Nihoyat vaqt topildi, shu hafta 2ta kino ko'ribman. Beyaz Melekni bugun ko'rdim, ochig'i yoqmadi, aniqrog'i ta'sirlantirmadi.
O'tgan hafta "Cho'l arsloni" filmini turk subtitrida ko'rdim, mana shuni kino desa bo'ladi, odam ekran qarshisida emas, Liviya sahrolarida yurganday xis qiladi o'zini. Film keksayib munkillab qolganiga qaramay, 20 yildan ziyod kuchli qurollangan fashist armiyasiga bo'yin egmay kurashgan mashxur Islom lashkari Umar Muxtor haqida.