"Mitti yumronqoziqchalar"  ( 2906 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Mart 2012, 19:23:23

 :asl3:

Masalliqlar:

3 dona tuxum
3/4 stakan shakar
0.5 stakan suvli qatiq
25 gr kakao
2 qoshiq kungaboqar yog'i
1 stakan +1 qoshiq un
1 qoshiq razrıxlitel'
1 qoshiq vanilin

Kremi uchun:

3 stakan sut
2 qoshiq kraxmal
2 qoshiq un
3-4 qoshiq shakar
0.5 qoshiq apelsin po'sti qirilgani
1 qoshiq vanilin
2 qoshiq saryog'

Orasi uchun banan va apelsin

Tayyorlanishi:

Tuxum va shakarni 3 daqiqa miskerda aralashtiring. Qatiq va yogni solib aralashtiring.
Qolgan masalliqlarni ham solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiring. Katta duxovka listiga yonmaydigan qog'oz yoying, keksni oson chiqishi uchun yoglang. Qorimani tokib, yoying. Oldindan isitilgan 180 C-da 10 daqiqa pishiring.

Keks iliguncha kremni tayyorlang. Butun masalliqlarni solib, orta olovda pishiring, qaynab chiqqandan keyin saryogini solib, mikserda aralashtiring. Keksni dumaloq stakan bilan yoki bolsa dumaloq kichkina qolib bilan kesib oling. Menda 10 dona boldi, yonlaridan chiqqan nonlarni maydalab oling. Kekschalarni har birini 1 qoshiq sut bilan namlab oling. Orasiga banan va apelsin bolaklarini joylang. Krem sovumasdan kekschalarni ustiga soling. Ustidan keks maydalarini seping. 2 soatdan keyin yeyishga tayyor:)







Qayd etilgan