Abu Muso Ash'ariy r.a dan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v aytdilar: "Qur'onni o'qiydigan mo'min Utrujja degan daraxtning mevasiga o'xshaydi, uning hidi yoqimli, ta'mi mazali. Qur'onni o'qimaydigan mo'min esa xurmoga o'xshaydi, uning hidi yo'q, lekin ta'mi shirin. Qur'onni o'qiydigan munofiq esa rayhonga o'xshaydi, uning hidi yoqimli, ta'mi achchiqdir. Qur'onni o'qimaydigan munofiq esa hanzala degan o'simlikka o'xshaydi, uning hidi ham yo'q, ta'mi esa achchiqdir". Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.