Yaxshi qatiq ivitishning sirlarini bilasizmi?  ( 12787 marta o'qilgan) Chop etish

1 B

Ansora  08 Mart 2012, 20:08:13

 :asl3:

Masalliqlar:

1 litr tabiiy sut
1 qoshiq organik qatiq
0.5 qoshiq shakar
bir tutam tuz

Qatiq qanday ivitiladi:

Avvalo sutingizni 5 daqiqa qadar qaynating, paketli sutlardan qatiq ivitib bo'lmaydi.
Qaynagan sutni ilishini kuting.
Orada bir qarab, sutning sovushini oldini oling.
Sutning ichiga kichkina barmog'ingizni solib, tekshirib ko'ring. Agar sut barmog'ingizni biroz kuydirsa, demak ivitishni vaqti kelibdi. Sut keragidan ortiqcha ilisa ivimaydi.
Bir piyolaga organiq qatiqni soling, ustiga tuz va shakarni solib, yaxshilab aralashtiring. Ichiga biroz sut solib, aralashtiring.
Sutni ichiga solib, oqliq hamma joyga bir xil tarqalguncha aralashtiring.
Atrofini qalinroq buyum bilan o'rnang. Yozda qalin o'rashingiz shartmas, qatiqni ko'p suvi chiqib ketadi.
Ustini elak yoki, teshikli bir idish bilan yoping.
Uning ustiga ham bir bez yoping, atrofini bostirib qo'ying.
3-4 soat o'tgandan keyin bir tekshirib ko'ring, ivigan qatiqni darrov muzlatgicha qo'yingki, suvi chiqmasin.
24 soatlardan keyin qatiqni ishlatishingiz mumkin.

Qayd etilgan

Humayro  09 Mart 2012, 10:11:32

bitta organik sigir ham kerak  :7

bundan ko'o'o'o'p yillar oldin man ham qatiq ivitgan kunlarim esimga tushib ketdi. oyim tayinlab ketardi, o'yin bilan bo'lib doim esimdan chiqib qolardi qatiq ivitish. kegin boshqatdan isitib ivitishga to'g'ri kelardi. tuz va shakarsiz, 1 osh qoshiq oddiy qatiq bilan ivitardik. Qatiq iviganidan so'ng shakar va qulupnay/yoki malina terib aralashtirib yogurt tayorlardik, mazali bo'lardi....

Ustini elak yoki teshik idish bilan yopshida nima sir bor?

Qayd etilgan

Ansora  09 Mart 2012, 15:30:42

Men 5-6 oydan beri qo'shni domda turadigan xoladan organik sut olaman:) ko'chada ham haftada 2 marta sotib kelishadi, ularning sutlari ham judayam yog'li, qutidagi sutlardan katta farqi bor albatta.
Qo'shni xolani singlisi qishloqda turadi, haftada bir olib kelishadi...

Qatinqning ustini yopilmasligiga sabab, suvining parlanib, yana qatiqning ustiga qaytmasdan bezga singishi (elak yoki shunga o'hshash teshikli narsani ustida paxtali bez yopamiz-ku) shunda qatiq suvli bo'lmaydi:)

Qayd etilgan

Ansora  09 Mart 2012, 16:33:24

:) bir forumdosh- organik sutni- tabiiy sut deb tuzatishimni sorabdilar, tuzatdim:) Turkiyada shu darajada soxta yeguliklar kopayib ketganki qoyaverasiz...xuddi Xitoyliklarni soxta tuxum ijod qilishganidek:)

Organik-desangiz boldi Turkiyada darrov sotib olishadi, organik deb soxtakorlik qilayotganlar kop afsus...

Qayd etilgan

Donishmand  09 Mart 2012, 17:00:04

:) bir forumdosh- organik sutni- tabiiy sut deb tuzatishimni sorabdilar, tuzatdim:) Turkiyada shu darajada soxta yeguliklar kopayib ketganki qoyaverasiz...xuddi Xitoyliklarni soxta tuxum ijod qilishganidek:)

Organik-desangiz boldi Turkiyada darrov sotib olishadi, organik deb soxtakorlik qilayotganlar kop afsus...
Turkiyada o'zaro muomalada shunday tushunishsa kerakda. Aslida sutning tabiiysi ham sun'iysi ham organik modda hisoblanadi. "Organik" so'zi "asl", "toza" ma'nolarida ishlatilmaydi.

Qayd etilgan

Ansora  12 Mart 2012, 14:03:05

Rahmat fikrlar uchun, umuman Pazanda bolimida ochilgan yangi mavzular haqida fikrlaringizni bildiring, musbat, manfiy farqi yo'q, menga qiziq:)

Shakar solinishining sababi- ivishini tezlashtirish, tuz solinishini sabab esa- achqimtir bo'lishini oldini olish uchun ekan:)

Men shu ta'rif bo'yicha ivitdim, judayam shirin qatiq boldi:)

Qayd etilgan

Ansora  18 May 2012, 13:27:02

 :asl3:

O'tgan hafta ivitgan qatig'im. Doimo sut olayotgan xolaning sigiri endi tuqqandi, hozir otlar chiqib, suti ancha yoglanibdi...

Qayd etilgan

ан-Насафий  18 May 2012, 17:30:24

Sutni smetanada ivitsa ma'zali chiqadi. Boshqa hech narsa kerak emas. Faqat smetanani yaxshisidan olish kerak, holos.

Qayd etilgan

Saliha  22 May 2012, 12:53:07

bugun tayyor bo'ldi..
3 litr sut,man qoshuni uchida solaman qatuni judayam oz solaman achchiq bo'lib qomasli uchun 2 dona oq qand...

Qayd etilgan