Turkiy xalqlarning film va seriallari haqida suhbatlashamiz  ( 57140 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 9 B


Sayyid90  11 Mart 2012, 21:20:04

bu haqda bilgan malumotlarni yozib qoldirsak.

Qayd etilgan


ossiyobinti  11 Mart 2012, 21:58:35

Hozir turkiyada Usmoniyla haqida serial berilvotgankana qanaqa kino u?

Qayd etilgan


Sayyid90  11 Mart 2012, 22:06:44

muhtasham yuz yil seriali

Qayd etilgan


Sayyid90  11 Mart 2012, 22:14:00

"muhtasham yuz
yil"haqida.Turk sultoni
Sulaymon va
uning ukrainalik sohibjamol
Roksolanaga otashin
muhabbati haqidagi bu serial Turkiyada ham katta
e‘tirozlarga sabab bo‘ldi.
Turkiya teleradioeshittirishlar
oliy kengashiga
mamlakatdagi turli jamoat
tashkilotlari¸ tarixchi va oddiy fuqarolardan bir millionga
yaqin shikoyat maktubi
kelgani va ularda tarixiy
faktlarning buzilganiga e‘tiroz
bildirilgani aytildi. Oliy
kengash boshlig‘i Dovut Dursun bu yuzadan matbuot
anjumani o‘tkazib¸ "œBadiiy
asardan tarixiy aniqlik qidirish
to‘g‘ri emas" deb bildirdi.
Serial atrofidagi ziddiyat bois
Turkiyaning Bursa shahrida "œYangi media tizimida huquq
va ma‘suliyat" degan
mavzuda simpozium tashkil
qilindi. Simpoziumda serial
mualliflari
tarixchilar e‘tirozlariga javob berar ekan¸ "œbu bir filmdir¸
hujjatli kino emas"¸ deb
ta‘kidlashdi. "œMuhtasham asr"
filmi
orasidagi bahsga Turkiya Bosh
vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qo‘shildi. Erdo‘g‘on film
ijodkorlarini
"œTurkiya tarixini yoshlarga
salbiy tarzda targ‘ib
qilayotganlikda" aybladi. Film
Turk sultoni Sulaymon davridagi real voqealarga
asoslangan. Serialda Usmonli
imperiyasida
eng ko‘p sultonlik qilgan
Sulaymon I hayoti bilan
bog‘liq voqealar tasvirlangan. 1520 yilda sulton Sulaymon
Ukrainadan keltirilgan
kanizak Roksolanaga
uylanadi. Pirovardida islomni
qabul qilib
Xurram Xotun nomini olgan Roksolana sultonlikda o‘z gizli
iqtidorini o‘rnatib mamlakat
boshqaruviga faol aralashdi.
Serial dunyoning 60 tilida turli
nomlarda taqdim qilindi. Film
Slovakiyada "œSultan"¸ Chexiyada esa "Velké století"
nomi bilan ko‘rsatilmoqda.
TIMS Productions shirkati
prodyusseri Temur Sovchi
rahbarligida yaratilgan bu film
Lotin Amerikasi¸ Frantsiya¸ Italiya¸ Germaniya
telekanallarida muntazam
namoyish qilinmoqda. Ayni
kunlarda Turkiyada
serialning 46-qismi namoyish
etildi.(forum.oqayiq.uz)

Qayd etilgan


Sofdil  12 Mart 2012, 00:19:56

Fetih 1453.
Traileri chiqipti. Kinoni uzinikurganla busa link tashavorila.

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  12 Mart 2012, 03:53:38

bu kino hali beri internetga chiqmasa keragov


Qayd etilgan


Sayyid90  12 Mart 2012, 09:07:46

"FETIH 1493"haqida.Taniqli turk kinochisi
Farrux Oqso‘y suratga
olgan "œFath. 1453" filmi
o‘tmish sog‘inchi kabi
hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga malhamday
bo‘ldi. "œFath. 1453" filmidan
tasvir.Usmonli imperiyasi
harobalari
uzra qurilgan zamonaviy
Turkiya respublikasida huzunli
o‘tmish haqida gapirmaslik
yaqin-yaqinlargacha ma’qul
ko‘rilar edi. Usmonli
podshologining kuch
qudrati haqidagi xotiralardan
ko‘ra bugungi kun realligi
o‘rtaga qo‘ygan tirikchilik
muammolarini echish shu
paytgacha turklar uchun
ustivor masala bo‘lib kelgan edi. Ammo shu kunlarda
turklar
yana o‘zlarining shonli
o‘tmishiga qayrilayotgani
kuzatildi. Har holda, turklar
tomosha qilayotgan filmlarda
Usmonli
sultonining shonu shavkati
aks etmoqda. Turklar
idrokida muhtasham
o‘tmish xotiralarining uyg‘onishi g‘arb
mutahassislari tarafidan.
Turklar idrokidagi o‘tmish
sog‘inchini anglagan
kinochilar
esa Usmonli podshohlari hayoti haqidagi filmlarni
paydar pay suratga olib
ekranlarga chiqarmoqda.
Konstantinopolning zabt
qilinishi Taniqli turk
kinochisi Farrux Oqso‘y suratga olgan "œFath.
1453" filmi o‘tmish sog‘inchi
kabi hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga
malhamday bo‘ldi. Urush
sahnalari, sirli ishorat va simvollarga to‘la
bu
film Usmonli sultoni
Mahmud
ikkinchi tarafidan Vizantiya
yuragi bo‘lmish Konstantinopolning zabt
qilinishini tasvirlaydi. Filmda
Usmonli sultoni Ayo
So‘fiyo nasroniy ehromi
ustiga Islom bayrog‘ini
tikib, Konstantinopol nomini
Istanbulga o‘zgartiradi.
Filmni yaratish uchun 17
million dollar harjlandi. Bu
Turkiya kino sanoati
tarixida eng qimmatga tushgan film bo‘lib
qolmoqda.turk
kinochisi Farrux Oqso‘y
Istanbul istilosi barcha davr
va
zamonlar uchun tarixning eng
qiziq voqealaridan biri bo‘lib
qolajagini ta’kidladi: -
Istanbul istilosi va uning
oqibatlari dunyo tarixidagi
favqulloda qiziqarli voqealardan biridir. Tarix
g‘ildiragini boshqacha
aylantirishga sabab bo‘lgan
bu tarixiy istilo haqida
nafaqat
turklarga, balki butun dunyoga tatigulik kino qila
olishim mumkinligiga
ishondim. Aynan shu
ishonch
bois bu kino yuzaga keldi,
deydi Farrux Oqso‘y. Usmonliga qaytish O‘tgan
shanbada Turkiyadagi
bir yarim million
tomoshabin
"œFath. 1453" filmini
kinoteatrlarga borib tomosha
qildi. Kinoteatrlardagi
chiptalar
ikki-uch hafta oldin sotilib
bo‘lindi. Masalan, bugun
kinoteatrga borgan tomoshabin faqat uch hafta
keyingi seansga chipta olishi
mumkin. Uy kinoteatrlari,
CD, DVDlar
urchigan, internetda
qaroqchi kinolar tomosha qilish urf
bo‘lib, kinoteatrlar huvillab
qolgani manzarasida bu
holat
favqulloda yangilik sifatida
ko‘rildi. Bilag‘onlar, filmning bu qadar
muvaffaqayat qozonganini
Usmonli sultonligining
shavkatli kunlarini
sog‘ingan
turklar hassosiyati bilan izohlashmoqda. Turk
telekanallarida namoyish
qilinayotgan "œMuhtasham
yuz
yil" ("œMuhtesem Yuzyil")
serialining mamlakatdagi eng
tomoshabop bo‘lgani ham
shu
omil o‘rnagi deya ko‘rildi.(forum.oqayiq.uz)

Qayd etilgan


Sayyid90  12 Mart 2012, 14:01:00

Fath 1453 film hd farmatda suratga olingan film jonli körinarmish eshitishimcha.

Qayd etilgan


Sayyid90  12 Mart 2012, 14:04:35

mana "fath 1453"filmi roligi 3gp farmatdayuklash

Qayd etilgan


Secret  12 Mart 2012, 16:52:11

muhtasham yuz yil seriali

 shu seriyalni rosiyya kanallaridan ko'rayotgan edik. bir yaxshi berayotgan edii. Keyin to'xtab qoldi. buu kinoda har ikki gapida Alhamdulillah, InshaAlloh degan gaplarni qo'shurganligi yoinki  Sulton Sulaymon fath qilgan joylarida - qarshi chiqgan xristianlarni qatl qildirib, islom dinini o'rtanayotgani ya'ni seriyal orqali islom dini yoyilishini ko'rsatilganligi uchun to'xtatilgan bo'lsa kerak deb o'ylapmiza...   :5

Qayd etilgan