Hadislar — ezgulik kaliti  ( 337842 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 79 B


Munira xonim  28 Iyun 2006, 09:59:11

Ilmdan bir bob o'rganib tong ottirishing, yuz rakat namoz o'qishingdan afzaldir.
Ilm hazina, uning kaliti  esa savollar. So'ranglar, so'rashda to'rt kishi savobga ega bo'ladi:so'rovchi, javob beruvchi, eshituvchi va ularni do'st tutuvchi.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 10:03:43

Olimning majlisida hozir bo'lishing, 1000 rakat namozdan, 1000ta kasalni ko'rishdan va 1000ta janozada qatnashishingdan qafzaldir. Shunda sahobiylar so'rashdi:"Yo Rasululloh, Qur'on tilovat qilishdan ham afzalmi?" Rasululloh s.a.v.:"Ilm bo'lmasa, Qur'on tilovati foyda berarmikin?" dedilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 16:24:07

Rasululloh s.a.v. aytadilar:Bir banda biror narsa yoki biror kishini qarg'asa, aytilgan la'nat va qarg'ishlar osmonga ko'tariladi,ammo undan chiqqan sassiq hid tufayli osmon eshiklari berkitiladi. Chiqishga yo'l topa olmay,yerga qaytib tushadi. Yer ham uni qabul qilishdan hazar qiladi.Shunda o'ng va chap tomonlarga yuradi. Chiqib ketishning imkoni bo'lmagach, qartg'ish va la'nat haq bo'lsa, qarg'algan kishiga borib tegadi. Agar nohaq bo'lsa, qarg'agan va la'natlagan kihining o'ziga kelib tegadi".
Imom Abu Dovud rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Iyul 2006, 11:05:57

Uqba ubn Amr Ansoriy r.a. rivoyat qilishicha Rasululloh s.a.v. dedilar:"Sobiq payg'ambarlardan odamlarga yetib kelgan bir ibora mavjud:"Behayo ersang, istaganingni qil".
Buxoriy, Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:06:39

Umar ibn Hattob r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. dedilar:"Albatta, amallar niyatlarga bog'liqdir. Kim nimani niyat qilsa o'shanga erishadi. Kimki Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilsa uning hijrati Alloh va Rasuliga bo'ladi. Kimki mol dunyoga erishish yoki biror ayolga uylanish uchun hijrat qilsa, uning hijrati niyat qilgan narsasi uchun bo'ladi".
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Naoiy va Ibn Moja rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:10:43

Rasululloh s.a.v.dedilar:"Kimki bizning ishimizda dindan bo'lmagan biror yangilik qilsa, u rad qilingandir. Kimki bizning ishimizda bo'lmagan biror amalni bajarsa, u rad qilingandir".
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:17:15

Rasululloh s.a.v. dedilar:"Halol va harom aniqdir. Bulardan tashqari insonlarning ko'pchiligi bilmaydigan shubhali narsalar ham bor. Kimki shubhali narsalardan saqlansa, o'z dinini va sha'nini saqlagan bo'ladi. Kimki shubhali ishlarni qilsa, haromga yaqinlashadi. Bir ekinzor chegarasi atrofida hayvonlarni o'tlatayotgan va hayvonlarning u yerga kirib ketish ehtimoli bo'lgani kabi. Ogoh bo'lingizki, har bir podshohning o'z chegarasi bor. Allohning chegarasi, harom qilingan ishlardir.Ogoh bo'linglar!Inson badanida bir go'sht bor, agar u tuzalsa a'zolarnig barchasi tuzaladi. Agar u buzilsa a'zolarning barchasi buziladi. Shuni bilingki, u qalbdir!"
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:25:21

Rasululloh s.a.v. dedilar:"Din - nasihatdir".
Sahobalar so'rashdi:"kim uchun ya Rasululloh s.a.v."
U muborak Zot:"Alloh uchun, Uning kitobi va payg'ambarlari, musulmonlarning imomlari uchun va har bir musulmon uchundir",- dedilar.
Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2006, 11:38:50

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar.Rasululloh s.a.v. dedilar:"Men ta'qiqlagan ishlardan mutlaqo saqlaninglar, men buyurgan ishlarni ham kuchingiz yetgunicha ado etinglar. Shubhasiz, sizdan oldimgi ummatlar ko'p avol va payg'ambarlari to'g'risida shubhaga borganliklari uchun halok bo'ldilar".
Buxoriy,Muslim,Nasoiy,Ibn Moja va Ahmad rivoyatlari.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2006, 11:43:38

Abu Zarr va Muoz ibn Jabla r.a.lar rivoyat qiladilar. Rasululloh s.a.v. edilar:"Qayerda bo'lsang ham Allohdan qo'rq. Qilgan har bir yomon ishingni orqasidan uni yuvadigan  bir yahshilikni ergashtir va insonlarga nisbatan go'zal muomalada bo'l".
Termiziy,Dorimiy,va Imom Ahmad.

Qayd etilgan