O'qishga kiruvchilar uchun yordam  ( 47393 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:29:26

Shahina:

Assalomu alaykum sayt hodimlari va muxlislar!
Ushbu bo`lim orqali o`qishga kirayotgan yoshlar uchun maslahatlar berib borsangizlar...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:30:31

Otabek;

Mani maslaxatlarim:
1) Uyquni bir chetga yig'ishtiring;
2) Ko'proq vaqtingizni o'qishga bag'ishlang;
3) Xavoyi tuyg'ularni boshingizdan chiqazib tashlang (masalan, "Man xamma narsani bilaman", qabilidagi);
4) Bilmaganlaringizni so'rashdan tortinmang. Tortinsangiz "itning keyingi oyog'i bo'lib qolaverasiz" (qo'pol o'xshatish uchun uzr);

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:30:44

Mahmud:

Salom Otabek!
Koreyadagi o`quvchilarga sharoitlar qanaqa? Stipendiya, yotoq deganday...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:33:23

Otabek;

Koreyada talabalar uchun sharoitlar juda a'lo darajada tashkillashtirilgan. Bu yerda barcha oliygohlar pullik shartnoma (kontrakt) asosida bilim beradi. Kontrakt miqdori qimmat, lekin talabalar ham o'qish, ham darsdan bo'sh vaqtlarida qo'shimcha daromad topishlarini hisobga olsak, kontrakt puli unchalik og'irlik qilmaydi. Yotoqxonalardagi sharoitlarga kelsak, koreys talabalarning shinam xonalar, tekin internet , kompyuterlar bilan jixozlanganligini e'tirof etish zarur.
Umuman olganda, koreys talabalar vaqtlarini bexuda narsalarga sarflamaydi. Shuning uchun ular o'zlari ishlab topgan pulga xorijda bemalol bilim olib kelishadi.

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:33:34

AbdulAziz:

Assalomu alaykum Otabek!
Savollarim:
1. Kontrak puli qancha?
2. Oyiga sizlar qancha ishlatasizlar?
3. O`rtacha oylik qancha?
4. Talaba Koreyada ishlab qancha topishi mumkin?

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:35:03

Otabek:

Assalomu alaykum!
savolingizga batafsil javob berishga xarakat qilaman.
Koreya oliygohlarida kontrakt pulini eshitib, biroz bo'lsa-da, shashtingiz qaytishi mumkin: bu yerda 1 semestr uchun 4000$ miqdorda kontrakt puli to'lanadi. Lekin bu koreyslar uchun og'irlik qilmaydi. Zero, talaba darsdan bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ish qilib, 1 oyda bemalol 1000-1500$ daromad qila oladi. Demak, talaba o'zining kontrakt pulini o'zi to'lay oladi. Men darsdan bo'sh vaqtlarida ingliz tilidan repititorlik qiladigan bir koreys talaba bilan suxbatlashganimda u 2 xaftada 1200$ daromad qilishini aytdi. Shuncha daromad qilgach, talaba albatta qiyinchilikni sezmaydi-da. Buning ustiga Koreyada abiturientlar bir vaqtning o'zida 4-5 ta oliygohga xujjat topshirish xuquqiga ega. Kirish imtixonlari 1 yilda 2 marta o'tkaziladi: qishda va yozda.Ya'ni, qishda 4-5 ta institutga xujjat topshirasiz. Agar Xudo ko'rstmasin birontasiga xam kirolmasangiz, yozda yana xujjat qo'ltiqlab ,4-5 institutga borasiz. Xullas, talabalik baxti nasib etadi. Buning uchun bilimli bo'lsangiz kifoya...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:35:14

Otabek:

Biz xozirda 1 oy mobaynida oshib borsa 50$ ishlatamiz. Agar bozorga tushib, fotoapparat, videodisklar olmasak...
Koreyada o'qituvchilarning oyligi juda yaxshi. Ular 1 oyda bemalol 2500$ dan ko'proq pul topadi. Talabalarning stipendiyasi esa 800$ atrofida...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:35:24

Zo`r ekan-u. Otabek, adashmasam silar bilan boshqa millat vakillari ham o`qishadi. Ular haqida ham bir-ikki og`iz..

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:35:37

Otabek:

Biz o'qiyotgan Chung-Ang universitetida biz, o'zbekistonliklardan tashqari Fransiya, Rossiya, Xindiston, Tailand, V'etnam, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston va Malayziyadan kelgan talabalar ham ta'lim olishadi...

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Sentyabr 2006, 07:37:12

KIM QAYSI OLIY O`QUV YURTIGA KIRMOQCHI?

Fikrlaringizni bildiring. Maslahat bering. Maslahat so`rang...

Qayd etilgan