degandim. Sababi, buning ustida ish olib borishga bizga sharoit qilib berishmadi, lekin bir kun ularning o'rniga chiqqanimizda biz o'sha o'zimizga kerak bo'lgan sharoitni boshqalarga qilib beramiz, inshaOlloh!


Assalomu Alaykum.

Donishmand aka, fizikaga juda yaxshi tushunmasamda, maktab ma'lumotim bor har holda  ;D. Shuning uchun Sizning ko'tarib chiqqan g'oyalaringizning ko'pi men uchun qiziq. Aka mana shu yuqorida aytan ishingiz - simsiz elektr uzatish imkoni haqiqatda ham mavjudmi? Agar bu imkon bo'lsa, unda amalda qo'llab ko'rish uchun nimalar qilish kerak? Balki forumdagilar maslahatlashib, bir fikrga kelib bu narsani qilib ko'rsa bo'lar. Ya'ni aytmoqchimanki, yuqoridagi amaldorlar bunga beparvo bo'lgani bilan forumda shunga qiziqadigalar bo'lsa, moddiy tarafdan ham, ma'naviy tarafdan ham qo'llab quvvatlov bo'lar, deb o'ylayman.

Umuman bu mavzu haqida kengroq va batafsilroq tushuncha berishingizni iltimos qilaman.   

Qayd etilgan


Donishmand  26 Fevral 2012, 12:04:50

:asl3:

Savolim bor edi, agar yorug'lik tezligida qarasa turgan jismning orqasi ham körinishi rostmi, bu qanday körinadi?
:vsl3:
Rost. Agar tanamizning hamda axborotni qayta ishlash uchun miyamizning tezligi yorug'lik tezligida deb hisoblaydigan bo'lsak hozirgi holatimizga nisbatan jismning orqasini ko'ra olamiz. (Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi).

лекин яқинда бир илмийфильм кўргандим. унга кўра коинотда нейтрино номли заррачалар ёруғлик тезлигидан хам катта тезликда муттасил учиб турар экан. улар хечқандай тўсиқ ва ютилишларга учрамас экан. хар қандай мухитдан бемалол ўтиб кетаверар экан...
Neytrino yerda ham termoyadro reaksiyalari jarayonida yadrodan ajralib chiqadi, neytral zaryadli, energiyaga ega, deyarli vaznsiz, sezilmaydigan, yuqori turg'unlikka ega zarra. Tezligi yorug'lik tezligiga teng, undan oshiq emas. O'sha ilmiy filmda sal mubolag'a qilishgan shekilli.

Yuksak tafakkur sohibi, hozirgi zamon insoni aqliy salohiyatining etaloniga aylangan Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini tushuntirarkan, "yorug'lik tezligi (sekundiga 300000 kilometr) bizning makonda tezliklarning chegarasi, undan yuqori tezlik yo'q, undan yuqori tezlik boshqa o'lchamga, makonga o'tishlik" - degandi.
Shu mavzuning boshida hazil tariqasida aytgandim, "Eynshteynning nazariyasini yo'qqa chiqarishmoqchimi...", - deb. O'tgan yili, Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazida, neytrinoni supersinxrotronda tezlatilganida yorug'lik tezligidan 61 nanosekundga yuqori tezlik olingani haqida habarlar tarqalgandi. Bu Eynshteynning nazariyasiga biroz zid keladi. Lekin bu hali ohiriga yetmagan, natijasi to'liq hulosa bilan e'lon qilinmagan, davom etdirilayotgan ish.

P.S. Shu inson haqida gap ochilib qoldi, meni qiziqtirgan bir savolni so'rasam. Albert Eynshteynning ateist olimlarga qarata "Agar sen Hudo yo'q deb o'ylasang, demak g'irt ahmoqsan!" - deganini o'qiganman. Ammo islom dinida bo'lganmi, yoki yo'qmi - bu haqida ma'lumotim yo'q. Bilganlar bo'lsa javob bervorsalaringiz. Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Donishmand  26 Fevral 2012, 12:58:01

Assalomu Alaykum.

Donishmand aka, fizikaga juda yaxshi tushunmasamda, maktab ma'lumotim bor har holda  ;D. Shuning uchun Sizning ko'tarib chiqqan g'oyalaringizning ko'pi men uchun qiziq. Aka mana shu yuqorida aytan ishingiz - simsiz elektr uzatish imkoni haqiqatda ham mavjudmi? Agar bu imkon bo'lsa, unda amalda qo'llab ko'rish uchun nimalar qilish kerak? Balki forumdagilar maslahatlashib, bir fikrga kelib bu narsani qilib ko'rsa bo'lar. Ya'ni aytmoqchimanki, yuqoridagi amaldorlar bunga beparvo bo'lgani bilan forumda shunga qiziqadigalar bo'lsa, moddiy tarafdan ham, ma'naviy tarafdan ham qo'llab quvvatlov bo'lar, deb o'ylayman.

Umuman bu mavzu haqida kengroq va batafsilroq tushuncha berishingizni iltimos qilaman.   
Va alaykum assalom vr. vb.! (Mana shu balaning rahmat aytgan postlari uchta bo'ladigan bo'ldiyov...;) ).

