Hadislar — ezgulik kaliti  ( 338123 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 79 B


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:34:37

"Qo'pol, takabbur va mol to'plab, yemaydigan inson jahannam ahlidandir".

Muslim rivoyati.

"Kimki boshqaga rahm qilmasa, o'zi ham rahm ko'rmaydi.Ya'ni berahm inson Allohning rah,matiga erishmaydi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:37:08

"Ey, Savbon sadaqa qilishni ko'paytir. Agar sen Alloh uchun bir sajda qilsang, o'sha sajda uchun Alloh sening maqomingni bir daraja ko'tarib, bittta gunohingni kechiradi".

Muslim rivoyati.

"Odamalrni yarashtirish uchun yolg'on so'zlagan kishi yolg'onchi bo'lmaydi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:38:49

"Mazlum bandaning duosidan qo'rqqin, chunki Alloh bilan uning o'rtasida parda yo'qdir".

Muslim rivoyati.

"Hech bir insonga sabrdan yahshiroq va ulug'roq davlat berilmagan".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:40:52

"Musulmonlar, bir-birlaringizga hasad qilmangiz! Bir-biringiz bilan yuz ko'rmas bo'lib ketmangiz!"

Muslim rivoyati.

"Ikki kishini yarashtirib qo'yish ham sadaqa o'rniga o'tadi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:43:50

"Olov sizlarning dushmanlaringizdir. Uhlash oldidan uni o'chirb yotinglar".

Muslim rivoyati.

"Kuchli inson odamlarni yiqitadigan inson emas, balki o'z g'azabini yegadigan insondir".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 08:46:32

"Mo'min do'stingni zulm qilishdan to'sib,undan qaytarsang, bu unga bergan yordaming bo'ladi".

Muslim rivoyati.

"Allohning nazdida eng sevimli ibodat va amal banda bardavom bo'lgan ibodat va amaldir".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 10:51:17

"Kim menga ergashsa, jannatga kiradi. Kimda kim aytganlarimdan bo'yin tovlasa, u sarkashlik qilibdi".

Buxoriy rivoyati.

"Kimki bir musulmonni kiyintirsa va ayblarini yopsa,Alloh taolo oxiratda unga jannat liboslarida beradi va ayblarini yopadi'.

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 10:53:43

"Bandasi to'yib ovqat yesa yoki qonib suv ichsa, keyin Allohga hamd aytsa,Alloh undan rozi bo'ladi".

Muslim rivoyati.

"O'zing sog, mol dunyoga muhtoj bo'lib, biylikdan umidvor bo'lib turganingda qilgan sadaqangning savobi juda ulug'dir".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 10:55:41

"Men har bir muslimga o'zidan ko'ra ko'proq haqliman".

Muslim rivoyati.

"Allohning g'azabi, inson U harom qilgan ishni bajarganida keladi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Dekabr 2006, 10:58:15

"Dunyo vaqtincha foydalaniladigan matodir. uning matolaridan eng yahshisi yahhsi hotindir".

Muslim rivoyati.

"Eri bor ayol, erining roziligisiz ro'za (nafl) tutishi halol bo'lmaydi".

Muttafaqun alayh.

Qayd etilgan