Obbo' Muhammad Amin, sizni tasavvur qilyabman:) Huddi meni eng kichkina ukamday, "nozli" katta bo'lgan ekansiz-da:)
Kichkina ukam bilan oramizda 12 yosh bor. 4 opasi bo'lgani uchun 4 yoshigacga yerga bosmagan, doimo quchog'imizda edi. Uhlaydigan mahali kelganda esa, 4 opasi adeyolni 4 tarafidan silkalab uhlatardik. Ukam bilan munosabatimiz juda boshqacha edi:) Hech qachon u bilan bir narsa ustida janjallashmadik. Unv-ga kirganimda endigina maktabga boshlagandi. Toshkentdan uyga 2-3 haftada bir borib turardim. Uyga borganimda ukam "opa, siz bilan uhlasam mayli-mii" derdi:) Har borganimda ukaginam meni mahallani boshida kutib o'tirardi, uyga birga kirib borardik.
Kunlardan bir kuni yana odatdagiday mahallaga kirib boryabman. Ukam ko'rinmaydi. Chunki tushdan keyin bo'lgani uchun doim ko'chada o'ynaydigan mahali edi. Uyga kirib bordim, qarasam ukam yig'lamsirab turibdi. "Ha nima bo'ldi," dedim. Ukam esa, mahalladagi o'zidan 4-5 yosh katta bolaning uni urganini aytib yig'ladi. Shu kungacha ukamni hatto biz ham chertmaganmiz. Opalik mehri boshqacha narsa ekan, o'shanda his qilganman. "Jigarim", deyilishi bekorga emas ekan, ukamni ahvolini ko'rib jigarim yongan o'shanda... "Kel, dedim meni İskandarning yoniga boshlab bor. Ukamni urgan bola zotan mahallani eng "shum bolasi" edi. Shum bolamiz, İskandar, mahalladan 10 daqiqa uzoqlikdagi suvni yonida bollar bilan o'tirgan ekan. Uzoqdan ko'rishi bilan tushundi, nimaga kelganimni. Yonimga kel, deb chaqirdim, qochmoqchi, darrov yoniga borib, "sen nimaga o'zingdan kichkina bolani urasan," deb huddi ukamni urganday men ham bir-ikki tushirdim...Bola hech kutmagandi..."Bundan keyin dedim, qolgan bollarga ham qarab, Dilmurodga kim qo'l ko'tarsa, Toshkentdan darrov yetib kelaman. Dilmurod hech kimni urmagan, urmaydi ham, u nimaga kaltak yeyishi kerak," dedim:)
Shu-shu mahallada ukamga hech kim "zarar bermabdi"
Haligacha eslab kulisharkan:)
Hatto shu İskandar, maktabda bollarga "Dilmurodga yomon gapirmanglar, Toshkentda yomon uradigan opasi bor:) ,deb ularni ogohlantirar ekan.
Oradan ancha o'tdi, hamma katta bo'ldi. İskandar shunaqangi odobli bola bo'libdi-ki hayron qoldim, qo'lini ko'ksiga qo'yib salom berar, qo'limdan sumkalarimni olib, yordam bergandi. Men ham unga shirin gapirib, shokolad berdim:)
Bazan o'ylab qolaman, yaraga darrov muolaja qilmasak, u gazzak olib, oyog'imiz, qo'limizni kesilishigacha olib kelishi mumkin. Bola tarbiyasi ham shunday bo'lsa kerak. Balki İskandarni to'g'ri yo'lga kelishiga mening gaplarim va uncha qattiq bo'lmagan "tushirishlarim" sabab bo'lgan bo'lsa ne a'lo....