Kartoshkani judayam yaxshi ko'raman, qovurilganini bolalarimiz qanchalik yaxshi ko'rishini aytmasam ham bo'lsa kerak:) Bu pishirish usuli ham siz, ham ular uchun foydali, nimagami, ular qovurilgan kartoshka yeganliklari uchun xursand, siz kam yog' shimgan kartoshka qovurganingiz uchun:) sababi bu kartoshka qovurish usulida kam yog' shimadi kartoshkalar.
Xohlaganingiz qadar yangi kartoshka oling, po'sti bilan qovuramiz chunki. Yaxshilab yuving, quriting. O'rtasidan bo'lib, olma tilimlaganday kesib chiqing-videoda ko'rishingiz mumkin.
Bir kengroq idishga un soling, ustiga biroz tuz seping, bo'laklangan kartoshkalarni unga belang, ortiqcha unlarni silkab oling. Qizigan mo'l yog'ni ichida 8-10 daqiqa qadar qovurib oling.
Kartoshkalar pishganda ko'rasiz, usti yumshoq, ichiga esa umuman yog' kirmagan, xuddi qaynatilganday, osh bo'lsin:)
Bu kartoshkalardan garnir sifafida ham ishlatishingiz mumkin.
http://www.uzmantv.com/patatesler-kizartma-oncesi-nasil-hazirlanir