Odnoklassniki xaqida gaplashamiza>>>>  ( 13687 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Skato  19 Mart 2012, 18:47:19

Assalamu alaykum vr.vb forum ishtirokchilari odnoklassniki to'risida fikringiz qanaqa? Inson uchun qanchalik foydayi yoki ziyoni bor deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


gayrat17  19 Mart 2012, 23:14:11

xatto google, youtubeda topolmagan "narsalarni" topasiz. yana deyarli 50% o'zbeklar. Bu saytni zudlik bilan yopish kerak. odnoklasniki so'zini eshitgan odamni taxorati sinadi deb fatvo chiqarish kerak. umuman bu haqda gaplashmagan yaxshi. Kirmaganlar qizib ko'rmasin yana.
men kettim, "odnoklasniki" deb yozgan qo'llarimni yuvib kelay  ;D

Qayd etilgan


Donishmand  20 Mart 2012, 10:16:59

"Odnokalishniki" bamisoli bozor ekan - o'g'riyam bor, to'g'riyam bor... Bu yergayam Oyatal kursiyni o'qib kirsa odam balodan holi bo'ladi shekilli...

Qayd etilgan


Ansora  20 Mart 2012, 16:12:44

:asl3:

Savol:
Assalom alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
Ustoz internetndagi quyidagi holatlar bo'yicha bizga nasihat qilsangiz.
Odnoklassniki.ru saytida juda ko'p musulmonlar bor. U saytga a'zo bo'lish uchun anketani to'ldirish kerak,ya'ni
ism-familiya,tug'ilgan yili,oyi,kuni va hohlasa rasmini qo'ysa ham bo'ladi. Lekin ko'pchilik Ism-familiyasiga o'zini ismini qo'ymasdan Sahobalarni ismlarini (Masalan: Abu Hurayra,Abdurrohman ibn Avf), Tug'ilgan kun,yoshlarini tog'ri yozishmaydi, yani yoshini katta yoki kichik yozishadi.
Rasmlarini ham ozlarinikini qo'yishmasdan araplarni rasmlarini qoyishadi. Bir do'stim ham ism-familayisiga  Shayx Abdurrahmon as-Sudays va Shayx Saud ash-Shuraymni rasmiga ham shu kishini rasmlarini qo'ygan.
Ustoz Shu internet ahloq-odoblariga kiradimi? Shu internetdagi birodarlarimizni shunaqa hatti-harakatlari to'g'rimi?
Arzimagan savol uchun sizni qimmatli vaqtingizni olganim uchun sizdan uzr so'rayman.
Iltimos,Ustoz!Bizga shular haqida nasihat qilsangiz.
Nasihat uchun oldindan rahmat!Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!


Javob:
Шайх Муҳаммад Содиқ:

- Интернет ва ундаги алоқалар одобини тслалигича снги, "œИжтимоий одоблар" деб номланган катта китобимда баён қилинган. Дуо қилиб туринглар. Аашр стилса, барчамиз биргаликда сқиймиз, иншааллоҳ.
- Сизнинг қилган мулоҳазаларингиз жуда ҳам тсғри. Бировнинг, хусусан, саҳобаларнинг ва уламо ҳамда қориларнинг номларини ҳар ким сзига ном қилиб олиб, турли жойларга қсйиш ва ёзиш, бировнинг сувратини қсйиш ҳаммаси гуноҳ ва катта одобсизликдир.

