Googledan maksimal qidirib kerakli ma'lumotlarni topish usullari  ( 4972 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


jamshid8920  17 Mart 2012, 21:42:34

Google qidiruv tizimi eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. Googledan qay tarzda qidirsak bizga kerakli ma'lumotlarni tezkor olishimiz mumkin? Bu savolga quyidagi usullar yordamida javob topish mumkin:

  • Odatiy qidiruv usuli: Masalan o'zbek milliy taomlari so'zlarini qidiramiz, va natijada bizga ketma-ketligidan qattiy nazar aynan o'zbek, milliy, taomlar so'zlari qatnashuvchi web-sahifalar olib chiqiladi.
  • Aytaylik bizga aynan shu ketma-ketlikdagi so'zlar qatnashgan web-sahifalarni qidirishimiz kerak bo'lsin, u holda kalit so'zni qo'shtirnoq ichida ko'rsatishimiz kerak bo'ladi, masalan, "œo'zbek milliy taomlari "œ.
  • 3.Boshqacharoq holat, agar bizga ma'lum so'zlar qatnashmagan web-sahifalar kerak bo'lsa "œ-" belgisini keraksiz so'z oldiga qo'yiladi. Bu orqali siz qidiruv natijangizni qisqartirib kerakli faqatgina kerakli ma'lumotlarni tezroq va osonroq olishingiz mumkin. o'zbek milliy -taomlari .
  • Google orqali ma'lum bir turdagi fayllarni ham qidirishimiz mumkin, bunda filetype kalit so'zidan foydalanamiz. Masalan matematika fani filetype:doc . *.doc faylidan boshqa yana boshqa ba'zi fayllarni ham qidirishimiz mumkin masalan: *.ppt, *.xls, *.pdf kabilar.
  • Aytaylik biz qidirgan ma'lumotlar ma'lum bir sayt(masalan: www.islom.uz, forum.ziyouz.com) yoki domenga(masalan .uz, .ru yoki .com) tegishli bo'lgan web-sahifalardan qidirishimiz kerak bo'lsin. U holda site kalit so'zidan foydalanamiz: forum.ziyouz.com saytidan matematika kalit so'zini qidiramiz: matematika site:forum.ziyouz.com yoki uz domenidan qidirsak matematika site:uz.
  • Xattoki saytlarning URL manzili orqali ham qidirish mumkin bunda inurl kalit so'zidan foydalanamiz, masalan, URL manzilida dastur so'zi qatnashgan va uz domenidagi web-sahifalarni qidirsak: foydali inurl:dastur site:uz

   
Yuqorida keltirilgan 6 usulni bir-biri bilan qo'shib foydalansa bo'ladi, masalan uz domenidagi pdf fayllar va hokazo. 

manba:http://oddiy.blogspot.com/2012/03/googledan-oson-qidirish-usullari.html

Qayd etilgan


gayrat17  17 Mart 2012, 23:14:07

мен хам купинча форматни киритиб кидираман. ва осон топаман излаган нарсамни. Яхши макола

Qayd etilgan