Akam bilan maktabga uzoqroq yerdan qatnardik. Bilasizlar qiz bola o'qil boladan oldinroq bo'y cho'zadi. Keyin o'g'il bollar birdaniga "o'sib ketadi". Akam bilan oramizda 2 yosh bo'lgani uchun tengday edik. Bir kuni yana uyga qaytayotib yo'lni ustidagi "gaz voda"dan ichaylik, deb cho'ntagimizdan endiii tangalarni chiqarib turgandik, mendan 1 yosh katta, akamdan 1 yosh kichkina, maktabni eng tanilgan bezori bolasi bizga qaraaab turibdi. Akam bilan bir-birimizga qaradik. U bo'lsa "pullaring ko'payib gaz voda ichadigan bo'lib qoldilaringmi, dedi. Akamga ham qaramasdan bolani yoniga bordim, butun ovozim bilan "senga nimaaa" deb baqirdim. Bezori bola bo'lsa, mendan hech bunaqangi harakatni kutmagan ekanmi, g'alati bo'lib ketdi. Shu shu qaytib men bilan yuzma yuz kelmadi. Oradan yillar o'tib, uning qarindoshi meni so'rabdi, qanaqa qiz, deb. Sovchi qo'ymoqchi bo'lgan ekan:) Bezori esa (eski bezori:) eee aqling bo'lsa undan uzoq tur, deb maslahat beribdi.
Yaqinda televizorda bir ona g'oz o'z bollarini tulkidan qanday qutqarganini ko'rib o'sha voqea esimga tushib ketdi. G'oz butun qanotlarini ochib, shunaqangi hayqirar ediki...
İnson bolasi, hatto butun jonzotlar bir ich uchun chin qalbdan yopishdimi, albatta bajaradi:)