Hadislar — ezgulik kaliti  ( 338146 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 79 B


Munira xonim  11 Avgust 2006, 09:17:49

Sahl ibn Sa'd Sa'idiy r.a. rivoyat qiladi."Rasululloh s.a.v ning oldilariga kelib shunday dedi:"Ey, Allohning Rasuli, menga shunday narsa o'rgatinki, uni qilganimda meni ham Alloh, ham insonlar sevsin". Shunda Nabiy s.a.v:"Dunyoga qiymat berma, toki Alloh taolo seni sevsin. Insonlar huzuridagi narsaga ham qiymat berma, toki insonlar ham seni sevsin", deya marhamat qildilar. '

Ibn Moja va boshqalar hasan isnad bilan rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Muslimа  18 Sentyabr 2006, 13:49:46

Nabiy sallalohu alayhi vassallam marhamat qiladilar: "œAlloh taolo aytadi: "œEy odam bolas, sen Meni o’zing zikr qilsang, Men ham seni bir o’zim zikr etaman. Sen Meni jamoat ichida eslasang, Men seni farishtalar ichida (yoki "œundan yahshiroq jamoat ichida", dedilar) eslayman. Sen Menga bir qarich yaqinlashsang, Men senga bir quloch yaqinlashaman. Sen Menga bir quloch yaqinlashsang, Men senga to’rt quloch yaqinlashaman. Agar Men tomonga qarab yursang, Men sen tomonga yuguraman"   
                       (Imom Buxoriy rivoyati)

Nabiy sallalohu alayhi vassallam aytadilar: "œSaxiy inson Allohga yaqin, insonlarga yaqin, jannatga yaqin, jahannamdan uzoqdir. Baxil kishi Allohdan uzoq, insonlardan uzoq, jannatdan uzoq, jahannamga yaqindir. Hatto ilmsiz saxiy bilimli baxildan Alloh nazarida sevimliroqdir"
                                                       
(Imom Termiziy rivoyati).

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sallalohu alayhi vassallam aytadilar: "œSadaqa Rahmonning g’azabini so’ndiradi va xunuk o’limni daf’ etadi"                           
                                                       (Imom Termiziy rivoyati)

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam aytadilar: "œBirodaringni yuziga tabassum qilishing ham sadaqadir"                                    (Imom Buxoriy rivoyati)

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam aytadilar: "œBir banda biror kishini la’natlasa, aytilgan la’nat va qarg’ishlar osmonga ko’tariladi, ammo undan chiqqan sassiq hid tufayli osmon eshiklari berkitiladi. Chiqishga yo’l topa olmagach, erga qaytib tushadi. Er ham qabul etishdan hazar qiladi. Shunda o’ng va so’l tomonlarga yuradi. Chiqib ketishning imkoni bo’lmagach, qarg’ish va la’nat haq bo’lsa, qarg’algan kishiga borib tegadi, agar nohaq bo’lsa, qarg’agan va la’natlagan kishining o’ziga qaytib   tegadi".                                                                   Imom Abu Dovud rivoyatlari

 Rasululloh sallalohu alayhi vassallamdan eng aqilli mo’min kim deb so’rashganda, "œO’limni ko’p eslaydigan va unga tayyorgarlik ko’radiganlari", deb javob berganlar       
(Bayhaqiy rivoyati)

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 11:37:33

Tamsil.

Nabiy s.a.v. dedilar:"Qur'on o'quvchi va unga amal qilguvchi mo'minning misoli utrujja(apelsin)kabi,uning ta'mi ham, hidi ham shirin.Qur;on o'qimaydigan mo'minning misoli hurmo kabi,uning ta'mi shirin,lekin hidi yo'q.Qur'on o'qiydigan fojir rayhonga o'hshydi, uning mazasi achchiq,lekin hidi shirin.Oz'i fojir,buning ustiga Qur'on o'qimaydigan kishining misoli qalampir kabi,uning hidi ham yo'q, mazasi ham achchiq".
Imom Buxoriy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:12:35

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:12:51

Mustavrid ibn Shaddod (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bir musulmon kishi sababli taom yesa, Alloh ungu do’zaxdan shunday taom beradi. Va kimgaki bir musulmon sababli kiyim kiydirilsa, Alloh unga do’zaxdan shunday kiyim kiydiradi va kimki bir musulmon kishi yonida riyokorlik O’rnida tursa, Alloh qiyomat kuni uni riyokorlik maqomida turg’izadi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:33:16

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.): "Tovush chiqarib kulishni kam qil! Chunki ko’p kulish dilni vayron qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:33:46

Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh (s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib qolgan", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  28 Sentyabr 2006, 13:34:18

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar, qachon jahlingiz chiqsa, jim turishga o’rganing", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:08:39

Sulaymon ibn Surad (r.a.) aytdilar: "Ikki kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida talashib-torti-shshpardi. Ulardan birining yuzi g'azabdan qizarib ket-gandi. Nabiy muhgaram (s.a.v.) unga qaradilar, so'ng: "Men bir kalimani bilaman. Agar u odam shu kalimani aytsa, jahli ketadi. U "A'uzu billahi mina-sh-shaytonir ra-jim"dir", dedilar. Ikkinchi odam turib boyagi odam-ning oddiga bordi va: "Rasululloh (s.a.v.) nima deganlarini eshitdingmi? "A'uzu"ni ayt", dedi. Shunda boya-gi odam: "Nima, men senga jinnimanmi?" - dedi.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:09:52

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh(s.a.v.): "Gumondan saqlanish, zero gumon so'zlarning yolg'onidir. Josuslik qilmang, bir-biringiz bi-lan raqobatlashmang, o'zaro adovat qilmang, bir-bi-ringazga hasad qilmang va g'azab qilmang, Allohning solih bandalari bo'ling!" - dedilar".

Qayd etilgan