Bizda buning ustida tajriba qilib ko'rish uchun sharoit ham, bilim ham yetarli emas hozirda. Amaldorlarning ham aloqasi yo'q, agar hozir buning ustida qoniqarli ilmiy natijalar bilan chiqsangiz davlat har qancha yordam kerak bo'lsa beradi deb o'ylayman.
Biz yoshlikda qiziqib shu mavzular ustida ishlamoqchi bo'lganimizda bizga yo'l ko'rsatuvchi, fikrlarimizni qo'llab quvvatlovchi odamlar bo'lmadi, yoki biz maqsadimizni, g'oyalarimizni to'g'ri anglatolmadik. Bu sohada qayerda o'qish mumkinligi haqida ham tushunchamiz yo'q edi (yosh ekanmizda). Keyin hayot yo'llari boshqa sohalarga burilib ketdi.
Mening fikrimcha rivojlangan davlatlarda buning ustida tajribalar olib borilayapti.
Bu ishning boshlanishi Nikola Teslaga borib taqalsa kerak. "kerak" deganimga sabab uning ishlarini o'ta sir tutishgan, hatto o'zi ham sir tutgan. To'g'rimi yoki noto'g'rimi, hamma qilgan ilmiy izlanishlarini kuydirib ketgan ekan. Vaqt mashinasi ustida ishlagan, degan tahminlar qilishadi. Ammo teleportatsiya bo'yicha qilgan ishlari va natijaga erishgani haqiqatga yaqinroq. Teleportatsiya - bu jismning bir joydan ikkinchi joyga yorug'lik tezligida ko'chishi. Haqiqatga yaqinroq deyotganimga sabab, bu gaplarga ko'pchilik olimlar ham ishonmaydi. Lekin o'zimning ojizgina fikrimcha, jism elektromagnit maydon ta'siri markazida qoldirilsa va to'liq tashqi muhitdan ajratilsa elektromagnit maydon bilan birga ko'chadi. Elektromagnit maydonning tezligi esa yorug'lik tezligiga teng. Elektromagnit maydonni bir joydan ikkinchi joyga yo'naltirish quvvat uzatishning o'ziginasidir.
Tesla shunday yo'l tutgan bo'lishi mumkin. Ammo buni qanday amalga oshirgan - sirligicha qoldi.
Buni isbotlash va amalga oshirish uchun bizda bilim yetarli emas...

Qayd etilgan


Музаффар  26 Fevral 2012, 17:03:29

Умуман олганда слектр сигнал ва снергисни симсиз ва котнтактсиз узатиш амалда қслланиб келинаётган нарса. Бу илмий тилда "Галваник ажратиш" (Галваническас развсзка) дейилади. Унда сигнал ёки снергис, хеч қандай контактларсиз, узатилади. Бунинг учун икки хил приняпдан амалда фойдаланилади (хозирча): 1) Оптрон ёрдамида - бу усулда слектр снергис ёки сигнал аввалдан оптик тслқинга айлантириб олинади, нариги қабул қилувчи тарафда сса преобразователь уни қайта слектр сигналга айлантиради. 2-усулда хаммамизга мактаб физика курсидан маълум бслган темир сзакли ғалтак - катушка ёрдамида съни унда хосил бсладига слектромагнит майдон кучланганлиги орқали сигнал узатилади. Бу усуллар портлашга ва ёнғинга хавфли саноат худудларида, шунингдек учқун хавфида химос воситаси сифатида қслланилади. чунки контактли узатишда слектр тармоғида юзага келиши мумкин бслган қисқа туташув ва учқунлар ускуналарнинг микроселектрон платаларининг куйиши, ёки газли портлаш хавфи бор худудларда учқун туфайли ёнғин ёки портлаш келиб чиқмаслиги учун қслланилади.
истиқболда снергисни акустик ва ридотслқинли узатиш усуллари хам мавжуд. лекин бундай тслқинларда сигналнинг ютилиши (потерс) катта бслганлиги сабабли, иқтисодий жихатдан норентабел хисобланади.

Qayd etilgan


amir.temur  27 Fevral 2012, 01:52:42

Iqtibos
P.S. Shu inson haqida gap ochilib qoldi, meni qiziqtirgan bir savolni so'rasam. Albert Eynshteynning ateist olimlarga qarata "Agar sen Hudo yo'q deb o'ylasang, demak g'irt ahmoqsan!" - deganini o'qiganman. Ammo islom dinida bo'lganmi, yoki yo'qmi - bu haqida ma'lumotim yo'q. Bilganlar bo'lsa javob bervorsalaringiz. Oldindan rahmat.

  http://www.youtube.com/watch?v=f9bkjPdtr2o
  Mana shu videoda Albert Einstein'ni tanigan bir filosof uning "Alloh buyukdir" degan gaplarini tasdiqlagan. Uning musulmon ekanligiga yaqin gaplar ko'proqdir. Yanada aniq ma'lumotlar uchrab qolsa, xabar beraman inshalloh.

Qayd etilgan