Bolaligim, seni sog'indim  ( 85642 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 14 B


Ansora  15 Sentyabr 2009, 19:18:43

Yana bolalik hotiralarmdan biri. Uyimizga uzoqdan qarindoshimiz kelgandi. Yonida 7-8 yoshlarda o'g'li bor edi. Televizorda muhabbat filmi tomosha qilardik. Hozir qaysi biri ekanligini aniq eslolmayman. Yigitni yaxshi ko'rgan qizining akalaru urib, qonga belashadi.
G'amgin musiqa chalinar, yigit esa zo'rg'a oyoqqa turib sudralib yura boshlagan sahnaga kelganda uyimizga kelgan mushtakkina bola :

"Baribiram sevattaa" deb yuborgandi: :)

Oradan yillar o'tib ammamni qizi turmushga chiqdi, men uzoqdaman, singlimdan so'radim, qizni kimga berishdi, deb. Singlim esa :"Baribiram sevatta'ga" deb javob berdi :)
Qarindoshimizni ismi oramizda shunday qolib ketdi :)

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 14:57:26

Akam bilan maktabga uzoqroq yerdan qatnardik. Bilasizlar qiz bola o'qil boladan oldinroq bo'y cho'zadi. Keyin o'g'il bollar birdaniga "o'sib ketadi". Akam bilan oramizda 2 yosh bo'lgani uchun tengday edik. Bir kuni yana uyga qaytayotib yo'lni ustidagi "gaz voda"dan ichaylik, deb cho'ntagimizdan endiii tangalarni chiqarib turgandik, mendan 1 yosh katta, akamdan 1 yosh kichkina, maktabni eng tanilgan bezori bolasi bizga qaraaab turibdi. Akam bilan bir-birimizga qaradik. U bo'lsa "pullaring ko'payib gaz voda ichadigan bo'lib qoldilaringmi, dedi. Akamga ham qaramasdan bolani yoniga bordim, butun ovozim bilan "senga nimaaa" deb baqirdim. Bezori bola bo'lsa, mendan hech bunaqangi harakatni kutmagan ekanmi, g'alati bo'lib ketdi. Shu shu qaytib men bilan yuzma yuz kelmadi. Oradan yillar o'tib, uning qarindoshi meni so'rabdi, qanaqa qiz, deb. Sovchi qo'ymoqchi bo'lgan ekan:) Bezori esa (eski bezori:) eee aqling bo'lsa undan uzoq tur, deb maslahat beribdi.
Yaqinda televizorda bir ona g'oz o'z bollarini tulkidan qanday qutqarganini ko'rib o'sha voqea esimga tushib ketdi. G'oz butun qanotlarini ochib, shunaqangi hayqirar ediki...
İnson bolasi, hatto butun jonzotlar bir ich uchun chin qalbdan yopishdimi, albatta bajaradi:)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  16 Sentyabr 2009, 16:53:31

Maktabda qiziq voqealar ko'p bo'lardi :)
Bir kuni adabiyot darsida o'qituvchimiz sinifdosh do'stimni doskaga chiqarib "Buyuk mutafakkir, so'zlar sultoni Alisher Navoiy xazratlarini asarlarini sanab ber" deganlarida, orqa partadan kimdir "Qish sonatasi" deb qolganida o'qituvchimizni mazasi qochib qolganini haligacha esimdan chiqarmiman.

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 18:05:22

Maktab paytlari baribiram boshqachada:) Bizni yerimiz bor edi, har yili har hil narsa ekardik. Bir yil yeryong'oq ekdik, maktabdan kelar kelmas, dadam darrov yerimizga borishimizni ayamga tayinlaganlar! Bir kuni paxta boshlandi, deb qolishdi. Bir tarafda dadamni buyruqlari...Nima qilsam ekan, dedim va sinf rahbarimizni yonlariga bordim. U kishi adabiyot o'qituvchisi edilar. Domla, dedim menga javob bering, yeryong'oqqa bormasam, bo'miydi dadamdan gap eshitaman kechqurun. Domla bo'lsa menga: "Voy voy qizimeyyy, hamma "ingaa", "ingaa", deb tug'ilganida sen "tanga tangaaa" deb tug'ilgan bo'lsang keragov, degandilar  :D

Olloh u kishiga ham uzoq umrlar bersin, qayerda bo'lsalar ham jonlari sog' bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2009, 07:54:05

Kecha marketdan uyga kelayotib yo'lda Kimano kiygan va "qizil belbog'" taqqan qizni ko'rdim. Tabiiy holda esimga mening ham bolalik armonim "Karate" keldi:) Akam 12, men 10 yoshlardamiz. U bilan birga katta bo'lganimiz uchun qayerga borsa orqasidan ergashaman. Bir kuni karatega boshlayman, deb dadamdan ruhsat oldi. Men ham sekingina peshiga tushdim:) Yo'lda orqasiga qaradi, men kelyabman, qo'limdan ushlab uyga olib keldi, "aya qizizga ayting, o'g'il bollarni ichida nima ishi bor" deb jahl qildi. Dardim ichimda qoldi...
Oradan yillar o'tib, Toshkentga o'qishga kirgandan keyin bir kuni Karate kurslarini qidirdim. Ulug'bek metrosida adashmasam "Trudovıye rezervı" bo'lishi kerak. Faqatgina bolaligimdan qolgan qiziqish uchun Karatega qatnay boshladim. Eng yoqqan tarafi endigina 5 yoshdagi bolakay "Sariq belbog'" edi :) Men esa ooo necha yoshdaman. Eshitgan o'rtog'larim " ha endi qaysi belbog'ga o'tdiz?" deb so'rashardi, men esa "menga qora berishdi, lekin oq rangni ko'proq yaxshi ko'raman" deb kulardim:)
Karatega qatnay boshlaganimni 2 oylari edi chamamda, uyga quyosh botgandan keyin qaytardim. Bir kuni yon podyezdda qo'shni ayolni so'yib ketishdi saharda. Shu shu borishni tashladim...

Qayd etilgan


siddiqa  17 Sentyabr 2009, 10:24:12

Kecha marketdan uyga kelayotib yo'lda Kimano kiygan va "qizil belbog'" taqqan qizni ko'rdim. Tabiiy holda esimga mening ham bolalik armonim "Karate" keldi:) Akam 12, men 10 yoshlardamiz. U bilan birga katta bo'lganimiz uchun qayerga borsa orqasidan ergashaman. Bir kuni karatega boshlayman, deb dadamdan ruhsat oldi. Men ham sekingina peshiga tushdim:) Yo'lda orqasiga qaradi, men kelyabman, qo'limdan ushlab uyga olib keldi, "aya qizizga ayting, o'g'il bollarni ichida nima ishi bor" deb jahl qildi. Dardim ichimda qoldi...
Oradan yillar o'tib, Toshkentga o'qishga kirgandan keyin bir kuni Karate kurslarini qidirdim. Ulug'bek metrosida adashmasam "Trudovıye rezervı" bo'lishi kerak. Faqatgina bolaligimdan qolgan qiziqish uchun Karatega qatnay boshladim. Eng yoqqan tarafi endigina 5 yoshdagi bolakay "Sariq belbog'" edi :) Men esa ooo necha yoshdaman. Eshitgan o'rtog'larim " ha endi qaysi belbog'ga o'tdiz?" deb so'rashardi, men esa "menga qora berishdi, lekin oq rangni ko'proq yaxshi ko'raman" deb kulardim:)
Karatega qatnay boshlaganimni 2 oylari edi chamamda, uyga quyosh botgandan keyin qaytardim. Bir kuni yon podyezdda qo'shni ayolni so'yib ketishdi saharda. Shu shu borishni tashladim...

agar karate haqida gap ketsa beihtiyor oilamiz bn akamni eslaymiz a endi akam aralashgan ishda albatta kamina ham doimo ishtirok etardim ,yoshlikda akam bn kurash tushardik endi kichkina edim keyin o'yin o'yin bo'lib bir kuni karategacha bordi yani faqat karatistka men bo'ldim akam jim turishlari keregidi keyin boshlandi iya iyalar ,bir past turib akam ey unaqamas mana bunaqa harakat qilishing kerak dib iyaa didilarmi ishqilib bo'yim kichkinagineydi hullas ko'zimmi boplab qo'ydilarda ,.....makatabga boromiman uydegilar ga nima diyishshi bilmimiz 2 sinfiydim lekin akammi rosa shkaladu marojnega tushurganiydim . ;) ;)

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Sentyabr 2009, 08:56:57

BEIHTIYOR BUGUN YANA BOLALIKNI ESLADIM. [ko'pncha yo qiyin vaziyatga tushganimda, yo kimnidur voqeasini tinglasam bolaligim ko'z oldimdan o'ta veradi]

Naqadar ajoyib damlar.................

"œCholi qushi filmida" Ferede pionina oldida o’tirib pioninani chalib bolaligi eslaydi.
Mana shu epizodi judayam yoqadi manga, xuddi o’zimni Feredening o’rnida tasavvur qilaveraman"¦

Domimizda juda ko'p qizlar edik.
Bizdan 3-4 yosh kattalar, 2-3 yosh kichiklar ishqilib aralash quralash.
Hali maktabga chiqmagan vaqtlarmidi yo maktabning ilk sinflarimidi ishqilib g'irt ko'cha daydisi bo'lganmiz.
Ko'cha bizni boqardi desa ham bo'lardi.  :D
Ayam uyga ovqatga chaqirsalar o'yinni qizig'idan chiqqimiz kelmasdi.
Kn bir baqirib berardilar, jimgina uyga kirib ketardik.
Lekin rosaaaaaaaaaaaaaa ko'chani HAQQINI ado etganmiz vaqtida  ;D

Qizlar bn xola-xola, jami bormi, bekinmachoq bormi hamma hamma o’yinlarni oynardik.
Daraxtga chiqish bo’lsa man bn Fotima digan qiz 1 o’rinda edik.
Daraxtdan olcha terib o’zimizcha sok qilib ichardik :D
Xozir o’zimga o’zim "œO’sha payt hech daraxtga chiqsam yiqilib tushsamchi dib o’ylamaganakanman" diman.


Yonimizda institut bo’lgani uchun avvallari shu institutda turli mamlakatlardan studentlar kelib o’qishardi.
Ularni orasida xabashlar ham, xindlar ham, arablar ham"¦"¦. bo’lardi.
Ko’chada negir studentlar o’tib qolsa inglizcha qo’shiq kuylardik, ular ham bizlarga qiziqib qo’shilishib qo’shiq kuylashardi, kn bizga bittadan zvachka berishardi ;D

Xindlarni ham to’xtatvolib kinolardan qo’shiq hirgoya qilardik, ular ham biz bn qo’shilishib ashulalar aytishardi, ular uchun bu juda qiziq edi. Ular ham kn bizga shirinliklar berishardi"¦



Qayd etilgan


siddiqa  23 Sentyabr 2009, 19:01:18

hali ham bolaligim tark etmaganini bugun yana bir bor his etdim ...........lekin bola kabi samimiylikda qolish yahshi lekin buni ham lekini bor ekan .

Qayd etilgan


Ansora  23 Sentyabr 2009, 19:38:20

O'zi bu forumda bolaligini sog'ingan men, mahdiyah va siddiqa borga o'shaydi:)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Sentyabr 2009, 05:22:16

Bolalik har bir inson uchun eng ajoyib damlar bo'lsa kerak. Kim ham bolalikni sog'inmaydi deysiz.
Men bolaligimda ya'ni endi 3-5 yoshlik paytlarimda juda ham sodda, shu bilan birga nimadan bo'lsa ham qo'rqardim. Yosh kuch degan jurnal bo'lardi. O'shanda bir juda ham qo'rqinchli haykalni rasmi bor edi. O'shandan juda ham qo'rqardim. Opa-akalarim buni bilardi va ataylab o'sha jurnalni menga olib kelib 'mana haykal kelyapdi" deb qo'rqitishardi. Men esa baqirib oyijonimni oldiga qochardim. Bu vaziyatdan meni oyijonim qutqarardi. Bo'lmasa  baqirib yig'lab yuborardim. . .

Qayd etilgan