Ari ini. Ta'rifi:Margarin 250 gr
Un 3 st
Smetana 250gr
Razrixlitel yoki 0,5 choy q. iste'mol sodasi
Nachinkasiga:Olcha murabbosi donalari.
Kremiga:Zavarnoy krem yoki quyultirilgan sutga sariyog' aralashtirilgan krem.
Tayyorlanishi: Unga margarinni qirg'ichdan o'tkazib, aralashtiriladi. Smetanaga (qatiq ham bo'laveradi) razrixlitel yoki sodani qo'shib juda yumshoq xamir qoriladi. Tayyor xamirni 18 ta bo'lakchalarga bo'linadi. Har bir bo'lakchalarni list uzunligida lentasimon qilib yoyiladi. Har 1 yoki o,5 smga olcha murabbosidagi olchalarni olib, qo'yib chiqiladi. Lentalar eniga yopiladi. Har bir bo'lakchalar, ya'ni uzun tayoqchalar sovutiladi. Sovigan pechenilar avval 3ta, ustidan 2ta va oxiri 1ta - piramida shaklida krem surtilib taxlanadi. Tayoqchalarni ikki chetidan tekislab olish uchun kesilgan bo'lakchalar ushoq qilib sepiladi.
Mahsulotning siri:Tayyor bo'lgan "Ari ini" ni bir kechaga usti yopib qo'yiladi. Krem pecheniga kirishadi va bir-biriga yopishib kesgan paytda sochilib ketmaydi.
Nima deyilardi?:Yoqimli ishtaha:)