Anchadan beri sgushonka qilishni o'ylab yurgandim, bugunga nasib ekan. Judayam oson ekan, faqat 2.5 soat gazga achinmasangiz bo'ldi:)
Men sof sut oldim, ya'ni qutilardagi sut emas, ulardan qanday bo'ladi bilmadim. Yog'i olinmagan sut bo'lgani uchun mazasi judayam zo'r edi.
Masalliqlar:
3 litr sut
1.5 kg shakar
Tayyorlanishi:
Sut qaynamasdan shakarni soldim. Orada bir alashtirib turdim. 2 soatlardan keyin yana ham ko'p aralashtirdim, chunki qo'yila boshlagan edi. Ham pat pat, deb otila boshladi:)
Xullas 2.5 soat deganda tayyor bo'ldi. Blenderda bir aralashtirib oldim 2-3 daqiqa qadar.
Yaxshiyam 3 lirt sutdan qilganim, adashmasam 2 litrga yaqin bo'ldi...rangi ham shokoladli bo'libdi:)
Foydasi tegadi, degan umiddaman:)