Hadislar — ezgulik kaliti  ( 334571 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 79 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:50:45

Nabiy (s.a.v.) aytadilar:
"œKim bir yaxshi ishni joriy qilsa, unga shuning savobi va shu ishni qilgan kishining savobi qiyomatgacha borib turadi. Kim yomon sihni joriy qilsa, unga shu ishning gunohi va shu ishni qilgan odamning gunohi qiyomatgacha borib turadi"
Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:52:06

Alloh taolo aytadi:
"œYaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa yoki G’arbga qaratgan kishilar emas, balki Alloh taologa, uning farishtalariga, oxirat kuniga, kitoblariga, payg’ambarlariga ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlariga, yetim-yesirlarga, miskinu faqirlarga, musofiru tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda besh vaqt namozni vaqtida o’qigan va zakot bergan, Alloh bilan o’zi o’rtasidagi, bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo qilgan, yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir. Manashunday sifatlarga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda yaramas hulqlardan o’zlarini ehtiyotlydilar va o’zlarida yetuk insoniy fazilatlarni mujassamqiladilar". Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti bor:
-to’g’ri e’tiqodli bo’lmog’;
-odamlar bilan yaxshi munosabatda bo’lmog’;
-o’z ustida ishlamoq va o’zini ibodat hamda itoatga o’tgatmoq. Kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymoni mukammal bo’lgaydir"¦
Imom Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:52:18

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh s.a.v aytdilar:"Musulmon odam Alloh yo'lida qancha so'z aytgan bo'lsa, qiyoAmat kuni o'shancha jarohati bor shahid qiyofasida nomoyon bo'lur, badanining rangi tig' urilganda oqib turgan qon rangida, xidi mush yanlig' bo'lgaydir",-deganlar".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:52:30

Musulmon kishining musulmon kishida 5 ta haqqi bor:
1.Salomga alik qaytarish.
2.Chaqirsa, boorish.
3.Janozasida qatnashish.
4.Kasal bo’lsa, borib ko’rish.
5.Aksa urib "œAlhamdu lillah" desa, javoban "œyarhamukallohu va tashfik"- Allohning rahmati va shifosi senga bo’lsin, detish.
(Ibn Mojja rivoyati)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:53:02

Rasuli Akram (s.a.v.) aytadilar:
"œMenga do’zax ko’rsatildi. Qarasam, undagi odamlarning ko’pi inkor qiluvchilar-xotinlar ekan".
Sahobalar: "œAlloh Taoloni inkor qiluvchilarmi?"
"œYoq, erining qadriga yetmaganlar. Agar bularning bittasiga bir yaxshilik qilsang, keyin sendan nima ko’rdim, xech yaxshilik ko’rmadim, deb aytadilar" deb javob berdilar.
Saxl ibn Sa’d (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) shunday rivoyat qiladi: "œJannatning bir eshigi borki, uning nomi Rayyondir. Qiyomat kuni, ro’zadorlar qani, deyiladi. Ularning oxirgisi kirishi bilan ushbu eshik yopiladi".
Buxoriy va Muslim rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:53:39

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytadilar:" Insonning yahshi musulmon ekanligining alomatlaridan biri uning bekorchi narsalarni tark qilishidir". (Termiziy, Ibn Moja,Ibn Ahmad)

Hasan ibn Ali r.a. shunday rivoyat qiladilar:"R.s.a.v.dan ushbu hadisni yod oldim:" Seni shubhaga soluvchi harsalarni tark et, shubhali bo'lmaganlarini ol".
(Buxoriy, Termiziy va Ahmad rivoyatlari)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:54:57

Hazrati Umar r.a.dan:" bir kuni R.s.a.v. ila o'tirgan edik. Shu payt oppoq kiyingan,qora sochli hech qanday musofirlik alomati bo'lmagan,hech birimiz tanimaydigan bir kishi to'g'ri R.s.a.v.ni oldilariga kelib tizzalarini u kishini tizzalariga tekkizib o'tirdi va qo'llarini tizzalariga qo'yib so'radi:"Ey,Muhammad menga Islom nimaligini tushuntiring".R.s.a.v.:" Islom Allohdan boshqa iloh yo'qligiga va Muhammad uning rasuli ekanligiga guvohlik berishing, namozni ado etishing, zakotni berishing,ro'za tutishing va imkoning yetganda haj qilishing", dedilar.U odam:"To'g'ri aytdingiz", dedi.Biz uning ham so'rab ham tasdiqlaganidan ajablandik.U yana so'radi:"Aytingchi iymon nima?" R.s.a.v:"Iymon Allohga va uning farishtalariga,kitoblariga,rasullariga ohirat kuniga,yahshilik va yomonlik taqdirdan ekanligigaishonishingdir"deb javob qildilar.U kishi:"Ehson nima?" dedi.R.s.a.v:"Ehson Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishingdir.Zero,sen Uni ko'rmasang ham U seni muhaqqaqko'rib turadi"dedilar.So'ngra:" Aytinchi, qiyomat qachon bo'ladi?" deb so'radi. R.s.a.v:"Bu to'g'rida so'ralayotgan kishi so'rayotgan kishidan ortiq narsani bilmaydi"dedilar.Shunda u odam:"unday bo'lsa qiyomatning alomatlarini aytib bering"dedi.R.s.a.v:"Joriyalar o'z ho'jayinini tug'ishi,hamda oyoqyalang cho'ponlar baland imorat solishda musobaqa qilishlarini ko'rishingdir"dedilar.Shundan so'ng u kishi ketdi.Men bir muddat kutrdim.Keyin R.s.a.v:" EY,Umar bilasanmi savol bergan kim edi?" deb so'radilar.Alloh va rasuli bilguvchiroqdir dedim. UL Zot:" Bu kishi Jabroil a.s. bo'lib sizlarga diningizni o'rgatish uchun kelgan edi" dedilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:57:03

Abu Hurayradan ( r.a.) rivoyat qilinadi:"R.s.a.v. shunday dedilar:" Shubhasiz Alloh go'zaldir va faqat go'zal narsalarni qabul qiladi.Alloh mo'munlarga payg'ambarlarga buyurgan narsalarni buyurgan. UL Zot shunday degan:"EY,PAYG'AMBARLAR, HALOL-POK TAOMLARDAN YENGLAR VA YAHSHI AMALLAR QILINGLAR!"(MO'MINUN, 51) Va yana Alloh shunday degan:"EY,MO'MINLAR SIZLAGA RIZQ QILIB BERGANMIZ- POKIZA NARSALARDAN YENGLAR VA ALLOHNING O'ZIGAGINA IBODAT QILGUVCHI BO'LSANGIZLAR,U ZOTGA SHUKR QILINGIZ!"( BAQARA,172).Keyin R.s.a.v. sochlari to'zg'igan,oyoqlari yig'ilgan va qo'llarini ko'tarib:"Yo, Rabbiy,Yo,Rabbiy"deb duo qilib turgan bir kishi haqida bahs yuritdilar:" Uning yegani harom,ichgani harom,kiygani harom.Uning duosi qanday qilib qabul bo'lsin?" ( Muslim,Termiziy,Dorimiy va Ahmad )

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:57:35

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan r.a. rivoyat qilingan ushbu hadisda R.s.a.v. shunday marhamat qiladilar:" Sizlardan birortangiz mo'min bo'la olmaysiz,toki o'z havoyu hohishingizni men keltirgan narsaga tobe' qilmaguningizcha". Ushbu hadis Hasan hadis bo'lib "Kitobul hujjat"da sahih sanad bilan rivoyat qilingan. Har bir hadis ALlohni Kalomi Shariflari ila chambarchas bog'liqdir,shu jumladan yuqoridagi hadis ham."ALLOH VA UNING PAYG'AMBARLARI BIR ISHNI HUKM QILGAN-- BUYURGAN VAQTIDA BIROR MO'MIN VA MO'MINA UCHUN ALLOHNING HUKMINI QO'YIB,O'ZLARI HOHLAGAN ISHNI QILISHLARI JOIZ EMASDIR". (AHZOB,36).

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:58:46

Nabiy (s.a.v.) deydilar: "œAgar mo’min kishi Allohning huzuridagi uqubatning qanchaligini bilganida uning jannatidan umidini uzib qo’yardi. Agar kofir Allohning huzuridagi rahmatning qanchaligini bilganida, uning rahmatidan hech ham noumid bo’lmasdi".
_____________________________

Nabiy (s.a.v.) deydilar: "œBesh narsa munofiqda bo’lmaydi: dinni bilish, til bilan taqvo qilish, yuzida tabassum, qalbida nur va musulmonlarni yaxshi ko’rish".
_______________________________

Agar o’zingdan kattani ko’rsang: "œU imonda va solih amal qilishda mendan o’zib ketgan, demak u mendan yaxshi", deb ayt. O’zingdan kichikni ko’rganda: "œGunoh va osiylik qilishda men undan o’zib ketganman, demak u mendan yaxshi", deign.

Qayd etilgan