* * * * *


Savol:
Assalamu alaykum Shayh Hazratlari!Ustoz oldingi savolimga tegishli savol bilan qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so'rayman. Ustoz avvalgi savolimga bergan javobingizni sizlardan beruhsat odnoklassniki.ru saytiga ko'chirib qo'ydim,bu ishimdan sizlardan ham uzr so'rayman.Lekin Ko'pchilik bergan javobingizni o'qib musulmonlar to'g'ri hulosa chiqardi. Ustoz yana shu mavzuda ozgina savol tug'ilib qoldi.
Odnoklassniki.ru saytida fotografiya degan bo'lim bor. Kimdir fotografiyaga do'stini,kimdir har hil narsalarni
rasmini sohranit qilib qo'yadi. Ayrim birodarlarimiz fotografiyaga Bizdagi qorilarni,Arabistondagi qorilarni rasmlarini sohranit qilib qator terib qo'yishadi. Masalan  Shayx Abdurrahmon as-Sudays va Shayx Saud ash-Shuraymni
rasmlarini har hil rasmlarini qo'yib qo'yishadi .Shu to'g'rimi? Ahir u rasmni egalarini ruhsatisiz,iznisiz sohranit qilib
internetga har hil saytga qoyib yuborish ahloq odob qoidalariga kiradimi?



Javob:
Шайх Муҳаммад Содиқ:

- Мазкур сайтга кспчилик одобли кишиларнинг рағбати йсқ.


* * * * *


Savol:
Odnoklassniki saytida hamma har hil mavzuda oziga status yozadi.Statusni tagiga Qur'on oyatlari va hadislar
yozishadi,kimdir o'zi bilganini yozishadi,kimdir kitobdan iqtibos oladi,kimdir islomiy saytlardan kopirovat qiladi.
Hozir ko'p birodarlar (islom.uz,hadis.islom.uz,islom.ziyouz. com,forum.islom.uz,va juda ko'p islomiy saytlar bor) ushbu saytlardan ko'chirishga usta bo'lib ketdi.Hatto telfonlardan ham bu ishni amalga oshirsa bo'ladi.(1000
ta so'zli oyat yoki hadisni ko'chirish uchun 4,5 sekund vaqt ketadi).Shunaqa saytlardan odnoklasniki saytiga ko'chirish haqida nima deysiz?


Javob:
Шайх Муҳаммад Содиқ:

- Мумкин смас, дейман.

Манба

eng_ojiz_banda rahmat....

hech a'zo bolmagandim, bolmasam ham bolaverarkan:)

Qayd etilgan


gayrat17  20 Mart 2012, 17:08:28

18 fevral, 17:48
"œMuhrim ikki xil gapiradi"
Muhrim ikki xil gapiradi.

Muhrim bir kishiga "œinternetga kirma!", deydi. Boshqasiga, u internetdan chiqib ketmoqchi bo‘lganida: "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", deydi. Muhrim shunaqa — ikki xil gapiradi.

Muhrim nega ikki xil gapiradi? Bunda "œinternet" deyilganda nima nazarda tutilayotganini hisobga olish kerak. Bir kishi kirmoqchi bo‘lgan "œinternet" — Odnoklassniki. Boshqasi chiqmoqchi bo‘lgan "œinternet" — Feysbuk.

Muhrim nega "œOdnoklassniki’ga kirma!", deydi. Muhrim yashirmaydi — Muhrim Odnoklassniki’ni yomon ko‘radi. "œBoshqalarning Odnoklassniki’siga kuniga 500talab SMS kelib, unikiga esa bir oyda ham bitta ham SMS kelmagani" uchun emas. Muhrim rus tilidagi, ruslarning qo‘li bilan tayyorlangan deyarli barcha internet xizmatlarini yomon ko‘radi (bir istisno — Yandeks’ni ruslar qilganiga ishongisi kelmaydi). Muhrim Mail.ru’ni ham, uning Agentini ham yomon ko‘radi.

Muhrim nega Odnoklassniki yoki boshqa ruscha internet xizmatlarni yomon ko‘radi? Muhrim ulardan foyda yo‘q deb hisoblaydi. Odnoklassniki yoki boshqa ruscha internet xizmatlar odamlarni Amerika yoki boshqa G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan xizmatlardan ko‘ra tezroq va samaraliroq ahmoq qiladi, deb hisoblaydi. Kechirasizu, Muhrim Odnoklassniki’ni "œinternetdagi "œQatortol" deb hisoblaydi. Muhrim Odnoklassniki’ni uyatsizlik va odobsizlik maskani deb biladi. Muhrim Odnoklassniki orqali do‘stlari yangi aforizmlarni o‘rganganliklarini, ba’zi do‘stlarining "œismi" "œDon Karleone", boshqasiniki esa "œCrazy cool nimadir", uchinchisiniki esa "œNe znakomlyus" ekanligini, va yana boshqa bir qator "œhayotiy muhim" ma’lumotlarni bilishi mumkin, ammo bundan ortiq nimadir bila olishiga ko‘p ham ishonmaydi.

