Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337805 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 79 B


Munira xonim  25 Iyul 2006, 14:35:04

Ibn Abbos r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Albatta, Alloh taolo men uchun ummatimning hatoan,unutgan va majburan qildirilgan gunohalrini kechirdi".
Hasan hadis. Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Iyul 2006, 14:40:22

Abu Said Hudriy r.a.dan rivoyat qilnadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Qaysi biringiz bir yomonlikni ko'rsa, uni qo'li bilan tuzatsin,qo'li bilan tuzatishga kuchi yetmasa, tili bilan qaytarsin. Bunga ham kuchi yetmasa qalbi bilan yomon ko'rsin. Ammo bu uchunchisi iymonning eng zaif darajasidir".
Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 07:52:40

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Allohga va ohirat kuniga ishongan kishi yahshi so'zni so'zlasin ypoki jim tursin. Alloh va ohirat kuniga ishongan kishi qo'shnisini hurmat qilsin va mehmonini ikrom qilsin".
Buxoriy, Muslim, Ibn Moja va Termiziy.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 07:56:12

Abu Mas'ud r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Musulmon kishining qonini to'kish faqat quyidagi uch holatda halol bo'ladi:Oilalik bo'la turib zino qilganda, odam o'ldirganda va dinidan qaytib, jamoatdan chiqqanda".
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ahmad.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:02:01

Abdulloh ibn Umar r.a.dan naql qilinadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Men insonlar Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va Muhammad s.a.v.Allohning rasuli ekaniga shahodat keltirib va besh vaqt namozni ado etib, zakotni berganlariga qadar ularga qrshi jang qilishga buyurildim.Agar bu amallarni bajarsalar, mollari va jonlarini mendan saqlagan bo'ladilar.Lekin Islom haqlari(had va qasoslar)bundan mustasno. Buning hisobi Alloh taologa havoladir".
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ahmad.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:07:04

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:"Bir kishi Rasululloh s.a.v. oldilariga kelib:"Menga nasihat qiling", dedi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"G'azablanma!"dedilar.Buni bir necha marta takrorlab:"G'azablanma!"dedilar".
Buxoriy, Termiziy va Ahmad.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:10:17

Abu Ya'lo Shaddod ibn Avs r.a. rivoyat qiladilar. Rasululloh s.a.v dedilar:Alloh taolo hamma narsaga nisbatan yahshi muomala qilishni buyurgan.Shuning uchun hayvonni so'yayotganingizda ham qiynamasdan so'yinglar. Kimki hayvon so'yayotgan pichoqni charhlab olsin va unga ozor bermasin".
Imom Muslim va Nasoiy.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:14:41

Jobir ibn Badulloh r.a.dan rivoyat qilinadi. "Rasululloh s.a.v oldilariga bir kishi kelib so'radi:"Nima deysiz, farz namozlarini o'qisam,Ramazon ro'zasini tutsam, halolni halol, haromni harom deb bilsam va bunga biror narsani ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?" Rasululloh s.a.v unga javoban:"Ha,kirasan",- dedilar".
Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:19:39

Horis ibn Osim Ash'ariy r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasulullojh s.a.v shunday marhamat qildilar:"Poklik Iymonning yarmidir, "Alhamdulillah" mezonni to'ldiradi, "Subhanallohi valhamdulillahi"yer bilan osmon orasini to'ldiradi.Namoz nurdir.Sadaqa hujjatdir. Sabr ziyodir.Qur'on insonning foydasiga yoki ziyoniga hujjat bo'ladi. Har kim o'zini sotish maqsadida chiqadi. Yo uni azobdan saqlash uchun azoblaydi yoki halok etadi".
Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Avgust 2006, 09:10:04

Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a.dan rivoyat qilnadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Sizlardan birortangiz mo'min bo'la olmaydi, toki o'z havoyi hohishini men keltirgan narsaga tobe' qilmaguncha".

Hadis hasan sahihdir. Bu hadis "Kitobul hujjat"da sahih sanad bilan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan