Hadislar — ezgulik kaliti  ( 338119 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 79 B


Abdulhafiz  20 Fevral 2009, 10:26:33

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy(s.a.v): Qachonki juma kuni bo'lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar bo'lib, kelganni yozib tururlar. Bas, qachon imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir. So'ngra, xuddi qoramol qurbonlik kabi. So'ngra, xuddi qo'chqor qurbonlik qilgan kabi. So'ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi. So'ngra, tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.
(Ikki shayx rivoyat qilishgan).

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:51:04

Assalamu alaykum.

"Har kuni xohlagan narsangni tanavvul qilishing - Isrofdandur".
Rasululloh SAV dan Anas ibn Molik r.a. rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


siddiqa  24 Fevral 2009, 05:40:34

Abu Sa'id al-Hudriy( ra )dan rivoyat qilinadi .
Payg'ambarimiz (sav):
"Mo'min intihosi jannat bo'lguncha o'zi eshitgan yahshilikdan zinhor to'ymaydi "dedilar .(Termiziy)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Mart 2009, 21:32:02

Abu ad-Dardo r.a rivoyat qiladilar: Rosululloh(s.a.v): "Kimgaki muloyimlikdan nasiba berilgan bo'lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo'ladi va kim undan mahrum qilingan bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'lgan bo'ladi. Qiyomat kuni mo'min bandaning tarozisini og'ir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon so'z va yomon fe'llik kishiga albatta g'azab qiladi"-dedilar.

Qayd etilgan


Abdurauf  03 Mart 2009, 22:08:19

Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattob (r.a)dan: Men Rasululloh (s.a.v)ning
shunday deyayotganlarini eshitdim:
«Amallar (faqatgina) niyatlar bilan (e’tibor qilinadi) va har bir kishi uchun niyat qilgan
narsasigina (savobi yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli uchun bo‘lsa,
uning hijrati Alloh va Rasuli uchun (deb e’tibor qilinajak). Kimning hijrati biron dunyo
(matosi) ni qo‘lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo‘lsa, uning hijrati nima
uchun qilingan bo‘lsa, o‘sha uchundir».
Buxoriy va Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Afruza  03 Mart 2009, 22:56:48

Abu Umoma al-Bohiliydan rivoyat qilindi; aytdi: Rasululloh s.a.v bunday deganlar :" Xotin kishi erining uyidan, molidan erining ruhsatisiz zinhor biror narsa infoq qilmasin!" Aytdilarki, "Yo Rasululloh! Taom ham bermasinmi?" Aytdilar: "Molning eng afzali taom emasmi?"

Qayd etilgan


Afruza  03 Mart 2009, 23:09:35

Abdurahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v uch bor : "Eng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilaymi?" dedilar. Sahobalar: "Xa, yo Rasululloh!"deyishdi. Shunda janob Rasululloh: "Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik..." - dedilarda, yonboshlab yotgan edilar, o'ltirib oldilar. So'ng, "Yolg'on gap" - deb takror aytaverdilarki, biz hatto ichimizda : "Qaniydi, endi bas qilsalar" - deb turdik.

Qayd etilgan


siddiqa  06 Mart 2009, 05:37:37

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi .
"Rasululloh (sav)ning :
           "Dunyo ayollarining eng yahshisi Maryam binti Imrondir.Dunyo ayollarining eng yahshisi  Xadiyja binti Xuvayliddir "deganlarini eshitdim .(ikki shayx & Termiziy rivoyat qilgan).

Qayd etilgan


Muhseena  08 Mart 2009, 07:10:09

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Bir kuni bir sahobiy Pay'ga'mbar alayhissalom huzurlariga kirib:"Assalamu alaykum " dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vassalam alik olib:"Unga o'n savob bo'ldi",dedilar.Birozdan so'ng yana bir kishi kirib "Assalamu alaykum wa rahmatulloh" dedi.Payg'ambar alayhissalom javoban:"Bunga yigirma savob bo'ldi",dedilar.Uchinchi kishi kirib"Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barokatuh" dedi."Unga o'ttiz savob bo'ldi"dedilar.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda kelishicha:"To'rtinchi kishi kirib:"Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barokatuhu wa mag'firatuhu"dedi.Payg'ambar alayhissalom unga qirq savob bo'ldi dedilar.

Qayd etilgan


siddiqa  11 Mart 2009, 03:20:32

Payg'ambarimiz (sav) :
"kim tahoratning ustiga tahorat qilsa ,unga o'nta hasanot yoziladi"dedilar .
(abu Dovud va Termiziy rivoyati)

Qayd etilgan