Oson va qulay, lekin mazali- Brokoli salati:)  ( 3350 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Mart 2012, 15:48:02

 :asl3:

Masalliqlar:

500 gr brokoli
sabzi, kartoshka, yashil no'xatli garnitür
makkajo'xori konservasi
3-4 qoshiq zaytun yog'i
istakka qarab tuz
1 bo'lak sarimsoq

Tayyorlanishi:

Brokolini yuvib, mayda bo'laklarga bo'ling, suvda 20 daqiqa qaynating. Suvini suzib, o'zini sovushga qoldiring, aslida suvini sabzavotli sho'rvalarda ishlatsangiz ham bo'ladi.

Sarimsoqni ezing, yog' bilan aralashtiring. Brokoli sovugandan keyin garnitur, makkajo'xori konservasi, yog', tuz hammasini bir idishda aralashtiring.

Bizga judayam yoqdi, ham oson ham mazali:)



Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2012, 16:22:27

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=hXE1jcLPf8s" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=hXE1jcLPf8s</a>

Qayd etilgan