Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337757 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 79 B


ЖАМШИДЖОН  07 Oktyabr 2009, 13:56:18

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi. Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi, to qo‘shnisi "œbavoiq"idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi". "œBavoiq" nima?" deya so‘rashgan edi, "œAldov va zulm", dedilar-da, davom etdilar: "œQaysi bir banda haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi. Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi" (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  07 Oktyabr 2009, 13:58:27

Ulamolar fatvolarida quyidagi so‘zlar bor: "œXoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi (sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi, sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini yeyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar sirasiga kiradi".

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:33:23

"Inson o'z umrining sharafini, vaqtining qadrini bilishi lozim. Uning bir lahzasini ham behudaga sovurmaslik, so'z va ishning eng afzalini muqaddam qo'yishi kerak".

Imom ibn Qayyum  Javziya.

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Oktyabr 2009, 12:33:56

                                                                      12-hadis.[
Abu Hurayra :ra: rivoyat qilinadi: Rasulullox  :sw:: "Kimki bir kunda yuz marta <<Subxonalloxi va bi-xamdixi>> deb aytsa, uning gunoxlari, garchi dengiz ko'piktoshidan ko'p bolsa xam, kechilg'aydir!>>-dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.

Qayd etilgan


ossiyobinti  17 Oktyabr 2009, 14:45:11

                                                                  21hadis.
Abu Muso al- Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘quvchi mo‘min shirin limonga o‘xshaydi. Hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi. Hidi yo‘g‘u ta’mi shirin. Qur’on o‘qiydigan munofiq rayhonga o‘xshaydi. Hidi yaxshi, lekin ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan munofiq zaqqum (g‘oyat achchiq meva) ga o‘xshaydi. Hidi ham yo‘q, ta’mi ham achchiq», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


ossiyobinti  17 Oktyabr 2009, 14:47:19

                                                                        22hadis.
 Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Faqat ikki toifa kishilarga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’on hifzi va ilmi ne’matini bergan bo‘lsa, u kishi kechasiyu kunduzi uni o‘qisa va amal qilsa; 2. Va bir kishiga Alloh mol-dunyo bergan bo‘lsa, o‘sha kishi mol-dunyosidan kechasiyu kunduzi infoq qilsa», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


ossiyobinti  03 Noyabr 2009, 20:41:52

                                                                          28-hadis
Imron Ibn Xusayndan r.a. rivoyat qilinadi.

Bir kishi Rasululloxning s.a.v. xuzurlariga kelib, "Assalomu alaykum", dedi. Unga javob qaytarib o'tirdilar-da, o'nta savob, dedilar. So'ngra boshqa kishi keldida, "Assalomu alaykum va roxmatulloxi", dedi. Unga javob qaytarib o'tirdilar-da, yigirmata savob, dedilar. So'ngra boshqa bir kishi keldida, "Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakotuxu", dedi. Unga xam javob qaytarib, o'ttizta savob, dedilar".

Abu Dovud va Termiyiz rivoyatlari.

Qayd etilgan


ossiyobinti  03 Noyabr 2009, 20:51:39

                                                                          29-hadis.
Ibn Abbosdan r.a. rivoyat qilinadi.

Rasulullox :sw: "Kishi maxrami bo'lmagan ayol bilan xoli qolmasin. Maxrami bo'lmagan ayol safarga chiqmasin"< deganlarida, bir kishi: "Ey Alloxning Rasuli, mening xotinim xajga ketdi. Men esa falon va falon g'azotda ishtirok etish uchun nomimni yozdirib qo'ydim", dedi. Shunda Rasulullox :sw: "Borgin, xotining bilan birga xaj qil (chunki maxram bo'lib bormasang, uning safari shariy bo'lmaydi)", deb aytdilar.

Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


ossiyobinti  18 Noyabr 2009, 18:52:01

                                                                    35-hadis
Abu Xurayradan :ra: rivoyat qilinadi.

Rasululullox  :sw: ''Kishi xar bir eshitgan narsasini gapiraverishi uning yolg'onchi ekaniga kifoya qiladi", dedilar.

Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


ossiyobinti  18 Noyabr 2009, 19:07:34

                                                   36-hadis
 Imom Termiziyning Usmon ibn Affondan :ra: qilgan rivoyatlarida

Rasulullox  :sw: " Kim xufton namozini jamoat bilan o'qisa, kechaning yarmini ibodat bilan bedor o'tkazgnning savobiga erishibdi. Kim xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o'qisa, kechaning barchasini bedor o'tkazganning savobiga erishibdi", dedilar.
Imom Termiziy bu xadisi sharifni saxix, xasan deb aytganlar.

Qayd etilgan