Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337742 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 79 B


Afruza  29 Mart 2009, 11:44:45

Abu Xurayra r.a dan: "Rasululloh s.a.v dedilar:"Kimki tong otganda va tunda Allohga hamd va tasbehlar bo'lsin deb 100 marta aytsa, qiyomat kuni u banda olib kelgan narsadan afzalroq narsani faqatgina u banda kabi yoki undan ham ziyoda qilib hamd aytgan kishi olib keladi."(Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


Afruza  29 Mart 2009, 11:48:10

Xasan ibn Ali r.a aytadi : "Rasululloh s.a.v dan quyidagi gapni  yodlab olgan edim: "Seni shubhalantiradigan nasalarni seni shubhalantirmaydigan narsalarga almashtir "

Qayd etilgan


Afruza  29 Mart 2009, 11:49:52

Huzayfa r.a dedilar: "Rasululloh s.a.v dedilar:"Chaqimchi jannatga kirmaydi"

Qayd etilgan


Afruza  30 Aprel 2009, 23:38:15

"Ibn  Umar r.a aytadilar:"Kechiksang, tong otishini kutmagin, agar tong ottirsang, kun botishini kutmagin. Sog'lom kunlaringni g'animat bilib, kasal bo'lgan kunlaringni o'rnini to'ldir va tiriklikdagi kunlaringni o'limdan keyingi hayoting uchun g'animat bil"(Buhoriy rivoyati)

Ushbu hadisda Rasululloh s.a.v musulmonlarnign dunyoda o'zlarining asl vatani bo'lmish jannatga nisbatan g'arib ekanliklarini bizga bayon qilyaptilar. Jannatdan bizning otamiz Odam alayhissalom chiqarilgan edi. Biz esa unga qaytish uchun xarakat qilmog'imiz kerak"

Qayd etilgan


Afruza  30 Aprel 2009, 23:43:28

Abu Hurayra r.a dan: "Boy deb matoning ko'pligi uchun emas, nafsning to'qligiga aytiladi" dedilar.

Xadisning ma'nosi: boy deb sahovatli, nafsi boy insonga aytiladi. Agar nafs boy bo'lsa, u ta'madan tiyiladi va aziz bo'ladi.Faqir nafs esa xojasini razil ishlarga undaydi va inson bahil, himmatsiz kishi bo'lib qoladi

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Avgust 2009, 06:26:19

Abu Hurayra r.anhudan rivoyat qilindi, u kishi Rosululloh: "Odamlar imoratlarining balandligi bilan bir-birlariga maqtanadigan davr bo'lmaguncha qiyomat qoyim bo'lmaydi", - dedilar.
Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  17 Avgust 2009, 18:25:02

Ибн Умар:
 «Жумъа куни ғусл қилмоқлик жумъа сқиши фарз бслган кишиларгагина лозимдир,— дейдилар.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  17 Avgust 2009, 18:28:26

Абу Ҳурайра ривост қиладирлар:
 «А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Биз бу дунёда охиргилармиз, Қиёмат куни срса, иззат-ҳурмат жиҳатидан биринчилардирмиз. Аввал уларга, кейин бизга Китоб нозил бслди. Улар сзаро тортишиб жумъа кунини байрам куни деб белгилай олмадилар. Бу кунни байрам қилмоқни Аллоҳ бизга мусссар стди. Яҳудийлар сртага, насоролар срса, индинга байрам қилишғайдир»,— деб бир оз жим қолдилар, кейин сна: «Ҳар бир мусулмон 7 кунда бир марта бошдан-оёқ ювиниб ғусл қилмоғи лозимдир!» — деб қсшиб қсйдилар».

Qayd etilgan


Abdulhafiz  10 Sentyabr 2009, 23:29:38

Mujmir r.a dedilar: "Abu Hurayra r.a bilan birga masjidning orqasiga o'tdik. Abu Hurayra tahorat oldilar, keyin u kishi bunday dedilar: "Rosululloh s.a.v: "Ummatlarimni qiyomat kuni tahoratning ta'siridan a'zolari yarqiragan holda chiqaradilar. Kimki o'z yarqirog'ini ko'paytirishga qodir bo'lsa, ko'paytirsin!" -dedilar (bu dunyoda tahorat qilib yurganlarning badanlari qiyomat kuni yarqiraydi).
Buxoriy rivoyati.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  10 Sentyabr 2009, 23:30:55

Rosululloh s.a.v aytganlar: "Kimki bir musulmon odamning janozasida Allohga ishonib, uning savob berishidan umid qilib qatnashsa va janoza o'qilib, mayit dafn qilingunga qadar birga bo'lsa, albatta u odam 2 qiyrot ajr (savob) olib qaytadi. Har bir qiyrot Uhud tog'idekdir. Kimki janozani o'qib, mayit dafn qilinmasdan avval qaytsa, u kishi 1 qiyrot ajr olib qaytadi".
Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan