Sentyabr oyi kelishi bilan bolaligimdagi maktab chog'larim xayolimga kelaveradi. (Bugun Turkiyada maktablar ochildi. Qaynotam o'qituvchilar. U kishiga 33 o'quvchidan iborat 1.chi sinf beribdilar:) Olloh qulaylik bersin, dadajon deb duo qildim.)
Sentyabni hidi ham boshqacha bo'ladi. Bolaligimda maktab ochilishi bilan ertalab maktabga borardik, obeddan keyin esa, paqir, latta olib sinfni tozalashga qarab yo'l olardik. 10 sinfni tugatguncha "singkom" bo'lganim uchun butun bu ishlar meni zimmamda edi. Paqirni ichiga gazetaga o'rab yarim tandi non, bir bosh uzum solardim, ishlab charchsam yerman, deb:) Ayam bechorani butun paxta teradigan etaklarini men "yo'q qilardim" Sinf tokchalaridagi butun gullar asosan meniki bo'lardi. Hammaga gul olib kelinglar, deb tayinlanardi, 1-2 o'quvchidan tashqari hech kim olib kelmas, ayam bermadi, deyishardi. Meni o'zimga oid gullarim bo'lganligi uchun o'zimga xon o'zimga bek edim bu mavzuda:) Ayam aytardilar, bolam bu gullarni olib ketyabsan, ko'rasan yilni oxirida tuvagi qaytib keladi:) aytganlariday bo'lardi ham:) lekin men o'jar bola, hech o'ylamasdim bularni. Yetarki sinfimiz chiroyli bo'lsin. Ozoda bo'lsin. Hatto sinf eshigining ruchkasi sinib qolganda, ayam perashka yeysan, deb bergan pullaridan to'plab ruchka olgandim, hozmag'dan:)
Ehh qani endi 1 kuni qaytib kelsa, mayli yana chang to'zon sinfimni tozalashga, yana perashka yemay ruchka olishga tayyor edim:)