18 fevral, 17:48
"œMuhrim ikki xil gapiradi"
Muhrim ikki xil gapiradi.
Muhrim bir kishiga "œinternetga kirma!", deydi. Boshqasiga, u internetdan chiqib ketmoqchi bo‘lganida: "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", deydi. Muhrim shunaqa — ikki xil gapiradi.
Muhrim nega ikki xil gapiradi? Bunda "œinternet" deyilganda nima nazarda tutilayotganini hisobga olish kerak. Bir kishi kirmoqchi bo‘lgan "œinternet" — Odnoklassniki. Boshqasi chiqmoqchi bo‘lgan "œinternet" — Feysbuk.
Muhrim nega "œOdnoklassniki’ga kirma!", deydi. Muhrim yashirmaydi — Muhrim Odnoklassniki’ni yomon ko‘radi. "œBoshqalarning Odnoklassniki’siga kuniga 500talab SMS kelib, unikiga esa bir oyda ham bitta ham SMS kelmagani" uchun emas. Muhrim rus tilidagi, ruslarning qo‘li bilan tayyorlangan deyarli barcha internet xizmatlarini yomon ko‘radi (bir istisno — Yandeks’ni ruslar qilganiga ishongisi kelmaydi). Muhrim Mail.ru’ni ham, uning Agentini ham yomon ko‘radi.
Muhrim nega Odnoklassniki yoki boshqa ruscha internet xizmatlarni yomon ko‘radi? Muhrim ulardan foyda yo‘q deb hisoblaydi. Odnoklassniki yoki boshqa ruscha internet xizmatlar odamlarni Amerika yoki boshqa G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan xizmatlardan ko‘ra tezroq va samaraliroq ahmoq qiladi, deb hisoblaydi. Kechirasizu, Muhrim Odnoklassniki’ni "œinternetdagi "œQatortol" deb hisoblaydi. Muhrim Odnoklassniki’ni uyatsizlik va odobsizlik maskani deb biladi. Muhrim Odnoklassniki orqali do‘stlari yangi aforizmlarni o‘rganganliklarini, ba’zi do‘stlarining "œismi" "œDon Karleone", boshqasiniki esa "œCrazy cool nimadir", uchinchisiniki esa "œNe znakomlyus" ekanligini, va yana boshqa bir qator "œhayotiy muhim" ma’lumotlarni bilishi mumkin, ammo bundan ortiq nimadir bila olishiga ko‘p ham ishonmaydi.
Lirik chekinish:
2011-yilda 4,5 oyi davomida "œMuloqot.Uz" ijtimoiy tarmog‘ida ishladim. Bu vaqt oralig‘ida biz Toshkentda o‘tkazilgan ICT Expo-2011 ko‘rgazmasida ishtirok etdik. Ko‘rgazma mehmonlari "œMuloqot.Uz" stendida ijtimoiy tarmoqqa a’zo bo‘lishlari mumkin edi. Men o‘sha ko‘rgazma vaqtida Odnoklassniki’ga emailsiz ham a’zo bo‘lish mumkinligini bildim. "œMuloqot.Uz"da ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan ko‘plab maktab, litsey-kollej o‘quvchilari, hatto, institut-universtitet talabalarida email yo‘q edi, ularning aksariyati: "œOdnoklassniki’da emailsiz ham registratsiya qilsa bo‘ladi-ku, sizlar ham shunaqa qilib qo‘ysanglar bo‘larkan", degan gaplarni gapirishgandi... Qiziq tomoni, "œMuloqot.Uz" registratsiya vaqtida foydalanuvchidan mobil telefon raqamini so‘ragani uchun ko‘plab giklar tomonidan keskin tanqid qilingandi, vaholanki, emaili yo‘q minglab o‘zbekistonliklar shu vaqtgacha Odnoklassniki’ga o‘z telefon raqamlarini ishonib topshirib kelayotgani haqida hech kim gapirmasdi... Emailsiz, to‘g‘risi, internetdagi xizmatlardan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi, bugun; internetdan to‘la foyda chiqarib bo‘lmaydi. Odnoklassniki esa internetda emailsiz ham yashasa bo‘ladi deb, odamlarni ahmoqlashtirmoqda. Menimcha.
Muhrim shuning uchun ham Odnoklassniki’ni yomon ko‘radi, shuning uchun ham bir kishiga "œOdnoklassniki’ga kirma!", deydi. Muhrim har yerda qoidadan tashqari istisnolar bo‘lishini biladi, lekin Muhrim uchun buning o‘zi kam, shuning uchun ham u Odnoklassniki’ni baribir yomon ko‘raveradi.
Muhrim tan oladi — Feysbuk yoki Tvitter hamma uchun ham muloqotga eng ideal joy bo‘lmasligi mumkin, u yerda ham yomon, odobsiz, uyatsiz, odam qiyofasidagi bir nimalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi. Ammo Feysbuk, hozircha (bugun 2012-yil, 18-fevral) Odnoklassniki’dan ko‘ra musafforoq, yangiroq, chiroyliroq — ba’zilarning ko‘ziga "œdaltoniklarning sayti"ga o‘xshab ko‘rinsa-da — sodda ham qulayroq. Muhrim shunday deb hisoblaydi: Feysbuk va Tvitter, Odnoklassniki yoki har xil Mail.ru’dan farqli ravishda, odamlar uchun tayyorlangan.
Muhrim Tvitter yoki Feysbukdan muntazam foydalangani uchun, boshqa kishi Feysbukdagi akkauntini deaktivatsiya qilayotganida: "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", deydi. Muhrim sizga va’da beradi — u hech qachon Odnoklassniki yoki Mail.ru’dan muntazam foydalanmaydi, shuning uchun biror kishiga, u Odnoklassniki’dagi akkauntini o‘chirayotgan bo‘lsa, "œBalki o‘ylab ko‘rarsan?", demaydi. "œFeysbukka kirgin", deyishi mumkin. Chunki Muhrim kunda-kunora Feysbukni aylanib chiqadi; Muhrim ba’zi (tez orada bu so‘z "œko‘plab"ga almashar?) yaqinlari haqida aynan Feysbuk vositasida biladi; Muhrim Feysbukda yaqinlari ko‘proq bo‘lishini xohlaydi.
Shuning uchun ham Muhrim ikki xil gapiradi.
Chunki — bir kishi ham, boshqasi ham — Muhrimning yaqinlari.
Т.Юсуповга хам рахмат
http://muhrim.blogi.uz/2012/02/18/1/