Lirik chekinish:
2011-yilda 4,5 oyi davomida "œMuloqot.Uz" ijtimoiy tarmog‘ida ishladim. Bu vaqt oralig‘ida biz Toshkentda o‘tkazilgan ICT Expo-2011 ko‘rgazmasida ishtirok etdik. Ko‘rgazma mehmonlari "œMuloqot.Uz" stendida ijtimoiy tarmoqqa a’zo bo‘lishlari mumkin edi. Men o‘sha ko‘rgazma vaqtida Odnoklassniki’ga emailsiz ham a’zo bo‘lish mumkinligini bildim. "œMuloqot.Uz"da ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan ko‘plab maktab, litsey-kollej o‘quvchilari, hatto, institut-universtitet talabalarida email yo‘q edi, ularning aksariyati: "œOdnoklassniki’da emailsiz ham registratsiya qilsa bo‘ladi-ku, sizlar ham shunaqa qilib qo‘ysanglar bo‘larkan", degan gaplarni gapirishgandi... Qiziq tomoni, "œMuloqot.Uz" registratsiya vaqtida foydalanuvchidan mobil telefon raqamini so‘ragani uchun ko‘plab giklar tomonidan keskin tanqid qilingandi, vaholanki, emaili yo‘q minglab o‘zbekistonliklar shu vaqtgacha Odnoklassniki’ga o‘z telefon raqamlarini ishonib topshirib kelayotgani haqida hech kim gapirmasdi... Emailsiz, to‘g‘risi, internetdagi xizmatlardan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi, bugun; internetdan to‘la foyda chiqarib bo‘lmaydi. Odnoklassniki esa internetda emailsiz ham yashasa bo‘ladi deb, odamlarni ahmoqlashtirmoqda. Menimcha.
Muhrim shuning uchun ham Odnoklassniki’ni yomon ko‘radi, shuning uchun ham bir kishiga "œOdnoklassniki’ga kirma!", deydi. Muhrim har yerda qoidadan tashqari istisnolar bo‘lishini biladi, lekin Muhrim uchun buning o‘zi kam, shuning uchun ham u Odnoklassniki’ni baribir yomon ko‘raveradi.

Muhrim tan oladi — Feysbuk yoki Tvitter hamma uchun ham muloqotga eng ideal joy bo‘lmasligi mumkin, u yerda ham yomon, odobsiz, uyatsiz, odam qiyofasidagi bir nimalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi. Ammo Feysbuk, hozircha (bugun 2012-yil, 18-fevral) Odnoklassniki’dan ko‘ra musafforoq, yangiroq, chiroyliroq — ba’zilarning ko‘ziga "œdaltoniklarning sayti"ga o‘xshab ko‘rinsa-da — sodda ham qulayroq. Muhrim shunday deb hisoblaydi: Feysbuk va Tvitter, Odnoklassniki yoki har xil Mail.ru’dan farqli ravishda, odamlar uchun tayyorlangan.

Muhrim Tvitter yoki Feysbukdan muntazam foydalangani uchun, boshqa kishi Feysbukdagi akkauntini deaktivatsiya qilayotganida: "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", deydi. Muhrim sizga va’da beradi — u hech qachon Odnoklassniki yoki Mail.ru’dan muntazam foydalanmaydi, shuning uchun biror kishiga, u Odnoklassniki’dagi akkauntini o‘chirayotgan bo‘lsa, "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", demaydi. "œFeysbukka kirgin", deyishi mumkin. Chunki Muhrim kunda-kunora Feysbukni aylanib chiqadi; Muhrim ba’zi (tez orada bu so‘z "œko‘plab"ga almashar?) yaqinlari haqida aynan Feysbuk vositasida biladi; Muhrim Feysbukda yaqinlari ko‘proq bo‘lishini xohlaydi.

