Ketchupingizni o'zingiz tayyorlang, marhamat:)  ( 2961 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Mart 2012, 16:21:15

 :asl3:

Masalliqlar:


10 dona o'rta kattalikda pomidor (2 kg bo'lsa kerak)

1 dona qizil bulg'ori (uzunidan- videoda ko'rsangiz bo'ladi)

2 dona yashil bulg'ori- Turk tilida- sivri biber, deyiladi.

1 dona o'rta kattalikda piyoz

0.5 qoshiq bug'doy kraxmali

3 qoshiq uzum sirkasi

0.5 qoshiq shakar

1 qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

Piyozni maydalab to'g'rang. Qozonga soling, ustiga qizil bulg'orinini o'rta yiriklikda to'g'rab soling. Ustiga yashil bulg'orilarni to'g'rab soling. Pomidorlarni ham o'rta kattalikda tograb soling. Ustiga tuzni seping. Qozondagi masalliqlarni bir aralashtirib oling. Ortiq gazga qo'ysak ham bo'ladi.

Gazni o'rta balanlikda yoqib, qozonni qopqog'ini yoping, qaynasin. Orada bir ochib, aralashtiring. 30 daqiqa qadar vaqtda (vaqti videoda aytilmagan) butun ketchup masalliqlari ezilib pishgandan so'ng, ketchapning faqat qobiqlari qoladigan shaklda ezib ezib suzib oling.

Suzib olingan masalliqni yana o'rta balanlikdagi gazga qo'yamiz. Qo'yiqlashgancha qaynatamiz.
Judayam oz miqdorda sovuq suvni ichida ta'rifdagi kraxmalni eritib olamiz va ketchupni ichiga solamiz. Ketchapning qo'yiqlashganini ko'rasiz. Ustiga sirka va shakarimizni ham solib, aralashtiramiz. 1 daqiqa qaygandan keyin olovdan olamiz.

Sovugandan keyin ketchupni bankalarga soling.

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=9SzJfU_fU3c" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=9SzJfU_fU3c</a>

Qayd etilgan