Assalomu alaykum,
Alloh irodasi bilan Turkiyada, Irlandiyada bo'ldim. Hozirda irlandiyadaman.
Turkiya ajoyib bir mamlakatdir, bag'ri ochiq, juda ham chiroyli, Alloh nazari tushgan bir tuproqdir. muqaddas dinimizni, unga ergashganlarning sonini ko'rib Allohga hamdlar ettim. O'zbekistondan so'ngra Turkiya ikkinchi vatanimdir

manimcha dunyodagi musulmon birodarlar va turk millati (turkman,qozoq, o'zbek, qirg'iz,tojik,tatar va hk.) haqida eng ko'p qayg'uradigan mamlakatlardandir. Mubolag'asiz, bunga ishonchim komil. Guvoh bo'ldim. Hurmatim ortib borvotti bu mamlakatga. O'zbekistonda bu munosabatni ko'ra olmagandim, (millatlar u yoqda tursin, viloyatlar orasida iliq munosabat yo'q edi) balki sharoit o'zgargandur. Allohdan umidimiz kesilmadi.
irlandiya havosi biroz sovuq, tabiiki o'zbekistondagi (judayam sovuq qish, judayam issiq yoz) kabi emas, o'rtacha ya'ni chidasa bo'ladi, yom'grilarga ham o'rganib ketasiz ba'zida, har yer yam yashil. judayam chiroyli

faqatgina musulmonchilikdan, qo'shnichilik, birodarlikdan darak yo'q. anchagina rivojlangan. ijtimoiy himoya judayam kuchli, mashaAlloh. O'zbeklardan ham darak yo'q. Irlandiyaliklarning o'zbeklardan va oz'bekistondan umuman habari yo'q.
Ammo o'z tuprog'izda bo'lishga nima yetsin, qanchalik kamchiliklari bo'lsa ham vatanimga bo'lgan hurmat va sevgim o'sha o'sha. Hurmatlar bilan.