Buvijonim rahmatli meni juda yaxshi ko'rar edilar. Eski uy(biz yangi hovliga chiqqanimiz uchun buvimlarnikini shunday ataymiz)ga kelganimda boshqa nabiralaridan berkitib menga yong'oq, qand, mayiz, xullas, nima topsa berardilar. Hozir esa na bolaligim bor, na buvijonim...