Shuning uchun ham Muhrim ikki xil gapiradi.

Chunki — bir kishi ham, boshqasi ham — Muhrimning yaqinlari.



Т.Юсуповга хам рахмат :)

http://muhrim.blogi.uz/2012/02/18/1/

Qayd etilgan


Donishmand  20 Mart 2012, 17:34:46

Haa... Fikrlar yaxshi...
Adibimiz O'tkir Hoshimovning bir gaplari bor:
Bolta hunarmandning qo'lida san'at quroli, o'tinchining qo'lida mehnat quroli, jallodning
qo'lida o'lim quroli!...

Hammasi o'zingizga bog'liq, qo'lingizdagiga emas - dilingizdagiga!
Dilingiz qanday bo'lsa qo'lingizdagi sichqoncha o'sha yoqqa boshlaydi. Hazil qilib "odnokalishniki" deymiz, ammo uni qanday ishlatishga bog'liq hammasi.
Tanlang, "hunarmand" bo'lasizmi, "o'tinchi"mi, "jallod"mi? Bu yog'i o'zingizdan...

Qayd etilgan


Nurdinboy  21 Mart 2012, 16:09:11

Yigitlar uchun, ayniqsa qizlar uchun ikki tomonlama zararli, ong oqimini betayinlikka buruvchi sayt. To'g'ri o'zim ham a'zo bo'lganman. O'rtoqlarim borligi uchun. Biroq odnoklassniki haqiqatda zararli saytlardan biri.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  20 May 2012, 06:17:14

Assalomu alaykum , menimcha har ishda Payg`ambarimiz (SAV) o`rgatganidek (jumladan internetdaham) harakat qilish lozim. U zot (SAV) sahobalarga ahli kitoblarning arab tiliga tarjima qilingan kitoblarina o`qimaslikni, suhbatlarida ishtirok etmasliklarini buyurganini sababi, suhbat davomida inson beihtiyor fikri burilishi mumkinligini nazarda tutgan edilar. Demak ko`prog`i buzuqlik bo`lsa kirmagan ma`qulroq ekan. Yana  Buyuk bobomiz Amir Temur aytganidek Bir ish qilishdan avval Taqqoslash kerak bir foyda ikki zarari bor ishni qilmagan afzal.
Internetga kiriw yaxwi bu yerda gap odnaklassniki haqida ketyapti. Inetga kirish bu XXI-asr talabi

Qayd etilgan


Fayzulloh  20 May 2012, 10:30:35

 :asl3:

odnaklasniki ga azo bo'maganman, inshaAlloh bo'mimanam. Silagayam maslahatim umuman kirmela.
 Behayolik Zino, ko'z zinosi, qo'l zinosi, umuman gunoh oshib-toshib yotgan joydan yana qanaqib yahshilik kutish mumkun aqlimga sig'midi.
 Balkim biron-bir foyda topilar lekin KETGAN VAQT, BILIB-BILMI TASHLANGAN NIGOHLANI oldida zarrachalik arzimidigan foyda.
Internetda foydali ilmga to'la saytlayam yo'g'amas ziyouz.com, islom.uz partalidigi saytlar.

Qayd etilgan


Sayyid90  22 May 2012, 12:48:42

bu yerda odnoklassnikini faqat qoralabsizlar-u.aslida pichoqdan ham yomon maqsadda foydalansa ham bo'ladi,yaxshi maqsadda ham.bu sayt rossiya va qozoqistondagi ishlayotgan vatandoshlarimizni bir biriga suhbatlashish,aka uka bilan yozishni imkonini beradi.to'g'ri telefon qilsa ham bo'luradi ammo mablag'.

Qayd etilgan