Iltimoslarga ko'ra javobni aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Odam yorug'lik tezligida yoki undan yuqori tezlikda harakatlansa jismning orqa tarafini ko'rishi mumkinmi? Bu savolga "ha" deb javob berdik. Sababi ko'rinarli masofada turgan jismni yorug'lik tezligida harakatlanayotgan odam ko'z ilg'ab to miya tasvirni analiz qilgunicha har tarafidan bir necha o'n marta ko'rib chiqishga ulguradi. Bunda jismning barcha tasvirlari bir-biriga qorishib ko'rinadi odamga.
Lekin yorug'lik tezligida yoki undan yuqori harakatlanayotgan odam orqasidagi jismni ko'rishi mumkin, oldida. Bu quyidagicha bo'ladi:
Jismdan qaytgan yorug'lik nurlarini quvib yetgan odamning ko'zida orqadagi jism tasvirlanadi.
Birodarlar, bu mavzuni kelib chiqishida shu savol bilan boshlangan edi: Yorug'lik tezligi bilan bir jismga qarasa uning orqasi ko'rinadimi deb? Mani fikrim yo'q edi.
Donishmand esa bu mavzuga javob bermagan, manimcha, aksincha qo'shimcha ma'lumot keltirgan xolos. Keltirgan ma'lumoti to'g'ri. Nafaqat yorug'lik tezligida, undan ancha kam tezlikda ham shu holat ro'y beradi. Inson ko'rish hissi 1/10 soniya ichida ta'sirga ega bo'ladi. Masalan kinoda 24 ta bittalik rasmlar 1 sekundda o'tadi va bu bizga video bo'lib ko'rinadi. Inson bir narsaga qattiq tikilib qarab tursa, keyin ko'zini boshqa joyga olsa, o'sha qarab turgan narsasi 1/10 sekund ichida ko'zini oldida bo'ladi. Donishmand ko'rsatgan rasmda ham gap shu haqida bormoqda adashmasam, shunaqami Donishmand aka?
Lekin Maysaraning savoliga javob bo'lolmaydi.
Keyin yana bir narsa, bir-birimizga piching qilmasdan, qo'shtirnoq ichidagi gaplar yozmasdan bir-birimiz bilan muhokama qilaylik, keyin yana bir-birimizga birdan jahl ham qilmaylik. Iltimos, bu forum fizika va texnika haqida. Fikrlaringizn istaganingizcha jon-jahdingiz bilan himoya qiling, lekin his-tuyg'ularga berilmang.
Forum muhokamasining boshlanishi yomonmas, inshalloh, izga tushib ketamiz.