Albaniya mantisi- Arnavut mantısı  ( 3685 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  20 Fevral 2012, 15:57:27

 :asl3:





Sousiga qatiq bilan saryog.



Qayd etilgan


Ansora  20 Fevral 2012, 15:58:02

Arnavut "œPatnis" mantisi.

4 kishilik.

Masalliqlar:


Xamiri uchun

"¢   2,5 stakan (500 gr) un
"¢   1 dona tuxum
"¢   0.5 qoshiq tuz
"¢   Olganichalik suv (qattiqroq xamir qoring)


Ichi uchun


"¢   300-350 gr. qiyma
"¢   1 dona piyoz.
"¢   Petrushka
"¢   Murch
"¢   Tuz


Ustiga:



"¢   1,5 stakan tovuq yoki mol go’shti suvi
"¢   1.5 stakan  suv ( tovuq suvi yo’q bo’lsa to'plam 3 stakan suv) ta’rifda 1 stakan, deyilgandi.
"¢   Biroz tuz.


Sousu için:

"¢   250 gr. qatiq
"¢   1-2 bo’lak sarimsoq
"¢   Biroz tuz
"¢   3 qoshiq saryog’
"¢   0.5 qoshiq garmdori
"¢   Quritilgan yalpiz
"¢   Sumax


Tayyorlanishi:

Unni elab, tuxumni chaqing, tuzini soling, iliq suvni oz oz solib xamirni qoring.
Qo’lga yopishmaydigan shaklda xamir qoribi ustini 15 daqiqa yopib qo’ying.
Bu orada siz mantini ichini tayyorlang. Piyozni qirg’ichdan o’tkazing. Petrushkani judayam maydalab to’g’rang. Qolgan masalliqlarni solib, qoring.
Xamirni 3 ga bo’ling. 1mm qalinliginda oching.
Xamirdan 3m qalinligida to’rtburchaklar kesing (chuchvaraday). Xamir bo’lagini ortasiga mittigina qiyma solib, ikki chetidan siqing. O’rtasi ochiq qolsin. Butun xamir bo’laklarini shu tahlit bukib bo’lgandan keyin ustiga saryog’ bo’lakchalari sepib chiqing (men unutibman)
Oldindan isitilgan 180C lik duxovkada hamma tarafi qizarguncha pishiring, Pushti rang oladi.
Bu orada 1.5 stakan tovuq yoki mol go’shti suvini 1.5 stakan suv bilan aralashtiring, biroz qaynating.
Duxovkadan olgan issiq mantini ustiga issiq suvni tekis qilib to’king. O’chirilgan, lekin issiq duxovkani ichiga solib, mantilarning suvini shimishini kuting. Ta’rifda vaqti yozilmagandi, men 30 daqiqa kutdim.
Ta’rifda boshqa bir idishga olib, deyilgan, men duxovkada pishirgan idishimga sous solib qo’ya qoldim ;D Sosu uchun sarimsoqni ezing, qatiqni ichiga solib aralashtiring. Saryog’ni ichida quritilgan yalpizni biroz qovurib, solishingiz mumkin. Xohlasangiz ustiga quruq seping.

Yoqimli ishtaha.


Qayd etilgan