Hadislar — ezgulik kaliti  ( 338157 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 79 B


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:43:42

524-bob. Maktubning javobi haqida

1150. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men maktubning javobi xuddi salomning javobi kabi haq, deb o'ylayman".

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:44:37

525-bob. Ayollarga maktub yozish va ularning javoblari haqida

1151.  Oyisha binti Talha (r.a.) aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ning oldilariga turli shaharlardan kelishar, keksalar vaqti-vaqti bilan kelib ziyorat qilib ketishardi. Yoshlar esa menga do'stona munosabatda bo'lishar, menga ergashar edilar va menga turli shaharlardan maktub yozishardi. Men hz. Oyisha (r.a.)ga: "Ey, xola, bu falonchining maktubi va hadyasi", derdim. Shunda hz. Oyisha r.a.): "Qizim, unga javob yoz va hadya yubor. Agar sening (berishga) hadyang bo'lmasa,
men senga berayin", derdilar va berardilar.

Qayd etilgan


Laylo  07 Oktyabr 2006, 12:45:02

526-bob. Maktubning boshi qanday yozilishi haqida

1152.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) Abdulmalik ibn Marvonga bay'at qil(ganlarini bildir)ib xat yozdilar. Unda shunday yozgandilar: "Bismillohi-r-rahmo-ni-r-rahim. Amiru-l-mo'minin Abdulmalik ibn Marvonga Abdulloh ibn Umardan. Senga salom bo'lsin. Men sening nomingdan o'zidan o'zga hech qanday iloh bo'lmagan Allohga hamd aytaman, imkoning boricha Alloh-ning va Rasulining ko'rsatmalarini tinglashingni va itoat etishingni ta'kidlab o'taman".

Qayd etilgan


Laylo  09 Oktyabr 2006, 15:27:48

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 7 narsaga odat qilib, 7 narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» - dedilar:
1. Janozagaqatnashmakni;
2.   Kasalni borib ko‘rmakni;
3.   Chaqirilgan joyga bormakni;
4.   Mazlumga yordam bermakni;
5.   Qasam ichsa, qasamida turmakni;
6.   Salomga alik olmakni;
7.   Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamuka-l-loh» demakni.

Qayd etilgan


Laylo  09 Oktyabr 2006, 15:28:04

Quyidagilardan hazar qilingiz!» - dedilar:

1   Kumush idish tutmoqdan;
2   Tilla uzuk taqmoqdan;
3.   Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan);
4.   Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan;
5.   Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymoqdan;
6.   Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan;
7.   (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)».

Qayd etilgan


Laylo  09 Oktyabr 2006, 15:28:41

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmonning ikkinchi bir musulmonda 5 ta haqqi bordir»,- deganlar. Bular quyidagilar:
1. Salomiga alik olmoq;
2.   Kasal bo‘lganda borib ko‘rmoq;
3.   Vafot etsa, janozasiga qatnashmoq;
4.   Da’vatiga javob bermoq;
5.   Aksa urib «Alhamdu li-l-loh» desa, «Yarhamuka-l-loh» demoq».

Qayd etilgan


Tilla  07 Dekabr 2006, 14:54:15

Oyshai Siddiqa (r.a) Rasulalloh(s.a.v)dan shunday rivoyat qiladlar'..."Meni xalqqa payg'ambar qilib yuborgan Alloh ta'oloning buyukligi xurmati,sharob ichuvchiga hotin bo'lmang,agar u xasta b-sa uni ko'rgani bormang,agar ichkilikboz vafot etsa,janoza o'qimang.Ichkilikboz Tavrot,Injil,Zabur vv a  Furqonda mal'un(lanatlangan)dur deb aytilagn ,Aroqx'orga bir luqma ta'om berganning jasadini Alloh ta'olo ilon,chayonlarga emish qiladi va ichkilikbozga ko'maklashib ,hojatini chiqargannni Alloh ta'olo islom doyirasidan chiqarib tashlaydi,ichkilik ichuvchiga qarz bergan odam go'yoki mo'minning qatliga yordam bergandek bo'ladi,ichkilik ichuvchiga xamsuhbat bolganlarni qiyomat kuni ko'r xolda tiriltiradi..
ichkilik ichuvchini farishtalar himoyalashdan bezor boladi..uning yuziga osmon eshiklari yopib qoyadilar -duolari-va savoblari qabul bolmaydi.o'lim vaqtida iymonidan ayrilish xo'fi bor ..qorindosh ,yoru-birodarlar dushmanga aylanadi..tentak bolib yosh bolaga uhshab kop kuladi..5 vaqt namozdan be nasib bladi...
ICHKILIK barcha gunohlarning boshlanishidir-ichkilikboz nazarida gunoh ,arzimas ish dek bolib korinadi..ichkilk ichuvchi raxm - shafqatni tark etadi .odamlarni masxaralab kuladi..
Bunday odamlar Jannatga kirmaydi deganlar Payg'ambarimiz s.a.v 
Bular barchasi bu dunyodagi azob uqubatlari-oxiratda koradigani xali oldinda,,

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:27:35

"Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra yetkazgan kishini ALloh taolo ne'matlantirsin"

Ahmad rivoyati.

"Namoz sari tashlagan har bir qadaming sadaqa bo'ladi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:30:21

"Kimki oftob mag'ribdan chiqmay turib tavba qilsa, uning tavbasini Alloh taolo qabul qiladi".

Muslim rivoyati.

"Men bir kalimani bilamna,uni aytgan odamning g'azabi tarqaydi va o'sha holatidan qutuladi. Bu kalima:"A'uzu billahi minash shaytonir rojiym".

Muttafaqun Alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:32:26

"Marhamatlik bo'lmagan kishiga Alloh taolo ham marhamat nazari bilan qaramaydi".

Buxoriy rivoyati.

"Qoqilmagan kishinign ko'zi ochilmaydi. Tajribasi yo'q odam bilimsiz bo'ladi".

Termiziy rivoyati.

Qayd etilgan