Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337925 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 79 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:58:58

Ibn Umar r.a.dan rivoyat qilinadi:" R.s.a.v. bir kuni yelkamdan tutdilar va shunday dedilar:" Dunyoda bir g'arib va musofir kabi bo'l". Ibn Umar r.a. aytadilar:"Oqshomga yetishsang tongni,tongga yetishsang oqshomni kutma.Sog'ligingdan kasalliging uchun,hayotingdan o'liming uchun hissa ol".  ( Buxoriy, Termiziy va Ibn Moja rivoyati)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:59:10

R.s.a.v. aytadilar:" Kim Allohga haqiqiy ihlos ila tavakkul qilsa Alloh taolo bu bandasini qush uyasidan chiqib ketayotganida och va qaytganida to'yib qaytganidek,rizqlantirib qo'yadi".

R.s.a.v. aytadilar:"Ilmning ofati uni unutish, uni zoye qilish esa hohlamagan odamga o'rgatishdir".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 06:59:22

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:"R.s.a.v. dedilar:"Alloh taolo aytadi:"Kimki mening do'stlarimdan biriga dushmanlik qilsa,muhaqqaq Men unga harb ochgayman.Hech bir banda farz qilingan narsalardan o'zga sevilmli bir amal va ibodat bilan Menga yaqinlasha olmaydi.Bandam Menga qilgan nafl ibodatlari bilan ham yaqinlashgay.Nihoyat Men uni yahshi ko'rib qolaman.Va uning eshitadigan qulog'i,ko'radigan ko'zi,ushlaydigan qo'li va yuradigan oyog'i bo'laman.Agar Mendan biror narsa tilasa bergayman. Mendan yordam so'rasa,albatta unga yordam beraman".( Buxoriy rivoyati)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:01:32

Abu Said Hudriy r.a. rivoyat qiladilar:" R.s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:" Qaysi biringiz bir yomonlikni ko'rsa uni qo'li bilan tuzatsin,agar kuchi yetmasa tili bilan qaytarsin.Bunga ham kuchi yetmasa qalban yomon ko'rsin.Lekin bu uchinchisi IYMONning eng zaif darajasidir".(Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:01:56

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar:" R.s.a.v.aytadilar:"Kimki dunyoda bir muminning dunyo g'amlaridan birini yengillatsa,Alloh undan qiyomat g'amlarini yengillatadi.Kimki qiynchilikda qolgan birodarini osonlikka chiqarsa Alloh taolo ham uni dunyo va ohiratda osonlikka chiqaradi,kim musulmonning aybini yopsa Alloh ham uni dunyo va ohiratda aybini yopadi.Agar banda birodariga yordam bersa Alloh taolo ham uni yordamida buladi.Kimki ilm talabida bir yo'lga chiqsa Alloh unga jannat yo'lini oson qiladi,biror jamoa Allohning uylaridan birida Allohning kitobini o'qish va uni o'rtalarida dars qilish maqsadida jamlanishsa ularga hotijamlik tushib rahmat qoplab va farishtalar o'rab olishadi.Alloh taolo ham O'zining huzurida farishtalar bilan ularni eslaydi." (Muslim va Buxoriy)

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:02:08

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "œKim folbin huzuriga borsa va unga ishonmasa, so’zini tasdiqlamasa, qirq kungacha namozi qabul bo’lmaydi. Kim folbinning huzuriga borsa va unga ishonsa? Muhammadga nozil bo’lgan narsaga kufr keltiribdi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:02:18

"œSahihayn"da rivoyat qilingan hadisda Nabiy (s.a.v.) aytganlar: "œNamozni turib o’qi, qodir bo’lmasang o’tirib o’qi, unga ham qodir bo’lmasang, yotib o’qi"

***

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "œKim qirq kun jamoat bilan namozning bir ra’katini ham qoldirmay o’qisa, Alloh taolo unga ikkita omonlik yozadi: biri-do’zaxdan omonlik, ikkinchisi-nifoqdan omonlik".

Imom Termiziy rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:02:34

Kim Qur’onnni yilda ikki marta o’qib chiqsa, uning ado qilgan bo’ladi. Chunki Payg’ambarimiz (s.a.v.) uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o’qib o’tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o’qib berganlar.

Abu Hanifa
__________________________________________

Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
Albatta Alloh taolo ajali yetgan hech narsani kechiktirmaydi. Umrining ziyoda bo’lishi solih farzandlar bilandir. Alloh ular bilan bandasini rizqlantirib turadi. Bas, ular uning orqasidan duo qilishadi, Alloh duolarini unga qabrda yetkazadi. Manashu umrining ziyoda bo’lishidir.

Ibn Abu Hotim rivoyati

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:04:58

Rasulullohning (s.a.v.) ilm haqidagi hadisi shariflari.
"Iymon yalang'ochdir,uning libosi taqvo,ziynati hayo, mevasi ilmdir".
"Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga vahiy qilib:" Ey,Ibrohim,Men olimman,biluvchiman va har bir biluvchini yahshi ko'raman"dedi".
"Qiyomatda olimlarning siyohi shahidlarning qoni bilan o'lchanadi".

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:05:08

Mo'minlar Amiri, Umar ibn Khattob dan: "Men Rasululloh ning shunday deganlarini eshitdim:
"Darhaqiqay, har bir amal niyyat bilandir. Va har bir kishi uchun niyyatiga yarasha bo'lur (niyyatiga yarasha savob oladi) . Kimda kim Alloh wa Rasuli uchun hijrat qilgan bo'lsa (ya'ni niyyati faqat Allohning Dini uchun hijrat qilgan bo'lsa) , demak uning hijrati Alloh wa Rasuli uchun bo'libdi. Agarda kimda kim dunyo topish uchun yo bir ayolga uylanish uchun hijrat qilgan bo'lsa, demak u nimani niyyat qilgan bo'lsa shunga hijrat qilibdi (ya'ni shunga yarasha ajr-savob olibdi)." (Imom Bukhori wa Muslim rivoyati)

Qayd etilgan